«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Don uyumining namligi. Tang namlik



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə56/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Don uyumining namligi. Tang namlik.
Don qanchalik nam bo‘lsa, u shunchalik jadal nafas oladi. Juda ham quruq (namligi 11-12%) bug‘doy, javdar, arpa, suli, makkajo‘xori va dukkakli donlarda nafas olish jadalligi juda kichik va amalda nolga teng bo‘ladi. Aksincha, juda ham nam (namligi 30% va undan yuqori), sovitilmagan va havoning oqimi bema­lol kelib turadigan donlar sutkasiga 0,05-0,2% quruq modda yo‘qotadi.
Don uyumida namlik ortishi bilna erkin suv paydo bo‘lsa va bunga bog‘liq holda don va urug‘larda nafas olish jadalligi keskin oshsa, bu holat teng namlik deb ataladi.
Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bug‘doy, javdar, arpa, suli, grechixa va boshoqli o‘tlar donlari uchun 14,5-15,5% namlik tang hisoblanadi. Dukkakli o‘simliklar hamda shu oilaga kiruvchi yem-xashak o‘tlarining urug‘larida tang namlik 15-16% ni tashkil etadi.
Namligi 14% gacha bo‘lgan (tang namlikdan kichik) bo‘lgan quruq donlar saqlashga chi­damli hisoblanadi va bunday donlarni yuqori balandlikka ega bo‘lgan uyumlarda saqlash mumkin.

Don uyumining harorati.
Don uyumida harorat ko‘tarilishi bilan nafas olish ham jadallashadi. Ammo bu holat shunday chegaragacha kuzatiladiki, undan keyingi yuqori haro­ratda nafas olish susayadi, barcha hayotiy jarayonlar sekinlashadi, hujayralar o‘la boshlaydi va don tirik organizm sifatida halok bo‘ladi. Quyi harorat sharoitlarida nafas olish jadalligi keskin pasayadi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, 0-100S haroratda hattoki namligi 18% bo‘lgan donlarda ham nafas olish nolga teng bo‘lgan. Don uyumida tang namlik 18 va 250S harorat oralig‘ida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pgina olimlar 100S gacha bo‘lgan quyi haroratni don uyumini saqlashdagi eng maqbul harorat deb ko‘rsatadilar. Shunday qilib, don uyumini saqlashga chidamliligi harorat omiliga uzviy bog‘liqdir. Don uyumi haroratini o‘z vaqtida tushirish donni saqlash amaliyotida muhim tadbir hisoblanadi va bu jadal nafas olishni kamaytiruvchi samarali usullardan biridir.
Donga havoning kelib turishi. Don uyumiga atmosfera havosining kelib turishi, ya’ni aeratsiya darajasi ham nafas olish jadalligiga hamda uning tavsifiga ta’sir etadi.
Don uyumi uzoq vaqt davomida aralashtirilmasdan va shamollatilmasdan saqlansa, don bo‘shliqlarida karbonat angidrid gazi to‘planib, kislorod kamaya boshlaydi. Bu ayniqsa don omborlarida ko‘proq kuzatiladi, karbonat angidrid gazining yuqori miqdori uyumning eng ostki qatlamlarida (1,5-3m) kuzatiladi.
Donning yetilganlik darajasi. Yaxshi yetilmagan donlar to‘liq pishib yetilgan don­larga nisbatan ancha jadal nafas olish xususiyatiga ega. Agar don uyumida yetilmagan donlar katta miqdorda bo‘lsa, bu don uyumi saqlashga yaroqsiz hisoblanadi va u saqlashda tez buzi­ladi. Saqlashning dastlabki bosqichlarida yetilmagan donlar yuqori namlikka ega bo‘ladi, ular jadal nafas oladi, shuningdek mikroorganizmlar va kanalarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi.
Kattiq sovuq urgan donlar ham yetilmagan donlar jumlasiga kiradi. Bunday donlar jadal nafas olish xususiyatiga ega bo‘ladi va ular saqlashga chidamsizdir. Saqlanayotgan don uyumida sovuq urgan donlar miqdori ko‘p bo‘lsa buni yaqqol ko‘rish mumkin. Sovuq urgan donlar ko‘p miqdorda bo‘lgan don uyumi hatto quruq holatda bo‘lganda ham yuqori nafas olish jadalligiga ega bo‘ladi. (8.3-jadval A.P. Proxorov ma’lumoti).



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə