«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə63/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Nazorat savollar
  1. Mikroorganizmlarga tushuncha bering?


  2. Don massasi mikroflorasining kelib chikishini tushuntiring?


  3. Don massasi mikroflorasining turkumlanishiga izox bering?


  4. Saprofit mikroorganizmlarga izox bering?


  5. Fitopatogen mikroorganizmlarga izox bering?


  6. Epifitlar deb nimaga aytiladi?


  7. Parazit mikroorganizmlar soni qanday omillarga ega?





11-MA’RUZA. DON ZAXIRASI ZARARKUNANDALARI.
1. Don zaxirasi zararkunandalarining umumiy tavsifi.
2. Xasharotlar, kungizlar va kapalaklar tavsifi.
3. Kanalar, kushlar va zararkunanda kemiruvchilar
Tayanch so‘z va iboralar
  1. Don zaxiralari – bu donlarni saklashda ishlatiladigan moslamalar;


  1. Zararkudalar – bu don va don mahsulotlariga katta xavf kursatadigan tirik jonzotlar;


  2. Zarar – bu don partiyasini sifati pasayish va nobudlikka keltirish.



Don va don mahsulotlari sifati va vaznining saqlash davridagi kamayishi “don zahiralari” zararkunandalari deb nomlanuvchi tirik olam vakillari ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin.
Don zahiralari zararkunandalari qadim-qadimdan ma’lum. Inson qadim zamonlarda ham donni zararkunandalardan saqlash maqsadida turli chora tadbirlar qo‘llab kelgan. Ilk bora don omborlarining yuzaga kelishi bilan u yerda turli kemiruvchilar va hashoratlar to‘plana boshladi. Ba’zi turlar uchun bu yangi ekologik muhit maqbul bo‘lib, ular asta-sekin faqatgina shu yerlarda yashashga va rivojlanishga moslasha bordi. Natijada “ombor” zararkunandalarining butun bir guruhi vujudga kela boshladi.
Ma’lumki don zaxirasi sifati va miqdoriga turli zararkunandalar katta xavf soladi. Don zaxirasi zararkunandalari insonga qadimdan ma’lum bo‘lib, inson xatto ibtidoiy jamoa davrida ham donni bunday zararkunandalardan saqlash yo‘l-yo‘riqlarini qo‘llab kelgan.
Tuproqshunoslikning rivojlanishi, xalqlar o‘rtasida savdo-sotiqning kengayishi, zararkunandalarning yer shari bo‘ylab tarqalishiga zamin bo‘ldi. Natijada zararkunandalarning turli sharoitlarga moslashuvi jarayoni ro‘y berib, ularning ba’zilari butunlay omborxonalarda ko‘payib, rivojlanishga moslashdilar va amalda tashqi tabiatdan butunlay uzildi (ombor uzun tumshug‘i,xrushan, ombor kuyasi). Ba’zilari esa tashqi taiatda ham, omborxonada ham ko‘payib, rivojlana oladi (sholi uzun tumshuQi,don kuyasi,fasol donxo‘ragi, kanalar)uchinchilari esa faqatgina tabiatda ko‘payib, rivojlanadi va don saqlash inshootlariga yig‘ib olingan hosil bilan birga kelib tushadi (no‘xat donxo‘ragi, don tunlami nepatoda va b)Don mahsulotlari qabul qiluvchi korxonalarda bu zararkunandalar rivojlanar ekan donga katta ziyon yetkazadilar. Ularning faoliyati natijasida mahsulot kamayadi shuningdek o‘limtinlari gumbaklari va boshqalar bilan donni ifloslantirib yuboradi, natijada mahsulot sifati pasayadi. Bundan tashqari ba’zilari donda namlik va issiqlik hosil bo‘lishining manbai bo‘lib xizmat qiladi, ba’zilari esa ishlab chiqarish moslamalari, idishlar va boshqalarni ishdan chiqaradi (kemiruvchilar) shuningdek, ba’zilari ko‘pgina yuqumli kasalliklarni tarqalishi vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari zararkunandalar turli oziq-ovqat sanoati korxonalarida qayta ishlangan donga va unga ham katta ziyon yetkazadilar. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra zararkunandalar dunyo bo‘yicha don zahirasining 5% ni yo‘qolishiga olib kelar ekan.
Donlarning zararkunandalar bilan zararlanishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Don va don mahsulotlarning sifatli saqlanishi geografik mintaqaga,o‘simlikni yetishtirish agrotexnikasiga,yig‘ib-terib olish uslubi va sharoitiga shuningdek saqlash usuli, sharoitiga,saqlanadigan mahsulot miqdoriga saqlanish muddatiga,zararkunandalarga qarshi kurashish choralariga va boshqalarga bog‘liq.
Bizning Respublikamizda ham boshqa ko‘pgina mamlakatlar singari har yili zararkunandalarga qarshi kurashish uchun ko‘plab moddiy harajatlar sarflanadi. Faqatgina donning holatini muntazam nazorat qilib borish, don zahiralari inshoatlarining takomillashtirish, zararkunandalar tushishining oldini oluvchi hamda ularga qarshi keskin kurash chora-tadbirlarini qo‘llash orqaligina mustahkam himoyani tashkil etish mumkin.
Dunyo amaliyotida hasharotlarning bir necha yuzlab turi, kanalarning esa o‘nlab turi ma’lum. O‘zbekiston sharoitida bularning bir qismigina uchraydi. Quyida ularning ko‘payishi va rivojlanishi, don uyumlariga keltiradigan zararlari hamda ularga atrof-muhit sharoitining ta’siri tavsiflanadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, mazkur risolada donli o‘simliklarga dala sharoitida zarar keltiradigan, don uyumi bilan birga omborxonalarga tushmaydigan, tushganda ham u yerlarda rivojlanmaydigan hasharotlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilmaydi.
Xasharotlar. Hasharotlar umurtqasiz jonivorlar ichida don va don mahsulotlariga eng ko‘p zarar keltiradi. hozirgi kunda dunyo bo‘yicha hasharotlarning millionlab turlari mavjud bo‘lib, ular zoologiya kursida bitta sinf – Insecta ga birlashtiriladi. Don zaxirasiga ziyon yetkazadigan zararkunandalar ichida eng salmoqlisi bu xasharotlardir.hozirgi kunda hasharotlarning milliondan ortiq turi aniqlangan bo‘lib,ular barchasi Ensecta sinfiga mansubdir.
Xasharotlar turli-tuman tuzilishga, shakl va kattalikka ega. Umuman olganda tuzilishi jihatdan hasharotlarni uch qismga ajratish mumkin: bosh qismi, ko‘krak va qorin qismi. Xasharotlar o‘zlarining barcha xossa xususiyatlari yuzasidan sinflar,sinfchalar,oilalar va boshqa bo‘limlarga ajratiladi. Don zaxirasining barcha zararkunanda hasharotlari qattiqqanotlilar, yoki qo‘ngizlar va pardaqanotlilar yoki kapalaklar guruhiga mansubdir.
Ma’lumki barcha hasharotlar jinsli hisoblanadi.Ularning erkak va urg‘ochilari bir-biridan katta-kichikligi, shakli, rangi va boshqa belgilari bilan yaqqol ajralib turadi.
Hasharotlarning barchasi tuxum qo‘yish orqali ko‘payadi. Urg‘ochi hasharotlar otalangandan so‘ng turiga bog‘liq holda bitta, ikkita yoki to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Odatda hasharotlar tuxumini ozuqa ichiga yoki unga yaqin bo‘lgan joyga qo‘yadi, negaki undan chiqqan lichinka mana shu oziq bilan ovqatlanadi. Bundan tashqari ko‘pgina tur urgochi hasharotlar tuxumlarni tashqi xavflardan (harorat, namlik,yirtqiya xasharotlar va b) saqlash maqsadida maxsus suyuqlik bilan himoyalaydi yoki don ichiga berkitib qo‘yadi. Tuxumlar hasharotlarning turiga bog‘liq holda turli rang,shakl va kattalikda bo‘ladi.
Shuningdek turli vaqt oraligida undan lichinkasi chiqadi.
Tuxumdan chiqqan lichinkalarning rivojlanishi ikki xil bo‘ladi: to‘liq bo‘lmagan va to‘liq. To‘liq bo‘lmagan rivojlanishda hasharotlar uch bosqichni bosib utadi: tuxum, lichinka va yetuk hasharot.
Bunda tuxumdan chiqqan lichinka ko‘rinishi jihatdan ota-onasiga o‘xshab ketadi, faqat unda qanotlar bo‘lmaydi va shakli kichik bo‘ladi.
Rivojlanishi davomida unda asta-sekin qanot hosil bo‘ladi.Lichinkaligining oxirgi davridagi po‘st tashlashi bilan yetuk xasharotga aylanadi.Bunday ko‘payuvchi hasharotlarga
tripslar, dala qandalalari, pichanxo‘rlarni misol qilib olish mumkin.
Xasharotlarning to‘liq rivojlanishida to‘rtta bosqich mavjud: tuxum, lichinka, gumbak va yetuk xasharot. Tuxumdan chiqqan lichinka ota-onasiga umuman o‘xshamaydi, ya’ni chuvalchangsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Ular o‘sish va rivojlanish davrida kuchli oziqlanadilar.
Lichinkaligining oxirgi davrida o‘ziga qulay joy qidirishadi, chunki gumbaklikka o‘tishi bilan ular harakatdan to‘xtaydilar. Ko‘pgina xasharotlar gumbaklikka o‘tish davrida o‘zlariga boshpana yasab oladilar, ba’zilari belanchak,ba’zilari esa pillaga o‘ralib oladilar.
Gumbaklikka o‘tishda ularning tanasi kichrayadi, ko‘krak qismi esa qalinlashuvi kuzatiladi, so‘ngra gumbak ichida uning asosiy organlari shakllana boshlaydi.
Yetuk hasharotga aylangach ular tashqi qobiqni yorib chiqadi va tarqaladi. Dastavval g‘umbakdan chiqqan hasharotning qanotlari yorqin rangda va yumshoq bo‘ladi. Biroz muddat o‘tgach qattiqlashadi va rangi to‘qroq tusga kiradi.
Ko‘ngizlar. (qattiqqanotlilar, Coleoptera) Ko‘ngizlarning tashqi tomonida kuchli xitinlangan qanoti bo‘ladi. Shuning uchun ular qattiq qanotli deb ataladi. Ko‘ngizlarning mana shu qanotida xar-xil do‘ngliklar, chuqurchalar, xar-xil doglar, nuqtalar, tukchalar va boshqalar bo‘ladi. Mana shu belgilari, shuningdek shakli, rangi, kattaligi va boshqa belgilariga ko‘ra ularni ajratish mumkin. Barcha qo‘ngizlar kemiruvchi tipdagi ogiz apparatiga ega. Ko‘ngizlar qulay sharoitda tez ko‘payish xususiyatiga ega. Urgochi qo‘ngizlar otalangandan keyin don zaxirasiga, qoplarga, yogochlarga va boshqa joylarga tuxum qo‘yadilar. Ba’zi turlari don ichini kovlab shu yerga tuxum qo‘yadi. Tuxumdan lichinkalar chiqadi. Chiqqan lichinkalar juda ham ozuqaxo‘rlik xususiyatiga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanishi davrida kuchli oziqlanadi. Ko‘pgina qo‘ngizlarning lichinkalari chuvalchangsimon bo‘ladi va ko‘kragida uch juft oyoqlari bo‘ladi. Lichinkalarning oQiz apparati kemiruvchi tipda bo‘lib va donga katta ziyon yetkazadi.
Ko‘ngizlar donga katta zarar yetkazadi. Ular donni o‘suvchi qismini ham zararlab donning unuvchanlik darajasini pasaytiradi. Shuningdek donni o‘zining ekskrementlari gumbaklari, lichinkalari va boshqa chiqindilari bilan ifloslantirib yuboradi.
Don zaxirasi qo‘ngizlarining 100000 dan turlari mavjud. Ularning keng tarqalgan shuningdek don zaxirasiga kuchli ziyon yetkazadigan ba’zi bir turlari bilan quyida tanishib chiqamiz.
Uzuntumshuqlar (Curculionidae). Bu oilaga kiruvchi qo‘ngizlarning boshi cho‘zinchoq trubasimon bo‘ladi. Mana shu uzunchoq qismi tumshuq deb ataladi Ularda mana shu uzun tumshuq bo‘lganligi sababli uzun tumshuqlar yoki filchalar deb ataladi. Don zaxirasida bu turga kiruvchi hasharotlardan ombor, sholi, makkajo‘xori uzun tumshuqlari ko‘p uchraydi.
Ombor uzun tumshugi (Sitophilus granarius L).Dunyoning hamma joyida tarqalgan tanasining uzunligi tumshugi bilan birga 3-6mm bo‘ladi. Ko‘pincha uning lichinkasi va gumbagi rivojlangan donning kattaligiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Tuxumdan chiqqan yosh qo‘ngizcha, yorqin jigarrang tusda bo‘ladi.
Ombor uzun tumshug‘i o‘ziga xos shu bilan bir qatorda donning buzilishiga olib keluvchi holatda tuxum qo‘yadi. Bitta urg‘ochi hasharot 50 dan 300 gacha kulrang tusli oval shaklda tuxum qo‘yadi. Tuxumning uzunligi 0,6-0,7mm eni 0-3mm bo‘ladi. Urgochi uzuntumshuq bug‘doy, arpa, javdar donlariga bittadan,yirik donlarga(masalan makkajo‘xori)2-3 tadan tuxum qo‘yadi va ustini tez qotib qoluvchi suyuqlik bilan berkitib ketadi. Tuxumdan chiqqan lichinka mana shu donning endosperma bilan oziqlanadi va shu yerning o‘zida gumbakka aylanadi. Gumbak bosqichi tugagandan so‘ng undan yosh qo‘ngizcha chiqadi va shu donning 3-4 kun yemay endospermning qolgan qismlarini ham yeb tugatadi. Natijada donning faqat po‘sti qoladi. So‘ngra po‘stini yorib qo‘ngiz tashqariga chiqib ketadi. Qulay sharoitda 25-27S harorat 14% namlikda. Tuxum qo‘yilgandan yosh qo‘ngizcha chiqqancha 28-30 kun kerak bo‘ladi. Bu qo‘ngizlar urug‘likdan qochadi va havo oqimini ko‘tara olmaydi. Ularga nisbatan issiq joylarga to‘planib oladilar. Ombor uzuntumshugi odatda bug‘doy, arpa, sholi javdar rivojlanadi.
Suli makkajo‘xori tariq va grechixada kam uchraydi jo‘xori moyli ekin donlari, dukkakli donlarda umuman uchramaydi. Uzuntumshuqlar asosan donning ichki qismida rivojlanganligi uchun ularga qarshi kurash qiyin hisoblanadi.
Sholi uzuntumshugi(Sitophibusoryzae L). Deyarli barcha issiq iqlimli mamlakatlarda tarqalgan. Tuzilishi jihatidan ombor uzuntumshugiga juda o‘xshab ketadi. Qanotining ustki qismida smetrik joylashgan 4ta kulrang tusli sariq doglari bor.Tumshugi ombor uzuntumshuQiga qaraganda nisbatan ingichkaroq.Ombor uzuntumshuQidan farqi shundaki uning ichki qanoti yaxshi rivojlangan va yaxshi ucha oladi.
Yashash faoliyati ombor uzuntumshugidan deyarli farq qilmaydi. Urgochisi 300-600 tagacha tuxum qo‘yadi. O‘rta Osiyo sharoitida 5 martagacha avlod beradi u birinchi marta sholida topilgan. Shuning uchun u sholi uzuntumshugi deb ataladi. Ombor uzuntumshugi zarar yetkazadigan boshqa turli donlarga ham zarar yetkazadi.
Makkajo‘xori uzuntumshugi (Sitophilus Zea mays motsch).Bu uzuntumshuq yer yuzining asosan issiq iqlimli mintaqalarida keng tarqalgan. Mamlakatimizda ham bu turli hashorot uchrab turadi. Uning uzunligi 5mm bo‘lib yaxshi ucha oladi Makkajo‘xoridan tashqari boshqa donlarga ham zarar yetkazadi. Tuxumini makkajo‘xorining doniga mum pishiqlik paytida qo‘yadi. Sut pishiqlik davrida zarar yetkazadi.
Kora tanli qo‘ngizlar (Tenebrionidae). Bu oilaga kiruvchi qo‘ngizlar un, yorma va omuxta yem zavodlarida yashaydilar.o‘larning tanasi odatda qora tusli bo‘ladi. Yer sharining kupgina qismlarida keng tarqalgan bo‘lib, asosan un, yorma va kepaklar bilan oziqlanadi. Mamalakatimizdan bu oila vakillarining quyidagi turlari keng tarqalgan katta un xrumagi va kichik un xrumagi
Kichik un xrumagi (Tribolium confusum Duv)
Un yorma va kepakda juda yaxshi rivojlanadi. Bu qo‘ngiz don, suxari, non, quritilgan sabzavot va mevalarga kuchli ziyon yetkazadi.
Kichik un xrumagi uzunchoq shaklga ega bo‘lib rangi to‘q kulrang qo‘ngir tusli ko‘krak qismi to‘rtburchak shaklga ega tanasining uzunligi 3-5mm,eni1,2-1,3m bo‘ladi. Tez ko‘payish xususiyatiga ega. Urgochisi o‘rtacha 450 tagacha tuxum qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar dastlab oq, so‘ngra rivojlanib 1 dan 6-7mm gacha kattalashadi va rangi sargish tusga kiradi. Lichinkalari don uyumining yuqorigi qismida gumbakka aylanadi. Qulay sharoitda qisqa muddat ichida (27-35 kun)o‘zining butun rivojlanish bosqichini bosib o‘tadi va bir yilda bir necha marotaba avlod berishi mumkin.Qo‘ng‘izlar va lichinkalar ko‘p miqdorda ozuqa iste’mol etadi.Donda asosan uning murtagi bilan oziqlanadi.
Katta un xuragi (Tenebrio molitor L)
Bu hasharot don zaxirasida uchraydigan qo‘nQizlarning eng kattasi hisoblanadi. Tuzilishi jihatidan kichik un xuragiga o‘xshab ketadi,lekin tanasining uzunligi 13-16 mmgacha boradi. Rangi qoramtir yoki qora tusda .Yaxshi ucha oladi,ayniqsa kechqurun.
Tanasi yirik bo‘lsada unchalik xavfli emas.
Bir yilda bir marotaba avlod beradi. Isitilmaydigan inshootlarda lichinka bosqichida qishlaydi. Bahorda may-iyun oylarida qo‘ngizlari chiqadi
Urgochisi qisqa vaqt ichida 280-580 tagacha tuxum qo‘yadi va undan tez orada ko‘proq oyoqlari yaxshi rivojlangan oq tusli lichinkalari chiqadi. Lichinkalik davri uzoq davom (yilning asosiy qismi)etadi va bu davrda 2mmdan 25-30 mmgacha kattalashadi. Rangi ham mos holda avval yorqin sariq, so‘ngra to‘q sariq tusga o‘tadi.
Lichinkalari o‘zining rivojlanishi davrida 15 martagacha po‘st tashlaydi va unni ifloslantirib yuboradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki lichinkalar unda bemalol harakatlana oladi.
Un, yorma va omuxta yem mahsulotlarida yuqoridagilardan tashqari mazkur hasharotlarga tuzilishi va faoliyati jihatidan o‘xshash bo‘lgan shoxli xrumak (Gnatocerus cornutus F) mo‘ylovdor xrumak (Tribolium castaneum Herbst) kabi yana bir qancha qo‘ngiz turlari uchrab turadi.
Mugombirlar (Ptinidae) Bu oilaga kiruvchi hasharotlardan don zaxirasida mugombir o‘gri (Ptinus tur L) eng ko‘p uchraydi. Bu hasharotlarning bunday atalishiga sabab, ular yopiq inshootlarda tungi hayot faoliyatiga ega, shuningdek,qachonki ularni bezovta qilinganda (don va boshqa mahsulotlar aralashtirilganda) oyoqlarini ostiga yigishtirib olib, o‘lib qolgan singari harakatsiz bo‘lib oladi.
Mugombir o‘grining qo‘ngizi va lichinkalari zaharli hisoblanadi. Dondan tashqari ko‘pgina un mahsulotlarida (suxari, galet, pechenye makaron va b) pichanda. Kuritilgan dorivor giyohlarda, teri mahsulotlarida, junda va boshqalarda rivojlanadi. Lichinkalari qogozni ham kemirib tashlaydi.
Xasharotning urgochisi va erkagi tanasining shakli, rangi, mo‘ylovlarining joylashishi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Erkagining tanasi nisbatan uzun (qorin qismi) bo‘lib, 2,8-4,3mm keladi. UrQochisi esa sharsimon ko‘rinishda bo‘lib, tanasining ustki qismida to‘rtta yorqin doglari bor. Bu doglar erkagida bo‘lmaydi.
Lichinkalari gumbakka aylanishda pillaga (belangan) o‘raladi. Bir avlodning to‘la rivojlanishi uchun 3-4 oy kerak bo‘ladi.
Bir yilda bir-ikki, yaxshi sharoitda to‘rt martagacha avlod beradi.
Xasharot asosan shimoliy mintaqalarda uchraydi. Kanada va Angliya mamlakatlarida keng tarqalgan.
Chaxlagichlar (Anobiidal) Bu oila vakillari tanasining qavariqligi, boshining kopyushonsimon ko‘kragi bilan berkitilgani bilan ajralib turadi. Yuqori tomondan qaralganda boshsizday ko‘rinadi.
Non chaxlagichi (Stegobium paniceum L)-kichik o‘lchamli qo‘ng‘iz (1,8-3,8mm) eng ko‘p uchraydi. Tanasi silindrsimon,qo‘ng‘ir yoki qizQish tusda yaxshi ucha oladi.
Urg‘ochisi 140 taga to‘p-to‘p qilib mahsulotning yuza qismiga,devorlariga tuxum qo‘yadi.
Yaxshi sharoitda bir yilda 4 martagacha avlod beradi. Qo‘ngizi hayoti mobaynida umuman oziqlanmaydi, balki shakllangan vaqtida yig‘ib olgan oziq moddalar zaxirasi hisobiga yashaydi
Lichinkasi harakatchan bo‘lib ko‘pgina mahsulot va predmetlarni (yogoch, kitob,don,non,suxari, galet va b) kemirib (chaxlab) tashlaydi
Kichik bo‘lishiga qaramay (3-5mm) juda ham ozuqaxo‘r hisoblanadi. Gumbaklikka o‘tishdan oldin lichinkalar mahsulotning mayda qismidan o‘ziga belanchak yasab oladi. Belanchakning kattaligi 5-10 mm bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki chaxlagich bilan zararlangan mahsulot soQliq uchun zaharli hisoblanadi.
Yassitanalilar (Cucujudae)Bu oila vakillaridan eng ko‘p tarqalgani malla unxo‘r (Placonotus testaceus F) hisoblanadi. Asosan un bilan oziqlanadi. Tanasining uzunligi 1,5-2,5mm. Tanasining shakli,rangi, uzun mo‘ylovlari bilan oson ajralib turadi. Har xil iqlim mintaqalarida uchraydi.
Donxo‘rlar (Bruchidae) Donga katta zarar yetkazuvchi oila vakillaridan no‘xat donxo‘ri (Bruchus pisorum L), chechevichka donxo‘ri(Bruchuslentis Frol)fasol donxo‘ri (Acanthoscllides obtectus Say) eng ko‘p tarqalgan. Qo‘ngizlari va lichinkalari dondan tashqari o‘simlikni o‘sib turgan vaqtida ham kuchli ziyon yetkazadi. Donxo‘rlar asosan dukkakli donlarga zarar yetkazadi va bu donlar ekishga ham iste’molga ham yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Kapalaklar (pardaqanotlilar Lepidoptera).hozirgi kungacha don va don mahsulotlariga zarar yetkazuvchi kapalaklarning 80 mingdan ortiq turi aniqlangan. Kapalaklar ham qo‘ng‘izlar singari 4 ta rivojlanish bosqichini bosib o‘tadi tuxum, lichinka, gumbak, yetuk hasharot.
Kapalaklar quyidagi belgilari bilan qo‘ngizlardan farq qiladi: ogiz apparati so‘ruvchi tipda shuning uchun ular donni yemaydi, shuningdek un va boshqa mahsulotlarni ham;qurtlar deb ataluvchi lichinkalarida uch juft ko‘krak oyoqdan tashqari, 2-4 juft qorin oyoqlari ham mavjud bo‘ladi. Gumbakni yopiq tipda. Asosiy zararni ularning lichinkalari keltirib chiqaradi. Don zaxirasi zarakunanda kapalaklarining tunlam, parvona va kuya kabi oilalari mavjud. Kuyida ularning eng ko‘p tarqalgan turlari bilan tanishib chiqamiz.
Don kuyasi(Sitotoda cevalella Oliv) kapalagi.Kichik o‘lchamda (4-6 mm).qanoti (yozilganda) 11-16 mm.Tanasi oq, qanotlari sargish-kulrang,uy kuyasiga juda o‘xshab ketadi. Mazkur kuya bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, grechixa, sholi, javdar va boshqa o‘simlik donlarini omborlarga ham ekin maydonida ham zararlaydi. Dunyo bo‘yicha juda ham zararli hasharot hisoblanadi
Uy parvonasi. (Pyrolis farinalis L) Garchi uning nomi shunday atalsada don massasida ham yaxshi rivojlana oladi.
Kapalagi old qanotlarining o‘ziga xos rangi bilan ajralib turadi. O‘anotining yuqori qismi malikarang – qo‘ngir tusda, o‘rta qismi to‘q sariq,bu ikki xil fonni oq yo‘l ajratib turadi. Qanoti yozilganda 15-28 mm,qurtlari dastlab qo‘ngir keyinchalik oq tusda bo‘ladi.
Don tunlami (Hadena basilinea Schiff )Tunlamlar oilasiga mansub (Noctuidae)hasharot.O‘simliklarga jiddiy zarar yetkazadi.
Kapalagi yirik (17-20mm) qanoti (yozilganda) 38-40 mm. Deyarli barcha tunlamlar tungi hayot faoliyatiga ega. Kurti kulrang-qizgish tusda, kattaligi 20-28 mm.
Mamlakatimizda zararkunanda tunlamlarning 3 mingdan ortiq turi aniqlangan bo‘lib don o‘simliklariga jiddiy zarar yetkazadi. Qurtlari donni yig‘ib olish paytida omborlarga ham tushib qoladi va donni ifloslantirib yuboradi. Qurtlari don massasi, tuproq va boshqa joylarda Qumbaklikka o‘tadi.
Kanalar. (Acarina). Kanalar o‘rgimchaksimonlar sinfiga mansub bo‘lib, 6000 dan ortiq turi mavjud. Ularning ko‘pchiligi o‘simlik va hayvon organizmi parazitlari hisoblanadi.
Ma’ruzamizni qiziqtirgan kanalarni hayot tarzi va zarar keltirishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish mumkin;
1. Don mahsulotlari bilan bevosita oziqlanuvchi.
Bu guruh kanalarining yuqorigi jagi yaxshi rivojlangan bo‘lib,don bilan bemalol oziqlana oladi.
2. Faqatgina suyuqlik bilan oziqlanuvchi ularning oQiz apparati sanchuvchi-so‘ruvchi tipda bo‘lib, o‘simlik va hayvon organizmiga yopishib oladi va so‘ra boshlaydi.
Saqlashda kanalar donga quyidagicha zarar yetkazishi mumkin;
- don bilan oziqlanadi
- don, un va yormani o‘zining hayot faoliyati chiqindilari bilan (po‘sti,ekskrementlari,o‘limtiklari) ifloslantiradi;
- mahsulotda yoqimsiz hid hosil qiladi, rangi va ta’mi o‘zgaradi;
- don massasida qo‘shimcha issiqlik va namlik hosil qiladi;
- mikroorganizmlar rivojlanishiga qulay sharoit keltirib chiqaradi;
- don murtagini zararlaydi va unishini pasaytiradi.
Kanalar o‘simliklarni ekin maydonida ham kuchli zararlaydi. Quyida keng tarqalgan ba’zi turlari bilan tanishib chiqamiz.
Ombor kanalari (Tyroglyphidae) Don massasi, don, un, yorma, saqlanadigan inshootlarda uning quyidagi turlari keng tarqalgan.
Rodionov kanasi, un, to‘q oyoqli, uzun, ingichka, tukli va boshqa kanalar.
Un kanasi (Acarus siro yoki Tyroglyphusfarinae
Birinchi marta unda topilgan. Undan tashqari ko‘pgina donlarda (bug‘doy javdar) yormada, quritilgan sabzavot va mevalarda, dorivor giyohlarda, terida, pishloqda, quritilgan go‘sht va boshqa mahsulotlarda yaxshi rivojlanadi.
Tanasi oval shaklda, oqish, boshi va oyoQi pushti yoki qizQish,sochchalari qisqa. Tanasining uzunligi 0,35-0,70 mm.
Yaxshi sharoitda (yetarlicha namlik va 20-25S harorat) 14-16 kunda to‘liq rivojlana oladi. Urgochisi 200 tagacha tuxum qo‘yadi.
Un kanasi donga nisbatan unda va yormada yaxshi rivojlanadi.Tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, don kanalari ichida eng ko‘p uchraydi.
Rodionov kanasi (Caloglyphus Rodionivi A.Zachv) kattaligi 0,6 –1,2 mm,qizgish tusli 20% dan kam bo‘lmagan namlikda ko‘payadi. Issiqlikka talabchan. Issiqlik va namlikka bo‘lgan yuqori talabi uning ko‘payishini chegaralab turadi.
To‘q oyoqli kana.(Alenroglyphus ovatus Troup) Kattaligi 0,5-0,7 mm oyoqlari yorqin rangda ajralib turadi. Qorin qismining oxirida 8ta sochi bor. Issiqtalab, 35S haroratda ko‘plab to‘planishadi.
Uzun kana(Tyrophagus putresientioc Schrank yoki Tyrophagus noxius A.Zachv) Uzunligi 0,3-0,4 mm erkak un kanasiga o‘xshab ketadi tanasida sochlarining ko‘pligi farqlab turadi. 24-25S haroratda yaxshi rivojlanadi.
Ingichka kana (Thyrophagus entomophagus Lab) Kattaligi 0,3-0,5 mm, sarg‘ish yoki oq tusda.Uzunligi enidan 2,2-2,3 marta katta bo‘lganligidan ingichka deb nomlangan.
Donda, unda, dorixona mahsulotlarida, chirigan o‘simlik qoldiqlarida uchraydi.
Tukli kana (Glycyphagidae) Tanasida ko‘p miqdorda har xil tuklar bilan qoplangan bo‘ladi. Bu oilaga kiruvchi oddiy tukli kana (Glycyphagus destructor ouds) keng tarqalgan. Kattaligi 0,30-0,55mm. 24-25S haroratda yaxshi rivojlanadi. Urg‘ochisi butun umri davomida 100 tagacha tuxum qo‘yadi.
Yirtqich kanalar (Cheyletidae).Bu oila vakillarining tanasida boshi va qorin qismining ajralganligi yaqqol ko‘rinib turadi.
Ogiz apparati sanchib-so‘ruvchi tilda. Tanasining orqa qismida tirnoqsimon o‘simtali,yaxshi rivojlangan oyoqlari mavjud. Begona kanalar va mayda hasharotlarga hujum qilganda mana shu oyoqlaridan o‘ljani tutib turishda foydalanadi.
Bu kanalar yuqoridagilarga nisbatan farqli o‘laroq kam oziqlanadi va sekin ko‘payadi. Lekin donni har xil hayotiy chiqindilar bilan ifloslantirib yuboradi.
Qushlar va zararkunanda kemiruvchilar.
Oziq-ovqat jamgarmasining ma’lum qismi, jumladan donlarning nobud bo‘lishi hamda buzilishi kemiruvchilar-kalamush,sichqon va dala sichqonlari tarafidan amalga oshiriladi. Bu turdagi zararkunandalarning ko‘payishi va atrof-muhitga tezda moslashishi xanuzgacha insonga undan qutilish imkonini bermayapti. Sichqonsimon kemiruvchilarga kurash biroz bo‘shatilsa ularning tarqalishi va miqdori xavfli ravishda ortib boradi.
Kalamush va sichqonlar o‘z ichiga oladigan ko‘p turlari kemiruvchilar to‘dasiga kiradi. Sichqonsimon kemiruvchilar ko‘plab don va don mahsulotlarining yo‘qolishiga, oziq-ovqat,idishlar va don omborlarini o‘z axlatlari bilan ifloslanishiga sabab bo‘ladi hamda don mahsulotlari ichiga hasharot va kanalar singari zararkunandalarni olib kiradi; idish brezent va boshqa turli inventarlarni ishdan chiqaradi; inshootlarning yogoch, ba’zida esa beton qismlarini ham kemiradi,shuningdek uskunalarning rezina, plastmassa qismlarini zararlaydi; odamlar va chorvada uchraydigan turli kasalliklar-vabo, qorin tifi,sil,yashil brutsellyoz va boshqalarning tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Xamma sichqonsimon kemiruvchilar ichida eng ko‘p zarar yetkazadigan kulrang kalamush pasyun yoki norvech kalamushi hisoblanadi. U butun dunyo bo‘ylab tarqalgan bo‘lib, inson faoliyati bilan boglangan. Turar joy binolari, iflos maydonlar, ozuqa bazalari ularning qulay joylanishini ta’minlaydi. Faqat don bilan oziqlanadigan kalamush yil davomida 22-25 kg donni yeb qo‘yadi. Kalamushlar o‘z inlarini omborxona poli ostiga, tuproqqa, ombor atrofiga, iflos joylarga qo‘yadi.
Tarqalishi va keltiradigan zarari bo‘yicha uy sichqoni ikkinchi o‘rinni egallaydi. Qora kalamush, turkiston kalamushi, oddiy dala sichqonlari nisbatan kam tarqalgan.
Kushlar. Chumchuqlar kaptarlar va boshqa qushlar ombor yoki don uyumlariga ochiq maydondagi va xirmondagi donlarga ko‘plab qiron keltiradi. Bundan tashqari ular don uyumlarini o‘z axlatlari,patlari bilan ifloslantirib yuboradi. Qushlarning keltiradigan zararini quyidagi bir misoldan belgilashimiz mumkin:bitta chumchuq bir kunda 8-12 g donni yeb qo‘yadi. Bundan tashqari qushlar kanalarni ko‘plab tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə