«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə65/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Nazorat savollari.
1. Profilaktika chora-tadbirlar deganda nimani tushunasiz?
2. Qiruvchi chora-tadbirlar deganda nimani tushunasiz?
3. Dezinseksiya va deratizatsiya deganda nimani tushunasiz?

2-MODUL. DON MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH

13 MA’RUZA QAYTA ISHLANADIGAN DONNING XUSUSIYATLARI


  1. Donning texnologik bahosi haqida tushuncha.


  2. Donning unbop va nonbop xossalari.


  3. Yorma donlarni texnologik baholash.


  4. Bug’doyning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va ekin maydonlari.


  5. Bug’doy donini standartlashtirish.


  6. Javdarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.


  7. Arpaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.


  8. Arpaning sifat ko’rsatkichlari va standartlari.


  9. Sholining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari.


  10. Makkajuxorining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, ekin maydonlari.


  11. Javdar doni yetishtirilishi, foydalanishi, kimyoviy tuzilishi, turlari navlari va standartlar.


Tayanch iboralar

Donning texnologik bahosi, unbop, nonbop, yorma donlar, texnologik baholash, unning chiqishi, maydalashda sarf bo’ladigan energiya, endosperm, qobiq, yorma donlari, iste’mol xususiyatlari, yormaning pishish ko’ffitsenti, shishasimonligi, unsimonligi.

Bug’doy, javdar, arpaning, sholi, yumshoq bug’doy, qattiq bug’doy, dagal xashak, kuchli bug’doy, kuchli, o’rtacha, kuchsiz, standartlashtirish, ozuqabop tayyorlangan bug’doy, davlat don ta­yyorlash tizimi, kichik turkum, kuzgi bug’doy, botanik tavsif, xalq xo’jaligi, turt kirrali arpa ikki qatorli arpa, ozuqabop, xashakbop arpa, yormabop arpa, unbop arpa, pivobop arpa.
Foydalanilayotgan adabiyotlar
1. Kazakov ye. D. Zernovedeniye o osnovami rastenivodstva. M., kolos, 1983 g./izd.z/.
2. Kazakov ye. D. Metodы opredeleniya kachestva zerna / izd. Z/m. , kolos, 1988 g.

Donning nonbop xossalarini baholashda labaratoriya usulidagi maydalashda to’rtta ko’rsatkich qo’llaniladi.


  1. Unning chiqishi.


  2. Olinadigan unning sifati ya’ni rangi, kuldorligi va yirikligi.


  3. Maydalanish vaqti bu ko’rsatkich tegirmonning ishlab chiqarish kuchi bilan bog’liq.


  4. Maydalashda sarf bo’ladigan energiya.


Bevosita va bilvosita ko’rsatkichlar.


Bilvosita ko’rsatkichlarni aniqlashda taxminiy ko’rsatkichlarga erishamiz: ya’ni donning ayrim alohida qismlarini og’irlik jihatdan donga bo’lgan nisbati: endosperm va qobiqning shishasimonligi kuldorligi, yirikligi, to’liqligi va hajmiy og’irligi:
Dondagi endosperm va qobiqning nisbatini bilgan holda donning unbop xossalarini baholash mumkin.
Nonbop bahosi bu donning ya’ni shu dondan tayyorlangan hamirdan yuqori sifatli non tayyorlash qobiliyatini tushunsa bo’ladi.
Yuqori sifatli bug’doy unidan tayyorlangan nonning ko’rsatkichlari quyidagicha: me’yorli hajmga ega bo’lishi, to’g’ri tuzilishli, tekis yuzali, o’zilish va yorilishsiz, me’yoriy rang, yaxshi tamli, yupqa devorli, xushbuy bo’lishi kerak.
Nonbop xossalari gaz hosil qilishi qobiliyatiga ham bog’liq, shu bilan birga hamirning kuchiga, fizikaviy xossalariga, unning rangiga va un zarrachalarining yirikligiga bog’liq.
Gaz hosil qilish qobiliyati deb uning karbonat angdrid gaz hosil qilish qobiliyati achish jarayonida har xil achitqi va fermentlar ta’siri natijasida boradi.
Yorma donlarining texnologik xossalarining asosiy belgilari quyidagilardan iborat.
Yadroning miqdori, yengil yoki ajralishi (qobiqning) yormaning chiqimi va sifati, yadroni chikim koeffitsenti, 1 tonna yermani chiqarishda sarf bo’ladigan energiya va yermani iste’mol xususiyatlari kiradi:
Iste’mol xususiyatlari quyidagi ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi: yorma sifati, pishish vaqti, pishish koeffitsenti, kashaning strukturasi, rangi va ta’mi.
Yormaning sifati quyidagicha baholanadi: yuqori sifatli yadroning miqdori, namigi, organoleptik ko’rsatkichlari, zararli va metall aralashmalar miqdori, to’liqligi, zararlashishi, shishasimonligi va umumiy ko’rinishi.
Yormaning pishish ko’ffitsenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:

Kasha hajmi (sm)

K = ───────────────────

Yorma hajmi pishishigacha (sm)
pishish vaqti qancha kam bo’lsa, yormaning sifati shuncha yaxshi bo’ladi.
Donning yormabop xossalariga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: tozaligi, ifloslantiruvchi va donli aralashmalar miqdori, qobiqdorligi, navi bo’yicha bir xilligi, to’liqligi, yirikligi, namligi va donning strukturasi (shishasimonligi, unsimonligi). Bu ko’rsatkichlarning hammasi takribiy ko’rsatkichlar hisoblanadi, yorma mahsulotlari yorma texnologiyasi fanidan chuqur o’rganiladi.
Bug’doy doni bu-inson tomonidan yetishtiriladigan asosiy donlardan biri hisoblanadi. U asosiy oziq-ovqat xomashyosi hisoblanib, yer sharida aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda muhim o’rin tutadi.
Bug’doy donidan tayyorlangan non mazali yengil hazm bo’ladigan bo’ladi.
Bug’doy doni jami donlar eqilgan yerlarning ellik foizidan yig’ib - terib olinadi.
Bug’doy teitikum graminal iuss degan oilaga kiradi. Bu oila o’z ichiga bir necha zotan yaqin bo’lgan donlarni oladi. Masalan bug’doy, javdar, arpa. Bug’doy doni bir yillik ekiladigan o’simlik hisoblanadi.
Bug’doy donining kishki ekiladigan va bahorgi ekiladigan turlari bor. Bug’doy donining 20 xili mavjud. Eng ko’p bizning mamlakatimizda qattiq va yumshoq bug’doy donlari ko’p ekiladi.
Yumshoq bug’doy doni nafaqat hamdustlik mamlakatlari ittifokida balkim yer shrida ham keng tarqalgan. Yumshoq bug’doy doni ekiladigan yer maydonining 90 % ni tashkil qiladi.
Qattiq bug’doy doni bahorgi ekiladigan donlar hisobiga kiradi. U ekiladigan maydonning 11 - 13 % ni egallaydi.
Quruqlikda yumshoq bug’doy doniga nisbatan chidamli emas.
Kuban, donbass, krim, ural va altay ulkalarida asosan yetishtiriladi.
tashqi ko’rinishidan yumshoq va qattiq bug’doyni ayirib bilish juda muhim o’rin tutadi, ayniqsa texnologlar uchun.

Belgisi

Don

Yumshoq bug’doy


Qattiq bug’doy


Rangi
Don tuzilishi


Shishasimonligi
Zarodыsh (kurtak)

Borodka(shetka)


Uzunligining kengligiga nisbattan


Qizil turlicha va okroq oval-aylansimon. Qisman shishasimon shishasimon va unsimon don lar ham uchraydi.


Oynasimon

Kuchli rivojlangan ko’z orqali ko’rish mumkin.


2: 1

Yantar rangli. Uzunchoq. Shishasimon donlar (95-100%).


Uzunchoq.

Rivojlanmagan oddiy ko’z orqali kurib bulmay di.


3:1;2:1

Yumshoq va qattiq bug’doydan tashqari qolgan barcha don turlari hamdustlik mamlakatlarida ekiladigan maydonlar 2 % ini tashkil qiladi.


1. Karlikov bug’doyi (tr.compactum hast)
2. Vanskaya bug’doyi. (tr.vavilov zokubs)
3. Turgidum bug’doyi.(tr.turgidum l)
4. Polsha bug’doyi. (tr.polonikum l)
5. Kartalin bug’doyi (tr.cartholicum nevski)
6. Polba, dvuxzernenka,emmer bug’doylari.(tr.dicoecum schube)
7. Odnazernenka. (tr.monococum l)
8. Maka bug’doyi. (tr.macha dekltmen)

Kuchli bug’doy donida tayyorlangan unning hamiri suvni ko’p talab qiladi.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə