«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


-jadval Asosiy don ekinlari don uyumining mikroflora tarkibi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə62/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

9.3-jadval

Asosiy don ekinlari don uyumining mikroflora tarkibi.

Saprofit mikroorganizmlar


Fitapatogen mikroorganizmlar


Inson va hayvonlar uchun patogen mikroorganizmlar


Tipik epifitlar


Boshqa saprofitlar


Bakteriyalar: Ps.herbicola, Ps. fluorescens


Achitqilar: Torula turiga mansub oq va pushti Ustki bijg‘ituvchi achitqilar (saxaromitsetlar)
Mog‘or zam-burug‘lari: (Dala zam-burug‘lari): Alternariya, Cladosporium, Dematium, Trichothecium va boshqalar.

Bakteriyalar: Bac, mesentericus (kartoshka qalamchasi) Bac subtilis (pichan qalamchasi) Bac. mycoides (chirituvchi qalamcha) kislotali bijg‘ish bakteriyalari kokklar, mikrokokklar va sarsinalar


Mog‘or zamburug‘lari: mog‘orlar: Mucor mucedo, mucor racemosus, Phisopus nigricans va b.
Aspergillar:
A.niger, A. glancus, A. fimigatus, A. glavatus, A. flavus, Penicillium glaucum va b. boshqa zamburug‘lar: Monilia, Oidium va b.
Aktinomitsetlar va unga yaqin organizmlar.

Donda puchlikni chaqiradigan bakteriozlar:


Bact. Translucens Bact. otrofaciens
Mikozlar: turli g‘alla qorakuyalari, sporalar; har xil fuzarium turlari; Nigrospora, Diplodiya zeal va b.

hayvonlar va insonda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar: (zoonozlar) brutsellyoz, tuberkulyoz, tulyaremiya, kuydirgi, manqa va boshqalarni qo‘zg‘atuvchilar.


Insonda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar: qoqshol, qorasonni qo‘zg‘atuvchilar, yiringlatuvchi kokklar va b.





Achitqilar. Donning yuza qismida bakteriyalar bilan bir qatorda achitqi zamburug‘lari ham uchrab turadi.
Donning mustahkam qatlamlarida bu zamburug‘lar rivojlanib pastasimon konsistensiyali koloniyalar hosil qiladi.
Achitqilar zamburug‘lar olamining bir hujayrali vakili bo‘lib, donning saqlanuvchanligi va sifatiga ta’sir etmaydi.
Lekin ba’zi hollarda don massasida harorat ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi va ular mutaxassislarning fikriga o‘ziga xos” ombor” xidini tarqatuvchi manba hisoblanadi.
Mog‘or zamburug‘lari. Yangi yig‘ib olingan don massasi tarkibida hamisha u yoki bu sonda mog‘or zamburug‘lari mavjud bo‘ladi.Ularning soni ko‘pincha 1g dontarkibida bir necha o‘ndan yuzgacha, goho minggacha bo‘ladi, shuningdek ular don massasidagi mavjud mikroorganizmlarning 1-2 foizini tashkil etadi.
Qulay sharoit tug‘ilishi bilan (donning namligi yuqori bo‘lganda, don massasining harorati oshganda va b) mog‘or zamburug‘lari jadal ko‘payadilar va mitseliy hamda meva organlari hosil qiladi. Natijada donda oddiy ko‘zga ko‘rinadigan zamburug‘ kaloniyalari hosil bo‘ladi. Bunday holat donni noqulay ob-havo sharoitida yig‘ib olganda, donlarni vaqtinchalik saqlashda, ularni suv yoki temir yo‘l transportida tashishda va boshqalarda kuzatiladi.
Mog‘or zamburug‘larining intensiv rivojlanishi don massasida qurug‘ moddalarning ko‘p miqdorda yo‘qolishiga don sifatining pasayishiga yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Mogor zamburug‘lari bilan zararlangan donda yoqimsiz hid paydo bo‘ladi, shuningdek uning ta’mi va rangi ham o‘zgaradi.
Don massasida uchraydigan mogor zamburug‘larining turi xilma xil bo‘lib hozirgacha ularning 60 dan ortigi aniqlangan
Bularning ichida don sifatini buzuvchi eng asosiylari Aspergillu vaPenicillium turiga mansub zamburug‘lar hisoblanadi. Bulardan tashqari Cladosporium. Denatium, Trichothecium va boshqa turlarga mansub mikroorganizmlar don tarkibida ko‘p uchraydi.
Fitopatogen mikroorganizmlar. Bu guruhga mansub mikroorganizmlar o‘simlikda o‘ziga xos kasalliklar keltirib chiqargani uchun fitopatogen deb nom olgan.
Mazkur mikroorganizmlar bilan zararlangan o‘simliklar yoki halok bo‘ladi yoki kam miqdorda, shuningdek sifati past bo‘lgan hosil beradi. Misol tariqasida ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Bact.translucens bug‘doy, javdar arpa va makkajo‘xorida” kuyish” kasalini sholi va makkajo‘xorida so‘lish, makkajo‘xori, sholi va arpada doglanish kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bact. trafaciens va boshqa mikroorganizmlar esa donlarning puch bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi
Shuningdek fitopatogen mikroorganizmlar o‘simliklarda chirish, so‘lish va boshqa ko‘pgina kasalliklar keltirib chiqaradi. Don tarkibidagi bu mikroorganizmlar ulardan chiqadigan mahsulot sifatiga ham ta’sir qiladi.
Inson va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan mikroorganizmlar. Bu guruh mikroorganizmlari donga tasodifiy joylashib qolishi mumkin.
Ular donning sifati va saqlanuvchanligiga ta’sir etmaydi. Lekin organizm uchun xavfliligini hisobga olgan holda donni saqlashda bunga katta e’tibor berish tuproqdan, kasal hayvonlardan va boshqa infeksiya tashuvchilardan o‘tib qoladi.
Don massasida uchrab turadigan mikroorganizmlarga sibir yarasini keltirib chiqaruvchilar, sapa, brutsellez, tuberkulez va boshqa kasallik mikroorganizmlari kiradi.
Patogen mikroorganizmlarni don massasida aniqlash qiyin. Shuning uchun bu mikroorganizmlar tarqalgan joylarda karantin tadbirlari o‘tkaziladi. Shuningdek bu yerlardan olingan donlarni qayta ishlashda maxsus karantin instruksiyalardan foydalaniladi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə