«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə67/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

"kuchli" bug’doy.
Bug’doy donining tasnifiy (spetsifik) ko’rsatkichlari uning shi­shasimonligi, kleykovina miqdori va sifati ma’lum darajada bug’doyning texnologik qiymatini, a’lo darajadagi non mahsulotlari tayyorlash imkoniyatlarini belgilab beradi.
Bu va bunga o’xshash belgilar juda o’zgaruvchan bo’lib, nav xusu­siyatlari, agrotexnika, tuproq-iqlim sharoitlariga qarab bug’doy do­nininng nonboplik xususiyatlari ham o’zgarib turadi. Shunga ko’ra turli xil texnologik xususiyatlarga ega bo’lgan yumshoq bug’doy 3 guruhga ajratiladi: "kuchli", "o’rtacha ", "kuchsiz".
Jahon amaliyotida tegishli texnologik jarayonlarda undan ta­yyorlangan hamir o’z shaklini barkaror saqlash oluvchi, yirik hajm­li, magzi yaxshi g’ovak non tayyorlash mumkin bo’lgan bug’doy "kuchli" bug’doy deb nomlanadi. "kuchli" bug’doy nonboplik xossasi past bo’lgan partiyalarga kushilganda, nonboplikjihatdan ancha yaxshi bug’doy uni aralashmasi olish imkonini beradi. Demak, birinchi guruhga a’lo sifatli non olinadigan va "kuchsiz" bug’doyni yaxshilash uchun kulla­nilish mumkin bo’lgan bug’doy navlari kiradi.
"o’rtacha " nomini olgan bug’doy esa "kuchli" bug’doy kushmasdan turib me’yordagi non olish mumkin bo’lgan bug’doydir. Ammo "o’rtacha" bug’doy "kuchsiz" bug’doyning nonboplik xususiyatlarini yaxshilash qobiliyatiga ega emas.
"kuchsiz" bug’doydan past sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan non olinadi, shu sababli "kuchsiz" bug’doyga "kuchli" bug’doy kushish­natijasida yaxshi non olishga erishish mumkin. Jahon ishlab chiqarishda yumshoq bug’doyning solishtirma og’irligi "kuchli" guruxda 15-20 % "o’rtacha " guruhga 25-30% va "kuchsiz" guruxda 50-55 % ni tashkil qiladi.
"kuchli" bug’doy asosan rossiya, kanada, kozogiston, aqsh va ar­gentinada yetishtiriladi.
Bug’doy donini standartlashtirish.
Mamlakatimizdagi g’alla qabul qilish korxonalarida qabul qilinayotgan bug’doy doni partiyalari barcha ekinlar doni uchun umumiy va majburiy bo’lgan ko’rsatkichlar, shuningdek hajmiy og’irlikni hisobga olgan holda baholanadi. "kuchli" va qattiq bug’doy doni par­tiyalari uchun kleykovina miqdori va sifati, shuningdek donning toshbaqa-kanadan zararlanganligi ham aniqlanadi. Barcha bug’doy par­tiyalarining namunaviy tarkibi aniqlanganda donning shishasimonli­gi hisobga olinadi.
Hozirgi paytda bug’doy doni uchun to’rt xil standart mavjud.
Quyida biz ularning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz. Davlat don tayyorlash tizimi tayyorlagan bug’doy doniga standart gost vks-7064-"ozuqabop tayyorlangan bug’doy", davlat don ta­yyorlash tizimi tomonidan oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chikarilgan bug’doy doniga standart, bug’doyi" to’liq standartlar guruxiga mansub bo’lib, barcha bulimlarda ishtirok qiladi. Standartlarning birinchi bo’limida kursatishiga, oziq-ovqat bug’doyi deganda turli bug’doy donlarining aralashmalar bilan bir­galikdagi don umumiy miqdorining 85 % i dan kam bo’lmagan miqdori tushuniladi.
Tovar tasnifi bo’limida bug’doy donining turkum va kichik turkumchalariga, donning texnologik qiymatini belgilovchi sifat guruhlariga ajratilishi berilgan.
Bug’doyni turkumlarga ajratishda uning quyidagi belgilari asos qilib olinadi: rangi (qizildonli yoki oq donli bug’doy), botanik turi (qattiq yoki yumshoq), biologik shakli (kuzgi yoki bahor­gi). Yuqoridagi barcha belgilar bug’doyning texnologik va ozuqabop­lik qiymati bilan turli darajada bog’liq bo’ladi. Ular bug’doy doni ko’rsatkichlarini 5 turkumga ajratish imkonini beradi.
Bug’doy doni texnologik qiymatining yanada aniqroq tavsifi turkumdan keyingi kichik turkumchada beriladi. Donning kichik turkumchaga ajratishda uning rangi va shishasimonligi asos qilib oli­nadi. "kuchli" hisoblangan eng yaxshi yumshoq bug’doylar i va iv turkumlarga, 1 va 2 kichik turkumlarga, shuningdek iii turkumning 1-kichik turkumiga kiritiladi. Bug’doy donining turkum va kichik turkumlarga tasniflanishi berilgan. I va iv (bahorgi va kuzgi yumshoq qizil donli bug’doy) turkumlar, ii turkum (bahorgi qattiq bug’doy) ekish va tayyorlashda asosiy turkumlar hisoblanadi.
"kuzgi" va qattiq bug’doy doni muayyan turkum va kichik turkumchaga xos bo’lgan hid va rangga ega bo’lishi kerak. I-iii-iv turkumdagi "kuchli" bug’doy tarkibidagi boshqa turkumlar miqdori, shu­ningdek qattiq bug’doy oziq-ovqat uchun tayyorlanadigan va tarka­tiladigan bug’doyning tovar tasnifi bo’limida ko’rsatilgan talab­larga javob berishi kerak. G’alla qabul qilish korxonalarida "kuch­li" va qattiq bug’doyni topshirishda sinov dalolatnomasi navli ekinlar kaydi dalolatnomasiga asoslangan hujjatdan kuchirma ya’ni novlik hujjati bilan birga topshiriladi.
"kuchli" va qattiq bug’doyni saqlash va topshirish ishiga alohida diqqat e’tibor qaratish lozim.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə