«tasdiqlayman»



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə3/17
tarix17.09.2017
ölçüsü1,7 Mb.
#45
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

4. “Miokardiodistrofiya» tushunchasidan miokardning metabolizmi buzilishi tushuniladi va yurakni qisqaruvchi va boshqa funksiyasini buzilishi bilan kechadi. « Miokard distrofiyasi» tushunchasini G.F. Langom (1936 y.) kiritgan,qaysiki yurak mushaklari yallig‘lanish xarakteriga xam ega emas va koronarogen tabiatga xam ega emas toki shu kungacha turli terminlar bilan atalgan: kardiomiopatiya, «miokardoz», «yurak miodegeneratsiya» va b.


Kasallikni rivojlanishiga bog‘liq etiologik omillar :

-avitaminozlar (beri-beri, singa, raxit, pellagra),

-anemiyalar (o‘tkir va surunkali),

-endokrin almashinuv buzilishlari (qandli diabet, tireotoksikoz, gipotireoz, surunkali buyrak usti bezi yetishmovchiligi, feoxromotsitoma, semizlik, patologik klimaks), infeksiyalar,

-endogen intoksikatsiyalar (buyrak va jigar yetishmovchiligi, rakli intoksikatsiya, sur.yiringli jarayon),

-ekzogen intoksikatsiyalar:

a) o‘tkir (barbituratlar, yurak glikozidlari, amitriptilin, dixloretan.);

b) surunkali (nikotin, alkogol);

v) professional (qo‘rg‘oshin, benzol, oltingugurtuglerod);

-jismoniy zo‘riqish (o‘tkir va sur.); dismetabolik ta’sir (fermentopatiya, gemoxromatoz, ovqatlanish buzilishi);

-fizik omillar (ionli radiatsiya, vibratsiya, ko‘krak qafasi jaroxatlari, yuqori chastotali toklar va b.);

-nerv- mushak kasalliklari (miasteniya, distrofik miotoniya);

-neyrogen ta’sir (stress, simpatikotoniya);

-tug‘ruqdan keyingi ta’sir.

Miokardiodistrofiyani kechishiga ko‘ra bo‘linadi:o‘tkir,surunkali va miodistrofik kardioskleroz.

Miokard distrofiyasi diagnostikasi

Miokarditning klinik belgisi turlicha–yashirin kechishidan to og‘ir yurak yetishmovchiligigacha.

Miokardning o‘tkir distrofiyasi jismoniy zo‘riqish natijasida,katta va kichik qon aylanishida AQBni to‘satdan oshishidan rivojlanadi(gipertonik kriz, o‘tkir nefrit, TELA).

Miokardiodistrofiyaning surunkali kechishining erta bosqichiga yaqqol klinik belgilar xos emas.Faqatgina yurak yetishmovchiligi rivojlangandagina bemor xansirashga,jismoniy xarakatda yurak urib ketishiga,tez charchashga,mexnat qobiliyatini pasayishiga,yurak soxasida noxushlik xissi va og‘riqqa shikoyat qiladi.Biroq ba’zi miokardiodistrofiyalarda masalan stenokardiyaga xos davriy og‘riqda YuIK bilan qiyosiy tashxis o‘tkazishni talab etadi.

Miokardiodistrofiya yurak ritmi buzishini, yurak notekis urishini va yurak tez urishini sababi bo‘lishi mumkin. Shikoyatlar bilan bir vaqtda, gipertrofiya va dilatatsiya sababli yurak chegaralarning kengayishi, yurak tonlar, otchopar ritmi, yuqorigi qismida va Botkin nuqtasida sistolik shovqinlprining bo‘g‘iqlanishi, odatda sust eshitilishi, yumshoq va o‘zgaruvchan tembrda qayd qilingan. miokardiodistrofiya klinik xolati nospesifik, u ko‘proq xolatda miokardit va kardiosklerozning aterosklerotik va miokarditik ko‘rinishga o‘xshaydi. Shuning uchun ushbu kasalliklar uchun o‘zaro qiyosiy tashxis o‘tkaziladi.
Miokardiodistrofiyani klinik bosqichlarining tansifi (V.X. Vasilenko, S.B. Feldman, N.K. Xitrov, 1989 y.)


Bosqichlar

Klinik simptomlari

EKG o‘zgarishi

Sirkulyatsiya turi

I- neyrofunk-sional

Sub’ektiv: Yurak sohasida tranzitor, sabasiz, sanchiqlanuvchi yoki tortiqli og‘riqlar, yurak urib ketishi, havo yetishmaslik xissiyoti, holsizlik, bosh og‘riqlar, yomon uyqu, asabiylashish, ko‘p terlashlik.

Ob’ektiv : sovuq nam kaftlar, yurak chegaralari me’yorida, jarangdor tovushlar, kuchsizsistolik shovqin yurak chukkisida, taxikardiya, kon bosimining o‘rtacha ko‘tarilish.

R-Q intervalini kiskarishi, Q-T uzayishi, egri usuvchi ST segmenti, ostrokonechnыy zubes T tishi utkir kirrali


Giperdina

mik


II- aldamchi –strukturaviy (organik o‘zgarish bosqichlari)

YuE IIA boskichiga mos

Chap korinchani gipertrofiyasining belgilari, korincha ichi blokadasi,

Gipodinamik

Kompensatsiya davrlari





T tishchaning inversiyasi va tekislanishi, ST segmentining pasayishi, aritmiya.




Dekompensatsiya davri

YuE IIB boskichiga mos.







III- yurak yetishmovchiligi metabolik shakli

YuE distrofik boskichiga mos

II-bosqichdagi kabi va yakkol namayon bo‘lishi

Gipodinamik

Miokardiodistrofiyani asosiy tashxis usuli EKG tadqiqot. EKGda miokardiodistrofiya o‘ziga xos o‘zgarish kuzatiladi: digitalisdan zaharlanish sababli ST segmentini qayiqsimon depresiyasi, manfiy T tishcha va Q-T oraliq masofani kiskarilishi, sinusli bradikardiya, ritm va o‘tkazuvchanlik buzish bilan kechadi. Miokardiodistrofiyani ayrim shakllarda masalan feoxromatsitomada chuqur manfiy T tishcha paydo bo‘lishi mumkin.



Alkogol miokardiodistrofiya. Uzoq muddat katta miqdorda spirtli ichimliklarni iste’mol natijasida vujudga keladi:

1. Klassik shakl : surunkali alkogolizmni barcha ko‘rinishi, jigar kattalashishi, kardialgiya, ayniqsa kechalari, nafas qisish, yurak urishi, notekis urish, yomonlashish holati katta miqdor spirtni iste’molidan keyin 2-3 kundan kuzatiladi.

2. Psevdoishemik shakl : ko‘proq yurak soxasidagi og‘riqlar, subfebrilharorat, kardiomegaliya, ritm buzilish, YuE klinikasi.

3. Aritmik shakl MA belgilari, ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya, nafas qisish va kardiomegaliya.



Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə