«tasdiqlayman»



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə14/17
tarix17.09.2017
ölçüsü1,7 Mb.
#45
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17


Testlar.

1. 001. Arterial bosimni qo‘lda oshishi va oyoqta pasayishi qaysi kasalliklarga xarakterli:

a) gipertonik kasallik

b) aorta koarktatsiyasi

v) Kon sindromi

g) Itsenk – Kushing kasalligi

d) sklerotik arterial gipertenziya
2. 002. O‘ta yuqori darajaga arterial bosimni ko‘tarilishi (diastolik AB 120 mm.sm.us. yuqori), buyrak, ko‘ruv nervi diski shikastlanishi, ensefalopatiya belgilari xarakterli:

a) Itsenk - Kushing sindromiga

b) surunkali pielonefritdagi arterial gipertenziyaga

v) nefroptozdagi arterial gipertenziga

g) aorta elastligining pasayishidagi arterial gipertenziyaga

d) yomon sifatli gipertenziyaga


3. 003. Buyrakning parenximatoz arterial gipertenziyasiga xos emas:

a) surunkali glomerulonefrit

b) surunkali pielonefrit

v) buyrak polikistoz

g) o‘tkir glomerulonefrit

d) buyrak infarkti


4. 004. Vazorenal gipertenziyani tashxislash uchun ma’lumotga ega usul quyidagilar:

a) vena ichi pielografiyasi

b) qon zardobidagi reninni aniqlash

v) izotopli renografiyasi

g) buyrak arteriografiyasi

d) qonda aldosteron topilishi


5. 005. Sistolik arterial bosimni ko‘tarilishi xarakterli:

a) aortal yetishmovchilikda

b) aortal stenozda

v) kombinirli aortal nuqsonda

g) mitral yetishmovchilikda

d) o‘pka arteriyasi stenozida


6. 006. Feoxromatsitomadagi arterial gipertenziya kechishi xos emas:

a) me’yoriy arterial bosim fonida krizli kechish yoki nisbatan arterial gipertenziya kuzatilishida

b) krizsiz arterial bosimni turg‘un ko‘tarilishida

v) krizli arterial bosimni doimo ko‘tarilishida

g) arterial bosimni labil saqlanishida

d) arterial bosimni tez ko‘tarilishi va tushishida


7. 007. Arterial bosimni krizli kechishi quyidagi xolatlarda kuzatiladi:

a) tug‘ma adrenogenital sindromda

b) Itsenk - Kushing sindromida

v) birlamchi giperaldosteronizmda

g) gipertireozda

d) feoxromotsitomada


8. 008. O‘ng va chap qo‘ldagi har xil (20 mm.sm.us. va yuqori) arterial bosim xarakterli:

a) Takayasu kasalligiga

b) aorta koarktatsiyasiga

v) yomon sifat shaklli gipertonik kasalligiga

g) buyrak arteriyasi stenozidagi arterial gipertenziya

d) surunkali glomerulonefrit


9. 009. Buyrak polikistozini tashhislashda muxim ahamiyatga ega:

a) kattalashgan buyrak palpatsiyasi

b) polikistozga nasliy moyilligi borlar

v) izotopli renografiya

g) buyrakni ultratovushli tekshiruv

d) umumiy siydik taxlili


10. 010. Feoxromotsitomadagi arterial gipertenziyani davolashda bemorlarga maqsadli davo buyurish:

a) davoni α-adrenoblokatorlardan boshlash, kerak bo‘lsa β-adrenoblokatorlar qo‘shish

b) davoni β-adrenoblokatorlardan boshlash, kerak bo‘lsa α-adrenoblokatorlar qo‘shish

v) kalsiy antaganistlarini buyurish

g) APF ingibitorlarini buyurish

d) rauvolfiya xosilalaridan buyurish


11. 011.Quyida keltirilgan belgilardan qaysi biri simptomatik arterial gipertenziyaga xos emas:

a) 40 yoshdan kichik bemorlar

b) gipotenziv dorilar samarali

v) sistolik arterial bosimni oshib turishi

g) diastolik arterial bosimni oshib turishi

d) yuqori arterial bosimda jiddiy shikoyatlar bo‘lmasligi


12. 012.Gipertonik krizlarda isbotlangan dori vositalari:

a) klofellin , korinfar

b) rezerpin

v) enalapril

g) veroshpiron

d) papaverin






Baholash

A’lo

O‘rtacha

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va past

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball


4.2.2 grafik organayzer: Konseptual jadval


AG turlari

Tashxislash mezonlari:


Gipertonik kasallik




Sklerotik arterial gipertenziya

Yoshi

30 yosh va undan kattalar

60 yoshdan kattalar


Sabablari


Essensial, chin AG



Bosh miya tomirlar aterosklerozi

Klinikasi


Simptomlar nishon a’zolarini shikastlanganligini bildiradi:

- miya va ko‘z: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishning buzilishi, tranzitor ishemik ataka, harakat va sezuvchanlikning buzilishi;

- yurak: yurak urib ketishi, ko‘krak qafasida og‘riq, hansirash;

- buyraklar: chanqash, poliuriya, nikturiya, gematuriya;

- periferik arteriyalar: oyoq-qo‘l muzlashi, o‘tib ketuvchi maymoqlik.

Quloqda shovqin va bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin, ba’zan ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi.


Bunga ruxiy belgilar xarakterli. Boshda shovqin, ba’zan bosh aylanishi, uyquning buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, kayfiyat tushishi kuzatiladi.tez-tez xolsizlik va charchash, e’tiborni jamlash qiyinligi xarakterlidir. Xotirani kunlik voqealarni eslab qolish qobiliyati susayadi. Bu belgilar vaqt o‘tishi bilan kuchayib va chuqurlashib boradi. Kasallikning uchinchi bosqichida yaqqol bilingan ensefalopatiya kuzatilib,

intellekt pasayishi, qorinchalar aro o‘tkazuvchanlik buzilishi , parkinsonizm simptomlari (karahtlik, amimiya) kuzatiladi. Kasallikni klinik namoyon bo‘lishi miyaning ayrim sohalarida qon aylanishning buzilishi bilan kechadi.



Bosh og‘rig‘i

Gipertonik kasallikdagi bosh og‘rig‘i kasallik bosqichiga bog‘liq. Kasallikning boshlang‘ich davrida bosh og‘rig‘i doimiy emas, asosan tashqi muhit sharoiti yoki organizmni ritm faoliyati o‘zgarganda, ya’ni alkogol iste’mol qilganda paydo bo‘ladi va b. Shu havf omillari yo‘qotilganda, bosh og‘rig‘i yo‘qoladi. Kasallikning keyingi davrlarida bosh miya qon tomirlari tonusining turg‘un o‘zgarishi natijasida, bosh og‘rig‘i tomirli xarakterga ega bo‘ladi (to‘satdan pulssimon, har hil lokalizatsiyali, ensa yoki boshning tepa va chakka qismidagi og‘riq paydo bo‘ladi, shuningdek og‘riq tezda yo‘qoladi)

Bosh miya tomirlari aterosklerozidagi bosh og‘rig‘i kuchli xarakterga ega.

Laborator ko‘rsatkichlar

proteinuriya va /yoki qon plazmasida sezilarsiz kreatininning oshishi (1,2- 2,0 mg/dl);

giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, LPZ va LJPZ oshishi, LYuZ pasayishi.

Instrumental tekshiruvlar

Ultratovush yoki radiologik tekshiruvlar aterosklerotik blyashkalarni (uyqu arteriyasi, aorta, chov osti yoki son arteriyalari) chap qorincha gipertrofiyasini (rentgenografiya, EKG, ExoKG); ko‘zning to‘r parda arteriyasining tarqoq yoki lokal torayishini va buyrak arteriyasining shikastlanishini aniqlaydi;

Ko‘ruv nervi diski gemorragiya va ekssudatsiyasidan shishishi va shishsiz kechishi; aorta anevrizmi qavatlanishi; arteriyalar okklyuzion o‘zgarishdagi klinik ko‘rinishlari



- Ichki uyqu arteriyasi proeksiyasida auskultatsiya o‘tkazish.

- angiografiya, ultratovushli dopplerografiya.

Tashxis arteriya yoki alohida tomirlar shikastlangan sohasiga qarab, klinik belgilari aniqlanadi.




4.3. Amaliy qism

UASh mavzuga mos keladigan amaliy ko‘nikmalarni mashg‘ulot so‘ngida bajara olishi shart

UASh xonasida UASh talabalar bilan birga bemorni ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Qabulda vaqtida pasport qismida bemorning yoshiga va kasbiga e’tibor beriladi. Bemorning shikoyatlari katta ahamiyatga ega. Bemor hayot tarixidan havf omillari, o‘tkazgan kasalliklari aniqlanadi. Bemorning kasallik tarixidan, kasallikning davomiyligi, ambulator va shifoxona davosi, tekshiruv natijalari, dorilar samaradorligi haqida ma’lumot beradi. Bemorning shifokor maslahatlarini qanchalik bajarganligi katta ahamiyatga ega, bemorning hozirgi yoki qayta tashrifi, bemordagi AB ko‘tarilganligi va umumiy axvolini yomonlashganligini bilan bog‘liqligini bildiradi. Ob’ektiv ko‘rikda bemorning hozirgi xolatiga, tashqi ko‘rinishiga, ya’ni arterial gipertenziya xolati bo‘lishi mumkin, a’zolarda fizikal tekshiruvlar o‘tkaziladi, chap qorincha gipertrofiya borligi, puls xarakteri va AB oshganligiga aniqlanadi va e’tibor beriladi. Arterial gipertenziyada nishon a’zolari bo‘lib ko‘z xolatlari tekshiriladi. Bemorni tekshirish vaqtida etika, diantologiyalarga va bosqichma-bosqich amaliy ko‘nikmalarni bajarilishiga e’tibor beriladi.






Baholash

A’lo

O‘rtacha

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va past

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


5. Bilim, ko‘nikma va uning bajarilishini nazorat qilish shakli

  • Og‘zaki

  • Yozma

  • Vaziyatli masalalrni yechish

  • O‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni demonstratsiya qilish


5.1. Talabalar bilimini va malaiy ko‘nikmalarini baholash mezonlari.





Baholash

A’lo

O‘rtacha

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va past

1

Nazariy qism

20-17,2

ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

2

Vaziyatli masalalar

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

4

Amaliy qism

15-12,9 ball

12,75-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5-ball

5,4 ball


6. Oraliq nazoratni baholash mezonlari


Baholash darajasi

Reyting

ballari

Talabalarg ishlariga tafsiv berish




20

Amaliy mashg‘ulotga qatnashganlikka ball qo‘yish. Boshlang‘ich bilimga to‘liq ega emasligi va amaliy ko‘nikmani bajara olmasligi – talaba mashg‘ulotga tayyor emas.

Qoniqarsiz

20 - 54,9

Talaba qoniqarsiz javob beradi.

Talaba quyida keltirilgan boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga ega emas:

  • Simptomatik arterial gipertoniyaning kelib chiqish mexanizmini bilmaydi.

  • Simptomatik arterial gipertoniyaning klinik simptomlarini bilmaydi.

  • Simptomatik arterial gipertoniyani tashhislashni bilmaydi.

  • SAG ning havf omillarini bilmaydi

  • SAG ni davolashda dori vositalar guruxini bilmaydi.

  • Qabul vaqtida SAG li bemorlarni ob’ektiv baholay olmaydi

  • QVP va OP sharoitida SAG bor bemorlar ratsional reja tuza olmaydi.

Boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasini ta’minlash

Qoniqarli
55-70,9%

55-60,9

Past darajali qoniqarli javob.

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga ega (quyida keltirilgan), lekin javob berishda va ko‘nikma bajarishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi.

61-65,9

O‘rtacha darajali qoniqarli javob.

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga ega (quyida keltirilgan), lekin javob berishda va ko‘nikma bajarishda xatolarga yo‘l qo‘yadi (ayrim hatoliklar)



66-70,9


Yuqori darajali qoniqarli javob.

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega:

  • Simptomatik arterial gipertoniyaning kelib chiqish mexanizmini biladi.

  • Simptomatik arterial gipertoniyaning har xil variantlari bilan sub’ektiv, ob’ektiv va laborator-instrumental tekshiruvlar natijasi bilan taqqosiy tashxislay oladi.

  • SAG ning havf omillarini biladi

  • SAG ni davolashda dori vositalar guruxini biladi.

  • Qabul vaqtida SAG li bemorlardan ratsional anamnez yiga oladi.

  • Qabul vaqtida SAG li bemorlarni ob’ektiv baholay oladi

  • Laborator- instrumental usullar natijasini interpretatsiya qila oladi - giperxolesterinemiya, leykotsitoz, KFK va EChT ko‘tarilganini izohlay oladi..

Yuqori darajali bilim

Yaxshi
71-85,9%


71-75,9

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega ( «66-70,9» ko‘rsatilgan punktlar) + va quyidagi bilim va ko‘nikmalarni bajara oladi:

  • EKG ni olish texnikasini ko‘rsata oladi

  • QVP va OP sharoitida SAG bor bemorlarda rejali ratsional tekshiruvlarni rejalashtirish qobiliyatiga ega.

  • Bemor kundaligini to‘g‘ri to‘ldiradi.

76-80

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega (yuqoriga qarang) +«71-75,9» punktlarda keltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega, shuningdek quyidagi bilim va ko‘nikmani egallagan :

  • Dori vositalarining ta’sir mexanizmini biladi

  • SAG ni davolashda dori vositalarini ratsional tanlashni biladi.

  • SAG patogenezini biladi.

  • SAG profilaktikasida birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikalarni biladi.

81-85,9

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega, (yuqoriga qarang) +«71-75,9» i «76-80» punktlarda keltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega, shuningdek quyidagi bilim va ko‘nikmani egallagan :

  • Maslahat berishda ShAM ko‘nikmalaridan foydalanib, nomedikamendoz va medikamentoz davolash savollari bo‘yicha maslahatlar bera oladi.

  • QVP va OP sharoitida SAG bor bemorlarni dispanserizatsiya va reabilitatsiya tamoyillari.


A’lo

86-100%

86-90

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega, (yuqoriga qarang) +«81-85,9» punktlarda keltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega, shuningdek quyidagi bilim va ko‘nikmani egallagan

  • Internet ma’lumotlariga asoslanib, Simptomatik arterial gipertenziya bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar berish.


91-95


Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega, (yuqoriga qarang) +«861-90» punktlarda keltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega, shuningdek quyidagi bilim va ko‘nikmani egallagan

  • QVP va OP sharoitida monitoring o‘tkaza oladi.

96-100

Talaba boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasiga to‘liq ega, (yuqoriga qarang) +«91-95» punktlarda keltirilgan bilim va ko‘nikmalarga ega, shuningdek quyidagi bilim va ko‘nikmani egallagan

  • Adabiyotlardan foydalanib ilmiy asoslangan ma’lumotlar (maqola va internet)


Izoh: Boshlang‘ich bilim va ko‘nikma darajasi - bu talaba uchun minimum bilim bo‘lib, talabaning «havfsizlik» tamoyillarini ta’minlaydi.
7. Nazorat savollari.

  1. Arterial gipertoniyaning taqqosiy tashxisi.

  2. Gipertonik kasallik va sklerotik AG ni tashxislash.

  3. GK va sklerotik AG ning taqqosiy tashxisi

  4. Arterial gipertoniyada UASh taktikasi.

  5. GK va sklerotik AG si bor bemorlarni olib borish taktikasii va dispanserizatsiyasi.

  6. GK va sklerotik AG si bor bemorlarni ambulator davolash.

  7. GK va sklerotik AG si bor bemorlarni ishga layoqatligini aniqlash.

  8. Diuretiklarning ta’sir mexanizmi.

  9. V-blokatorlarning ta’sir mexanizmi.

  10. APF ingibitorining ta’sir mexanizmi.

  11. Kalsiy antagonistlarining ta’sir mexanizmi.

  12. Arterial gipertoniyasi bor bemorlar dispanserizatsiyasi.

  13. Arterial gipertoniyaning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi.



8. Tavsiya etilgan adabiyotlar

Asosiy

  1. Ichki kasalliklar, Sharapov U.F. T: Ibn Sino, 2003

  2. Ichki kasalliklar, Bobojanov S. T: Yangi asr avlod, 2008

  3. Vnutrennie bolezni, tom 1 Muxin N.A. M.: GEOTAR - Media,2009

  4. Textbook of Internal Medicine Editor-in-Chief William N. Kelley 1997

Qo‘shimcha

  • Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar tuplami , Gadaev A.G., T., 2012

  • Spravochnik vracha obщey praktiki. Dj.Myorta. M.: Praktika, 1998.

  • Umumiy amaliyot vrachlar uchun amaliy kunikmalar tuplami Gadaev A.G., Axmedov X.S., 2010. T.

  • Terapevticheskiy spravochnik Vashingtonskogo Pod red. M.Vudli M.: Praktika, 2000.

  • Umumiy amaliyot shifokori uchun kullanma F.G.Nazirov, A.G.Gadaev taxr. M.: GEOTAR-Media, 2007.

  • Lechenie bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N.2005.

  • Differensialnыy diagnoz vnutrennix bolezney. Vinogradov A.V. M.: Meditsinskoe informatsionnoe agenstvo, 2009.

  • Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (1t) Pod red. Martыnova i dr. M.: GEOTAR - Media, 2005:

  • Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (2 t.) Pod red. Martыnova i dr. M.: GEOTAR - Media, 2005:

Internet resursы:

http://www.lib.uiowa.edu/hardin/md/index.html,http://dir.rusmedserv.c,http://www.medlinks.ru/,

Meditsinskie saytы:

Med.-site.narod.ru

www.medlook.ru

www.medbok.ru

www.medicum.ru
Amaliy mashg‘ulotlar № 8

Mavzu: «Bosh og‘rig‘i. Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘in sharoitida arterial gipertenziyaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasining zamonaviy tamoyillari. QVP va OP sharoitida dispanser kuzatuvi, nazorati va reabilitatsiya ishlarini olib borish tamoyillari. Mavzuni o‘qitish tamoyillari»


Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə