«tasdiqlayman»



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə15/17
tarix17.09.2017
ölçüsü1,7 Mb.
#45
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

O‘qitish texnologiyasi.

O‘quv vaqti: 6,4 soat

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

  1. Oilaviy poliklinika.

  2. O‘quv tematik xona.

  3. EKG xonasi

  4. UASh xonasi.

  5. O‘quv qo‘llanmalar, fantomlar, mulyajlar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalr va testlar to‘plami

  6. Televizor, video apparatura, multimedia

O‘quv mashg‘ulot maqsadi:

UASh ni Gipertonik kasallik va sklerotik arterial gipertenziyani zamonaviy tashxislash va taqqosiy tashxislashga o‘rgatish, shuningdek sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini sharoitida bemorlarni olib borishda UASh ning malakaviy tavsifnoma tamoyillari



Pedagogik vazifalar:

1.Arterial gipertoniyaning xar xil variantlar savollarini ko‘rib chiqish

2.Gipertonik kasallikgini tashxislash savollarini ko‘rib chiqishni

3.Sklerotik AG tashxislash savollarini ko‘rib chiqishni

4.AG gabuyurilgan ambulator davoni va umumiy amaliyot vrachi taktikasini taxlil qilish

5.Gipertonik kasallik va sklerotik arterial gipertenziyasi bor bemorlarni ko‘rsatish



O‘quv faoliyati natijasi:

Talaba bilishi kerak:

1.Arterial gipertoniya paydo bo‘lish mexanizmi.

2.Gipertenzion sindrom klinik belgilari.

3.Gipertonik kasallik taqqosiy tashxislash.

4.Gipertonik kasalligi bor bemorlarni shifoxonaga ko‘rsatma.

5. AG va Gipertonik kasallikni davolashda ishlatiladigan medikamentoz dori vositalari.

6.Gipertonik kasallik va sklerotik AG bor bemorlarga ambulator davo.

7.Gipertonik kasalligi bor bemorlarni dispanserizatsiyasi.

8.Gipertonik kasallikning birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktikasi.

9.Gipertonik kasalligi bor bemorlarni ishga layoqatligini aniqlash.



Talaba bajara olishi kerak:

  • Gipertonik kasallik va va sklerotik AG si bor bemorlar shikoyati va anamnezini taxlil qila olishi.

  • Xar xil variantli arterial gipertenziya shuningdek gipertonik kasallik va sklerotik AG ni EKG va klinik belgilari bilan tashxislash va taqqosiy tashxislash.

  • Arterial gipertenziya bilan kechuvchi, shuningdek gipertonik kasallik va sklerotik AG kasalligida medikamentoz davoni to‘g‘ri tanlash.

  • Gipertonik kasallikda to‘g‘ri taktikani tanlash.

O‘qitish usullari

“ Stol o‘rtasida ruchka ”, grafikali organayzer – konseptual jadval, demonstratsiya, video ko‘rish, diskussiya, suhbat, vaziyatli masalalar va testlarni yechish usullari.

O‘quv faoliyatini tashkillashtirish shakllari

Individual ishlash, kichik guruhlarda, kollektivli, auditorli, auditorlidan tashqari ishlash.

O‘qitish manbalari

Tarqatma o‘quv materiallari, vizual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, tibbiy xaritalar komplekti, jadvallar, stendlar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv materiallar, bemorlar EKG si.

Qayta aloqa usullari va manbalari

Blis-so‘rovlar, testdan o‘tkazish, o‘quv topshiriqlarni bajarilgan natijalarini prezentatsiyasi, tibbiy xarita to‘ldirilishi, amalaiy ko‘nikmalarni «professional darajada» bajarilishi.



Mashg‘ulotning texnologik haritasi

Mavzu: «Bosh og‘rig‘i. Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘in sharoitida arterial gipertenziyaning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasining zamonaviy tamoyillari. QVP va OP sharoitida dispanser kuzatuvi, nazorati va reabilitatsiya ishlarini olib borish tamoyillari. Mavzuni o‘qitish tamoyillari»




Amaliy dars bosqichlari

Dars shakli
O‘tkazilish joyi

Dars davomiyligi

225

1

Kirish qismi (mavzuni asoslash)




10

2

Mavzuni yangi pedagogik interfaol uslublarni qo‘llagan holda muhokama qilish (usul «ari ini»), hamda demonstratsion materiallarni taqdim qilish (tibbiy xaritalar komplektlari, plakatlar, rentgenogrammalar), boshlang‘ich bilim darajasini aniqlash.

So‘rov, muxokama

Dars xonasi, UASh xonasi

40

3

Muxokama natijasini chiqazish




10

4

Amaliy qismni amalga oshirish uchun vazifa aniqlash- mutaxassis so‘rovi.

Tibbiy xaritalarni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar va maslahatlarni tushuntirish.



Muxokama
UASh xonasi

20

5

Amaliy qismni o‘qituvchi nazorati ostida o‘zlashtirish.

Mutaxx. So‘rovi. Bemorlar bilan muloqot va tibbiy xaritalarni to‘ldirish, muammoli masalalar.

Bemorlarni poliklinikada qabul qilish, uyga chaqiriq vaqtida bemorlarni ko‘rigi.

20

6

Bemor haqidagi axborotlar interpretatsiyasi: shikoyatlar, ko‘rik, perkussiya, auskultatsiya, hamda UQT, UST va biokimyoviy tahlillar va tashhisni shakllantirish.

Kasallik tarixi, laborator taxlillar, muammoli masalalar.


25

7

Talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini muhokama qilish, materialni o‘zlashtirish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichini baholash.

Og‘zaki so‘rov, testlar, muxokama, amaliy ko‘nikmalarni aniqlash.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi

75

8

Amaliy dars mavzusi bo‘yicha xulosa qilish, 100 balli tizimda baho qo‘yish va bahoni e’lon qilish. Keyingi darsni uy vazifasi sifatida berish(savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil ish uchun savollar.

Poliklinikadagi o‘quv xonasi

25



  1. Motivatsiya

Gipertonik kasallikda profilaktika chora tadbirlari o‘takazish muhim ahamiyatga ega. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, gipertonik kasallik, ko‘p davlatlarda keng tarqalgan yurak qon tomir kasalliklaridan biridir. Gipertonik kasalligi bor bemorlar miya, yurak, buyrak arteriyalarining aterosklerozining paydo bo‘lishiga moyildir. Bu esa o‘z navbatida bemorlarga tizimli profilaktika chora tadbirlarini olib borishda, shaxsiy va ijtimoiy profilaktika ishlari va ularni o‘z vaqtida davolanishiga qaratilgan. Epidemiologik tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, xar bir uchunchi bemorda gipertonik kasallik yashirin kechadi. Gipertonik kasallik o‘ta jiddiy e’tibor talab qiladigan, asosan inson yetuk davrida jamiyatga foydasi tegadigan vaqtda faoliyatining pasayishi kuzatilib, ya’ni, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Undan tashqari gipertonik kasalligi sog‘lom avlod va uzoq-umr ko‘rishga pan beradi.
3. Fanlararo va fan ichi bog‘liqligi

Gipertonik kasalligi bo‘yicha talabalarni o‘qitish anatomiya, fiziologiya, patologik fiziologiya, patologik anatomiya, mikrobiologiya, bioximiya, terapiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, klinik farmakologiya fanlariga asoslangan. Talaba mashg‘ulotda olgan bilimini UASh ga, ichki kasalliklar va boshqa klinik nazoratlarda qo‘llaydi.



4. O‘qish mazmuni

4.1. Nazariy qism

Arterial gipertoniya bilan ko‘plab bemorlar tibbiy yordam olish uchun UASh ga murojaat qilishadi. Yurak qon-tomir kasalliklari ichida gipertonik kasallik (GK) yuqori o‘rinlarni egallaydi, shuning uchun o‘lim ko‘rsatkichining asosiy sabablaridan biridir. Aholining 60 yoshdan katta yoshdagilarida simptomatik sklerotik arterial gipertenziya rivojlanadi. AG si bor bemorlarni davolashda optimal sxema tanlash juda qiyin, ya’ni dorining har-xil kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlari juda sezilarli kuzatilishida, aniq klinik vaziyatlarda qo‘llashga qiyinchilik keltiradi. UASh ning say harakatlari bilan arterial gipertoniyaga to‘g‘ri dorilarni tanlashdan iborat bo‘lmasdan, balkim to‘g‘ri davolash ishlari olib borishdan va QVP yoki ShVP sharoitida arterial gipertoniyasi bor bemorlarni aniqlash, davolash va kerak bo‘lsa shifohonaga yuborishdan iborat. Bu keng tarqalgan patologiyani yo‘qotishda UASh ning chuqur, zavmonaviy bilimiga suyanishi va natijada davo samarasini va bemor hayot tarzi sifatini yaxshilanishiga olib keladi. Bunday dolzarb muammolar mavzusi UASh tayyorlash dasturlariga kiritilgan.

Kasallikning nazariy qismida quyidagilar ko‘rib chiqiladi:

Gipertonik kasallik profilaktikasi.

Arterial gipertenziya (AG) – bu turg‘un arterial bosimning oshishi sindromi bo‘lib, bunda sistolik bosim 140 mm.sm.us v. St dan, diastolik bosim esa 90 mm.sm.us. Rt. St. dan oshmaydi.

Gipertonik kasallik (essensial arterial gipertenziya) – bu AG ning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, sabablarga bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Keng tarqalgan noinfeksion kasalliklar fonida, AG ni erta tashxislash, proiflaktika qilish va davolash, kasallikni og‘ir kechishiga, bemor hayot davomiyligini qisqarishiga, nogironlik rivojlanishiga va bemor hayot tarzi sifatini yomonlashishiga olib keladi. AG kasalligiga jiddiy qarash va e’tibor berila boshladi. 95% arterial bosim bilan yuradigan bemorlar birlamchi (essensial) AG (BJSST) va 5% ikkilamchi (simptomatik) AG kiradi. Yangi AG tarifi va tasnifi AB oshishi darajasi, patologik jarayonga nishon a’zolarini shikastlanish darajasiga qarab orientatsiya qilinadi. AG asta-sekin rivojlanmaydi, bu kasallik bosqichma-bosqich kechadi, natijada AB oshishi absolyut orientir bo‘lib hisoblanadi. Yurak qon tomir kasalliklar rivojlanishda, 10 yillar davomida havf omillarini aniqlash uchun qadamma-qadam AG uchun havf omillar «stratifikatsiya» tushunchasi kiritildi. Bu tushuncha va konsensus AG bo‘yicha bizning tushunchamizni kengaytirdi.



Gipertonik kasallik profilaktikasi

Birlamchi profilaktika.

Birlamchi profilaktika o‘z ichiga, havf omillarini bartaraf qilish, AB oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasallikni kamayishiga va GK tarqalishiga qaratilgan chora tadbirlar.

-Ortiqcha tana vaznli bemor (TVI > 25,0 kg/m) tana vaznni kamaytirish shart. TVI quyidagi formula bilan aniqlanadi: tana vazni (kg)/bo‘yi (m). Tana vaznini quyidagi TVI yetgungacha kamaytirish kerak. TVI = 20-25kg/m.

-Osh tuzini kuniga 5-6 grammgacha kamaytirish lozim. Osh tuzining 5-6 grammi, taxminan choy qoshik hajmida bo‘ladi. Shuning uchun ovqat tayyorlayotganda va tayyor bo‘lganda osh tuzidan foydalanmaslik tavsiya etiladi.



-Regulyar jismoniy mashqlar bilan jismoniy faollikni oshirish shart. Masalan: toza havoda 30-45 daqiqa haftasiga 3-4 marta piyoda yurish.

Mashqlarni bajarganda zo‘riqishlar me’yor darajasida bo‘lishi kerak va bemordan unchalik katta zo‘riqish talab qilmasligi kerak. Yuqoriga ko‘tarilib chiquvchi mashqlar bajarishdan saqlanish kerak.



-Alkogol iste’mol qiluvchi bemorlarga, kunlik alkogol miqdorini etanol spirtiga nisbatan 20-30 grammgacha erkaklarga, ayollarga esa 10-20 grammgacha chegaralash lozim. Bu sutkalik 60-90 ml aroq yoki erkaklar uchun 240-360 ml vino va ayollar uchun 360 ml aroq yoki 120-240 ml vino. Agarda butunlay alkogoldan voz kechilsa eng samarali holat yuzaga keladi.

- Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishni ko‘paytirish lozim, to‘yingan yog‘ kislotali oziq-ovqatlarni iloji boricha kamaytirish lozim.

Ko‘proq jismoniy madaniyatga asosiy e’tibor berishni talab qiladi. Bu holat o‘z navbatida bemordagi gipertonik kasallidagi asab-qon tomir apparatini himoyalaydi, ya’ni asab tizimiga bog‘liq bo‘lgan holatlarni – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshdagi shovqin va og‘irlik, uqusizlik, umumiy holsizlik kuzatiladi.

Mashqlar oddiy, ritmik va shoshmasdan bajarilishi kerak. Shuning uchun ertalabki gigenik mashqlarlarni regulyar bajarilishi va doimiy piyoda sayir qilishi talab qilinadi, asosan 1 soatdan ko‘proq kechki uyqudan oldin.
Sog‘lom yurak” ning zamonaviy yevropa ko‘rsatkichlari

0 3 5 140 5 3 0

0 - chekmaydi

3 – 3 daqiqa piyoda yurish., yoki 3 km/kuniga, yoki 30 daqiqa yengil jismoniy mashqlar

5 – kuniga 5 porsiya meva va sabzavot iste’mol qilish (kamida 400 gr/kuniga)

140 – SAB 140mm.sm.us. past ko‘rsatkich

5 – qondagi UX 5 mmol/ldan past bo‘lishi

3 – XSLPPZ 3 mmol/ldan past bo‘lishi

0 – ortiqcha vaznni bo‘lmasligi.



Ikkilamchi profilaktika.

Profilaktikaning bu turi, kasallikni erta davrida ya’ni, kasallikni davolash va asosiy simptomlari kuzatilmasdan, kasallik asoratlari yuzaga kelmasdan oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar. Bunday chora tadbirlarni amalga oshirish uchun AB ko‘tarilib turadigan bemorlarni aholi ichida SKRINING o‘tkazish yo‘li orqali aniqlanadi.






Baholash

A’lo

O‘rtacha

Qoniqarli

Qoniqarsiz

Yomon




O‘zlashtirish %

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% va past

1

Nazariy qism

20-17,2

Ball

17-14,2 ball

14-11 ball

10,8-7,4 ball

7,2 ball

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə