Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-ma\'ruza — копия

1.1. KIRISH

Zamonaviy temir yo‘l transporti ishida uchastkadagi poyezdlarning harakatini shiddatkorona oshirishni avtomatika va telemexanika qurilmalarini qo‘llanmasdan tasavvur qilish, ya’ni, tashish va yo‘lning o‘tkazish qobiliyatini oshirish bilan birga, harakatlanuvchi poyezdlarning xavfsizlik darajasini ko‘tarish, xizmatchi xodimlar mehnatiga qulaylik yaratish hamda ishlab chiqarishning unumdorligini oshirish mumkin emas.


Harakatni tashkil etuvchi va boshqaruvchi zamonaviy xodim avtomatika tizimi, uning imkoniyatini, ishlash tamoyillarini, ekspluatatsiya xususiyatlarini bilishi zarur. Poyezdlar harakatini boshqarish uchun, harakat xavfsiz, iqtisodli va samarali bo‘lishini ta’minlaydigan, texnik vositalarni ishlatishni bilishi kerak.
Temir yo‘l paydo bo‘lishi bilan birgalikda poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash zaruriyati ham paydo bo‘ldi. Dastlab poyezdlarning harakat jadvaliga qa’tiy rioya etish va tezligini chegaralashga o‘tdilar. Keyinchalik poyezdlar haraka-tini tartibga solish telegraf va telefon aloqalari orqali amalga oshirildi.
Harakatlanayotgan poyezdga har xil topshiriq va buyruqlar o‘tkazish ehtiyoji, temir yo‘llarda ilk bor boshqarish qurilmalar sifatida maxsus signallar ishlatilishning asosi bo‘ldi. Boshidan oddiy signal qurilmalari sifatida semafor qo‘llanildi, keyin-chalik svetofor joriy qilindi, qaysiki temir yo‘lda asosiy signal bo‘lib qoldi.
Transport, signallashtirish va signal asboblari rivojlanishi bilan birgalikda, strelka va signallar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni hisobga olgan xolda, bir joydan boshqarish uchun qurilmalar tuzildi. Bunday qurilmalar strelka va signallarni markazlashtirish qurilmalari deyiladi. Dastlab paydo bo‘lgan mexanik markazlash-tirgich borgan sari oshib borayotgan tashish hajmini ta’minlay olmadi va shuning uchun releli apparaturasida qurilgan birmuncha samarali va mukammal bo‘lgan elektr markazlashtirgichga almashtirildi.
Yo‘l uchastkasining bir joyidan (punktdan) poyezdlar harakatini boshqarish uchun dispetcherli markazlashtirish tuzildi. Bunday boshqarish bir yo‘llik liniyalarda ayniqsa samarali, chunki ikkinchi yo‘l qurilmasa ham uchastka o‘tkazish qobiliyati ko‘rinarli oshib boradi.
Hozirgi vaqtda 300 km gacha va undan ortiq masofali uchastkalarda harakat-lanayotgan poyezdlarni boshqarishga, juda ishonchli va tez ishlaydigan temir yo‘l dispetcherlik markazlashtirgich tizimi imkon beradi.
Temir yo‘l uchastkalarida o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun stansiya va oraliq yo‘llardagi (peregondagi) poyezdlar harakatini boshqarish uchun avtomatik tizimlar kerak bo‘ladi, shuning uchun markazlashtirgich tizimlari bilan bir vaqtda band bo‘lgan peregondagi uchastkani qayd qilishni va to‘sishini ta’minlash va shu bilan poyezd harakati xavfsizligini ta’minlaydigan yo‘l blokirovkasi tizimini shakl-lantirdi.
Oddiy blokirovka tizimlariga elektr jezlli va yo‘l yarim avtomatik blokirovka talluqli. Lekin bu tizimlar peregon o‘tkazish qobiliyatini sezilarli darajada oshirishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda shiddatli harakat bo‘lgan uchastka-larda faqat avtoto‘xtatgich bilan avtomatik lokomotivli signalizatsiya qo‘shimcha qurilmasi bo‘lgan avtomatik blokirovka qo‘llanmoqda.
Bu qurilmalarning keng qamrovli rivojlanishi 60-yillardan boshlandi. Stan-siyalardagi elektr markazlashtirgich va peregonlardagi avtomatik blokirovka qurilishi shiddatli olib borildi.
Avtomatik lokomotivli signalizatsiya keng joriy qilindi. Mexanizatsiya va saralash tepachasi avtomatlashtirilishi keng yoyildi. Hozirgi vaqtda dispetcherlik markazlash va respublika barcha temir yo‘llaridagi poyezdlar harakatini dispetcherlik boshqaruv tizimlari keng qamrovda tashkil etilgan. Yaqin kelajakda temir yo‘l avto-matika va telemexanika qurilmalarini mikroprotsessor va mikroelektron element bazalari asosida qo‘llanishi va joriy etilishi nazarda tutilgan.




    1. Yüklə 0,79 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə