Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari


-rasm. YoKI mantiqiy elementni sxemasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-ma\'ruza — копия

1.6-rasm. YoKI mantiqiy elementni sxemasi

YoKI mantiqiy funksiyani amalga oshiradi. Chiqishda manfiy y potensial bo‘lganida, ya’ni qachonki K1 yoki K2 knopka bosilgan, ya’ni x1 yoki x2 kirishlardan birida manfiy potensial paydo bo‘lsa, faqat shundagina chiqishda manfiy u potensial paydo bo‘ladi


y = f(x) funksional bog‘lanishni xususiyatiga qarab, uzluksiz va diskret ishlaydigan elementlarni ajratishadi. Uzluksiz ishlaydigan elementlarda kirish x signali uzluksiz o‘zgarganda, chiqish y signali uzluksiz o‘zgaradi (1.7, a-rasm).
A yrim elementlar gisterezislik xossasiga, yani x kattartirib-kichraytir-ganda, y qiymati bir xil bo‘lmaydi (1.7, b-rasm). Diskret (uzlukli) ishlaydigan element-larda, x uzluksiz o‘zgarganda, chiqish y signalini sakrab o‘zgarishi kutiladi (1.7, d-rasm). Bunda x ning ma’lum uzluksiz o‘zgarish chegaralarida, y ni o‘zgarmas (yoki deyarli o‘zgarmas) qiymati mos keladi.

1.7-rasm. Funksional bog‘lanishlar

Shunday qilib, elementlarning holatlar to‘plami diskret bo‘lsa, uni ko‘p turg‘unli deb atashadi. Ikki turg‘un holatga ega elementlar, eng ko‘p tarqalgan-dir. 1.7, e-rasmdagi y = f(x) bog‘lanishlik, gisterezis xossasiga ega va u releli ta’sir deb ataladi. Bu bog‘lanishlikni xususiy xolatiga bo‘lib, xotiraga ega bog‘lanishlik (1.7, f-rasm) bo‘lib, u xam releli tavsif xisoblanadi. Bu xolatda, kirish signali olib tashlanganda (x = 0), element o‘zining avvalgi holatini eslab qoladi


ABT tuzilmasida (1.2-rasmga qarang) bajaradigan vazifasiga qarab, elementlar boshlang‘ich yoki dastlabki (o‘lchagich), oraliq (boshqaruvchi) hamda so‘nggi (ijrochi) elementlarga bo‘linishadi. Avtomatik tizimni kirishida joylashgan o‘lchagich elementlar, axborotga dastlabki ishlov beradigan va o‘lchovchi qurilmalarni (1 va 7 to‘plamlar) qurishida qo‘llaniladigan element-larning ko‘pchiligini tashkil etadi. Bular qatoriga tashqi va ichki qo‘rsatkichlar o‘zgarishidan tasirlanadigan turli datchiklar kiradi. Masalan, temir yo‘l avtoma-tikasida ishlatiladigan harakatlanuvchi tizmadan yo‘l bo‘lagi bo‘sh ekanligi datchiklari, svetofor chiroqlarini ishga yaroqligi, strelkalar holati va sh.o‘. larni nazorat qiladigan datchiklarni ko‘rsatish mumkin.
ABT ning ko‘pchilik elementlarini, boshqaruvchi elementlar tashkil etadi. Ular, o‘lchagich elementlardan signallar olib, ushbu tizimning ishlash algorit-mini amalga oshirishadi. Boshqaruvchi elementlar signallarni kuchaytirishadi va o‘zgartirishadi, xotirada saqlashadi, mantiqiy bog‘lanishlar va hisoblashlarni bajarib, ijrochi elementlarga tasir o‘tkazishadi. Ulardan dasturiy qurilma, boshqaruv buyruqlarini shakllantiradigan va kuchaytirib o‘zgartiradigan quril-malar (2, 3 va 4 to‘plamlar) yaratiladi.
ABT tuzilmasida 5 to‘plamni tashkil etadigan ijrochi elementlar boshqa-riladigan obektlarga tasir o‘tkazishadi. Bularga elektr, pnevmatik va gidravlik yuritmalar, turli klapanlar, elektromagnit mexanizmlar va boshqalar kiradi.
Bir xil funksiyani bajaradigan avtomatika elementlari turli xil energiya ishlatadigan qilib bajarilgan bo‘lishi mumkin. Elektrik elementlar elektr mag-nitli, elektr dinamikli, elektronli, yarim o‘tkazgichli, magnitli va sh.o‘. lar amali-yotda eng ko‘p ishlatiladi. Amaliyotda, shuningdek, gidravlik, pnevmatik, akus-tik (tovushli), optik va issiqlik elementlar ham ishlatiladi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə