Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari


-rasm. Avtomatik boshqarish tizimining tuzilmaviy sxemasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-ma\'ruza — копия

1.2-rasm. Avtomatik boshqarish tizimining tuzilmaviy sxemasi

Boshqaruvchi obekt bo‘lib oraliq stansiyadagi strelka va signallar hisoblanib, ularni boshqarish uchun har bir stansiya elektr markazlashtirish (EM) tizimi bilan jihozlanadi. Barcha stansiyalarning elektr markazlashtirish tizimlari, dispetcherlik markazlashtirish (DM) tizimi yordamida, yirik uchastka stansiyasida joylashgan dispetcherlik punkti (DP) bilan bog‘langan. DM esa o‘tkazuvchi qurilma (O‘Q) orqali kompyuter bilan bog‘langan. Bu aloqalar ikki tomonlama bo‘lib, boshqaruv va nazorat kanallariga egadir.


Nazorat kanali bo‘ylab dispetcherlik uchastkada poyezdlar xolati xaqidagi axborot uzluksiz kompyuterga kelib turadi. Bu axborot asosida va rejalash-tirilgan harakat grafiga mos kompyuter ko‘p sonli variantlarni solishtirib poyezdlar harakatini rostlash bo‘yicha optimal (maqbul) qaror qabul etadi
Bu qarorlar boshqarish kanali bo‘ylab O‘Q va DM orqali EM beriladi va u erda bajariladi.
Shunday qilib, kompyuter boshqarish buyruqlarini shakllantiruvchi qurilma, boshqarish kanali bo‘yicha esa O‘Q va DM kuchaytiruvchi-o‘zgartiruvchi qurilmalar, EM – ijrochi qurilma, nazorat kanali bo‘ylab – DM va O‘Q o‘lchagich va axborotga dastlabki ishlov beradigan qurilmalar bo‘lib xizmat qiladi. Poyezdlarning harakat grafigini, ishlash algoritmi belgilaydi.




1.3-rasm. «Avtodispetcher» ning tuzilmaviy sxemasi

Telemexanika – bu masofaga maxsus kodlangan signallarni yuborish orqali, obektlarni boshqarish haqidagi texnik fanlarning bir sohasidir. Telemexanik tizim (1.4-rasm) boshqarish va nazorat organlariga (BNO), boshqariladigan obektlarga (BO), shuningdek, boshqariladigan obektlarni boshqarish va nazorat qilinishini hamda katta miqdordagi axborotning aloqa liniyasidan uzatilishini taminlaydigan kodlaydigan (KQ) va dekodlaydigan (DQ) qurilmalarga ega. Ko‘pincha telemexanika tizimi ABT ni tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Avtodispetcher» tizi-mida, telemexanika tizimi bu dispetcherlik markazlashtirishni o‘zidir.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə