Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari


-rasm. Telemexanika tizimining tuzilmaviy sxemasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə5/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-ma\'ruza — копия

1.4-rasm. Telemexanika tizimining tuzilmaviy sxemasi

Ma’lumotlar va nutq signallarini uzatish bo‘yicha aloqa tizimi ham, xuddi shunga o‘xshash tuzilmaga (1.5-rasm) ega. Ulardagi uzatuvchi (UzQ) va qabul etuvchi (QeQ) qurilmalari, A abonentga keladigan signallarni modulyasiya va demodu-lyasiya qilish, shuningdek, aloqa kanallarini ajratishlik masalalarini yechishadi.





1.5-rasm. Aloqa tizimining tuzilmaviy sxemasi


Har qanday avtomatika, telemexanika va aloqa tizimi, ayrim elementlardan tashkil etilgan. Tizimni xususiyatlari, uning ishonchligi va ishlash qobiliyati, tuzilish prinsipi va xizmat qilish uslublari, uning tuzilmasiga, yani elementlarning xossalariga bog‘liqdir. Shu sababli, avtomatika, telemexanika va aloqaning nazariy asoslarini, bu tizimlar qurilgan elementlarni o‘rganishdan boshlash kerak bo‘ladi.

1.3. AVTOMATIKA ELEMENTINING
TAVSIFLANISHI
Avtomatika elementi deb, kirish x signalini chiqish u signaliga aylantirib beradigan eng oddiy avtomatik moslamaga aytiladi.
Kirish va chiqish bir nechta bo‘lishlari mumkin. Signallarni o‘zgartirish miqdoriy (sonli), sifatli yoki axborotli bo‘lishligi mumkin. Miqdoran o‘zgar-tirishda, x va y signallar bir xil o‘lchamga ega, ammo qo‘rsatkichlari (amplitu-da, chastota, faza va sh.o‘. lari) bo‘yicha farq qilishadi. Miqdoran o‘zgartirgich elementlarga – kuchaytirgichlar, transformatorlar, stabilizatorlar va boshqaar kiradi. Sifatni o‘zgarishda, x va y signallarni turi o‘zgartiriladi va ana shu sa-babli, ular har xil o‘lchamga ega bo‘lishadi. Bunday o‘zgartirishni datchiklar, dvigatellar, generatorlar va boshqalar bajarishadi.
Axborotli o‘zgartirish – element kirishlaridagi holat haqidagi qandaydir axborot (malumot), uni chiqishida aks etganida (namoyon bo‘lgan) yuzaga keladi. Bunday o‘zgartirishni mantiqiy elementlar bajarishadi. Ikkita diod va rezistorda bajarilgin element (1.6-rasm),.






Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə