Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə7/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1-ma\'ruza — копия

1.4. AVTOMATIKA ELEMENTLARNING
TAVSIFLANISHI
Elementlarning tavsiflari. Avtomatikaning barcha elementlari ishlash prinsipiga, tuzilmasiga va fizikaviy jarayonlarning tabiatidan qatiy nazar, bir-biri bilan taqqoslashga imkon beradigan umumiy tavsiflarga egalar. Bunday tavsiflarga, masalan, mutloq xatolarni ko‘rsatish mumkin.
Mutloq xato deb, chiqishdagi ut xato bilan, uning xisoblab topilgan ux qiymatlari orasidagi ayirma, yani u = ut - ux tushiniladi. Mutloq xato, chiqish miqdorini o‘lchamiga ega bo‘ladi. Nisbiy xato deb, absolyut xatoni chiqish miqdorining hisoblab topilgan qiymatiga bo‘lgan nisbat, ya’ni  = u/ux100% tushuniladi. Nisbiy xato o‘lchamsiz miqdor bo‘lib, turli elementlarning ishlash aniqligini taqqoslash uchun qulaydir.
Elementlarning umumiy tavsifi bo‘lib, ularni sezgirligi k (uzatish koeffi-tsienti) hisoblanadi. Statik ish rejimida bu koeffitsient, u chiqish miqdorini kirish miqdoriga k = u/x bo‘lgan nisbati bilan topiladi. Dinamik rejimda u (differensial sezgirlik), chiqish va kirish miqdorlarining orttirmalarini nisbati sifatida k = u/x aniqlanadi. Aniq elementlar uchun sezgirlik, ko‘pincha, maxsus nom, masalan, kuchaytirish koeffitsienti, transformatsiya koeffitsienti va shu kabilar bilan ataladi.

1.8-rasm. Teskari bog‘lanishga
ega element

A gar element teskari bog‘lanishga (1.8-rasm) ega bo‘lsa, unda uning tavsifi bo‘lib, teskari bog‘lanishkoeffitsienti hisoblanadi; bu koeffitsient, chiqish u miq-dorining qaysi qismi ele-mentni kirishiga berilayotganini ko‘rsatadi = xTA/u. Teskari bog‘lanish, musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin.


Musbat teskari bog‘lanish, umumiy uzatish koeffitsientini kattaashtiradi. Manfiy teskari bog‘lanish kirgizilganda, umumiy uzatish koeffitsienti stabil-lashishga, yani u, asosiy elementning k koeffitsientini og‘ishlariga kamroq qaram bo‘lishlikka, erishiladi.
Barcha elementlarning muhim tavsifi bo‘lib, ularning ishonchligi, yani berilgan funksiyalarni o‘rnatilgan ishlash ko‘rsatkichlarini berilgan chegarada, mo‘ljallangan vaqt ichida saqlab ijro etishlik xossasi, hisoblanadi.
Ishonchlikni eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, nosozlik (buzilish) jadalligi hisoblanadi:



bu erdagi N(t) – vaqtni t paytida ishga layoqatli elementlarning soni; N(t+t) – vaqtni (t+t) paytida ishga layoqatli elementlarning soni; Nor(t) – t vaqtni ichida ishga layoqatli elementlarning o‘rtacha soni.
Nosozlikishlikni jadalligi bo‘yicha ishonchlikni ko‘pgina asosiy ko‘rsa-tkichlarini masalan, beshikast (nosozliketmasdan) ishlash extimolligi va nosoz-likgacha o‘rtacha ishlashlik muddatini hisoblab topish mumkin.
Avtomatika elementlarining sifatini baholashda, ularning tezkor ishlash-ligi muhim axamiyatga ega. Bunda ularning vaqt doimiysi, ulanish (ishga tushish) vaqti, uzilish (ajralish) vaqti va boshqa ko‘rsatkichlari ham ko‘rib chiqi-ladi.
Signallarni axborotli o‘zgartiradigan mantiqiy elementlarning qator umu-miy maxsus ko‘rsatkichlari: kirishlar soni va tarmoqlanish koeffitsienti bor. Kirishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, mantiqiy elementni imkoniyati shunchalik keng bo‘ladi, ammo u elementning o‘lchamlari va bahosi bilan cheklanadi. Tarmoqlanish koeffitsienti esa, ushbu elementning boshqa elementlarni bosh-qarish soni hamda yuklanishlik imkoniyati bilan belgilanadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə