Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə9/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1-ma\'ruza — копия

1.9-rasm. Qarshilik datchiklari

Induktiv datchiklarda o‘lchanadigan miqdor, induktivlikni o‘zgarishiga aylan-tiriladi. Masalan: ferromagnit material h qalinligini datchik (1.10,a-rasm) o‘lchaydi. Agar h qiymati ortib borsa, unda havo tirqishi  kichrayadi, natijada Сh сho‘lg‘amni induktivligi ortib, o‘lchagich sxema buni qayd etadi.

1.10-rasm. Qalinlikni o‘lchaydigan sxemalar

S ig‘im datchiklarda, kondensator sig‘imini plastina-lar maydoni, ular orasidagi masofa va dielektr doimiyligi orasidagi bog‘liqlikdan foydalanishadi. Sig‘imli datchiklar yordamida chiziqli va burchak siljishlari, harorat, havoni nisbiy namligi va boshqa parametrlarni o‘lchasa bo‘ladi. Xususan 1.10,b-rasmda tasvirlangan sig‘imli datchik dielek-trikdan qilingan kondensatorni A va B plastinalari orasida joylashtirilgan varaqa h qalinligini o‘lchaydi.
Infraqizil nurlanish optik datchiklari yordamida (1.11-rasm) qizigan jism harorati o‘lchanadi. U sezgir element 3 yuzasida infraqizil nurlarni qayd qiluvchi linza 2 dan, qizdi-riladigan va nur tarqatadigan jism 1 dan iborat bo‘ladi. Bu o‘lchash natijasida sezgir 3 elementning qarshiligi o‘zga-radi, hamda 4 va 5 chiqishlarida kuchlanish paydo bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash datchik (bolometr) poyezdlardagi qizib ketgan buksalarni avtomatik aniqlash apparatlarida ishlatiladi.
O raliq o‘zgartirgichga ega datchiklar. Bu datchiklar bir nechta bevosita o‘zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil etilgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo‘lib xizmat qiladi.
1.12, a-rasmda tasvirlangan datchik  burchak tezligini kondensator C sig‘imiga aylantirishga xizmat qiladi. Datchikni qabul qiluvchi jism bo‘lib markazdan qochma rostlagich hisoblanadi. U burchak tezlik ω ni P prujinani (oraliq qismi) siqish kuchi bilan taqqoslanadigan markazdan qochma kuchga aylantiradi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə