Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə11/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-ma\'ruza — копия

1.13-rasm. Relsli zanjirning sxemasi

1.14-rasm. Magnitaviy tepki
1.14-rasmda tasvirlangan magnitaviy datchik yo‘lni ma’lum nuqtasidan vagon-larning skat (g‘ildirak) lari o‘tishligini qayd etadi. Bunday datchik kontaktsiz magnitaviy tepki deb atladi, hamda DM doimiy magnitdan, Ch cho‘lg‘amdan, va NA nazoratchi apparatdan iborat bo‘ladi. Tepkini rels yaqiniga joylashti-rishadi. Tepkiga g‘ildirak yaqinlashib kelanida DM magnit apparatidagi magnit maydon para-metrlari o‘zgaradi.
Natijada Ch cho‘lg‘amda elektr yurituv-chi kuch (EYuK) hosil bo‘lib, undan tok oqa boshlaydi, buni esa NA qayd etadi.


1.6. TEMIR YO’L AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKA
TIZIMLARIDAGI DATCHIKLAR
Datchiklar yordamida ob’ektlarni aniqlash usullarining tasniflanishi. Aniqlash tizimlari turli mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Harakat tarkibini xisobga oluvchi datchiklar uchun ob’ektni aniqlash muhim mezon xisoblanadi. Bu ob’ektlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Harakat tarkibini alohida g‘ildiragi yoki g‘ildirak juftligi;

  • Harakat tarkibining kuzov birligi;

  • Harakat tarkibining boshqa passiv qismlari, masalan tramvay pantografi;

  • Harakat tarkibida o‘rnatilgan aktiv rasmiy talab etuvchi yoki javob beruvchi qurilmalar.

Bortdagi kommunikatsion qurilmalarni qo‘llovchi tizimlar, identifikatsi-yalash (aynan o‘xshatish) raqamini yoki poyezdning boshqa identifikatsiya belgilarini biluvchilarga, va tarmoq bo‘yicha poyezdlar anonim (nomini yashirib) harakat-lanuvchilarga bo‘linishi mumkin.
Ob’ektlarni aniqlash uchun texnik tarkibiy qismlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • Yo‘l datchiklari (aktiv elementlar). Ushbu kategoriyaga (toifaga) ko‘pgina aniqlash tizimlar ta’luqli;

  • Bortdagi datchiklar (aktiv elementlar). Bu kategoriyaga, masalan, sputnik yordamida poyezd turgan joyni aniqlash tizimi va poyezdning oxirgi vagonini

  • xisobga olish tizimilari ta’luqli.

Qurilmalar ta’sir etish xududlari bo‘yicha quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:

  • Nuqtali aniqlash;

  • Bir o‘lchamlik (chiziqli) aniqlash (ayrim xollarda bu qurilmalar kvazinuq-talilar kabi ishlaydi);

  • Ikki o‘lchamli (xududiy) aniqlash;

  • Uch o‘lchamlik (fazoviy) aniqlash.

a) Nuqtali ta’sir etuvchi g‘ildirak datchiklari. Nuqtali yo‘l datchiklari nafaqat yo‘lning ma’lum nuqtasidan o‘tgan poyezdni aniqlaydi, balki o‘qlarni xisoblash tizimida uchastkani bo‘shligini ham nazorat qilishga ishlatsa bo‘ladi. Ular relsli yo‘l-da harakat tarkibini harakatini yo‘naltirilganlik xususiyatini qo‘llaydi va tashqi ob’ektlarni emas balki harakat birligining g‘ildiragini aniqlaydi
b ) Mexanik datchiklar. Mexanik datchiklar azalgi qurilmalar xisoblanadi. Odat-da ularni relsning ichki yoki tashqi tomonlariga o‘rnatiladi (1.15 va 1.16-rasmlar). G‘ildirakni o‘tishi datchikning harakatlanuvchi kontaktiga ta’sir etish bilan xisobga olinadi. Jahon temir yo‘llarida, u yoki bu turdagi datchiklarni xavfsiz qurilmalar qatoriga qo‘shish mumkinligi bo‘yicha, bir fikrga ega emas.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə