Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari


-rasm. G‘ildirak o‘tganda relsni egilishi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə13/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1-ma\'ruza — копия

1.18-rasm. G‘ildirak o‘tganda relsni egilishi


Magnitli datchiklar. Uzatishda magnitli prinsipni qo‘llovchi datchiklar [Fenner /Naumann/Trinckauf, 2003], rels xududida uziluvchi va doimiy magnit orqali yuzaga keluvchi magnit elektr zanjirlagiga ega (1.19-rasm).
Magnit elektr zanjiri (konturi) g‘ildirak yo‘qligida elektr kontakti orqali magnit oqimi o‘tmaydigan qilib rostlanadi.
Datchikning elektr kontakti g‘ildirak bo‘lmagani uchun uziq xolatda. Agar elektr zanjir xududida (konturida) g‘ildirak paydo bo‘lsa, magnit oqimi o‘zgaradi va o‘zi-ning oqimi bilan elektr kontaktni ulaydi.




1.19-rasm. Magnitli datchiklarning ishlash prinsipi


Induktiv datchiklar. Zamonaviy qurilmalarda ko‘pgina g‘ildirak datchiklari elektrmagnit induksiya prinsipini qo‘llaydi. Bozor, bu texnik prinsipni qo‘llashning turli variant namunalarini ko‘pini taklif etadi.
Ko‘rib chiqilayotgan datchiklar rels atrofidagi elektr magnit maydondan foyda-lanadi. Sezgirlikni rostlash imkoniyati ularni turli xolatlar uchun qo‘llash mumkin-ligini beradi.
Doimiy elektrmagnit maydoni rejimida ishlovchi ko‘pgina datchiklar, ularning sozligini uzluksiz nazoratda bo‘lishini ta’minlaydi.
Ko‘pgina induktiv datchiklar o‘qlarni xisoblash tizimlarida, shuningdek, yo‘lning ma’lum nuqtasiga etib borgan poyezdlarni aniqlashda qo‘llansa bo‘ladi.
Thales kompaniyasining AzL datchiklari [Fenner/Naumann/ Trinckauf, 2003] relsning tashqi tomonida generator va ichki tomonida qabul qiluvchini o‘z ichiga oladi (1.19-rasm).
Generator uzluksiz magnit maydonini sodir etadi. G‘ildirakni metall massasi bilan paydo bo‘lishi magnit maydoni oqimining yo‘nalishini o‘zgartiradi. Qabul qilish cho‘lg‘amiga va magnit kuchiga ta’sir etuvchi perpendikulyar chiziqlarga urinma burchak xosil qiladi.




1.19-rasm. AzL induktiv datchigining ishlash prinsipi

Bu burchak g‘ildirakni mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq xolda musbatdan manfiyga o‘zgaradi. Shunga mos ravishda qabul qilish cho‘lg‘amida induksiyala-nuvchi kuchlanishni qutblari o‘zgaradi.


Begona metall massasi mavjud bo‘lgan nuqta, qabul qilish cho‘lg‘amidagi kuchlanishni nulga keltiruvchi, datchikdan tahminan 20 sm masofaga uzoqlash-tirilgan.
Siemens kompaniyasining ZP-43 datchigi [Siemens, 2001] relsning ikki tomo-nida o‘zaro aloqali rezonans zanjirli juftlikdan tashkil topgan (1.20-rasm).



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə