Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari to’G’risida umumiy ma’lumotlar, ularning elementlari, datchiklar va ijro mexanizmlari


AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKANING ASOSIY TUSHUNCHA VA TARIFLARI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/15
tarix20.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#98899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-ma\'ruza — копия

. AVTOMATIKA VA TELEMEXANIKANING ASOSIY TUSHUNCHA VA TARIFLARI



Avtomat grekcha so‘z bo‘lib, o‘zi harakatlanadigan ma’noni anglatadi. Avto-mat, odatda, mustaqil, o‘zi harakatlanadigan (mashina, apparat, asbob, tizim), yani berilgan topshiriq yoki insonni bevosita ishtirokisiz dastur bo‘yicha energiya, material yoki axborotni qabul qilish, o‘zgartirish, uzatish, ishga solish kabi ishlarni bajaradigan qurilmadir.
Avtomatika deb – insonni bevosita ishtirokisiz ishlaydigan texnik vosita (jara-yon) larning boshqaruv tizimlarini barpo etish nazariyasi va prinsiplarini o‘z ichiga oladigan fan va texnika soxasiga aytiladi.
Avtomatik boshqaruv deb – insonni bevosita ishtirokisiz, malum maqsad-ni amalga oshirishga yo‘naltirilgan texnik obektni boshqarishga aytiladi. Bunda insonni vazifasi avtomatik boshqarish tizim (ABT) ishlashini kuzatish, uni ishga tushirish va o‘chirishdan iborat bo‘ladi. Agar boshqarish vazifalarini inson qisman bajaradigan bo‘lsa, bunday tizimlarni avtomatlashtirilgan deb atashadi.
Avtomatik boshqarish tizimi (yoki avtomatik tizim), o‘zaro hamkor ishlay-digan boshqariladigan obektdan va avtomatik boshqarish qurilmasidan (ABQ) tashkil etiladi. Qandaydir texnik jarayonni bajaradigan qurilmaga, boshqariladigan obekt (BO) deb atashadi. Bu jarayonni to‘g‘ri bajarishlik, ishlash algoritmi deb ataladigan, ko‘rsatma (yo‘l-yo‘riq) larni to‘plami bilan aniqlanadi. BO ishlash algoritmini bajarishi uchun ABQ ga tashqaridan maxsus tashkil etilgan tasirlar bo‘lishligi kerak. Bu tasirlarning xususiyati, boshqaruv algoritmi deb ataladigan ko‘rsatmalarning to‘plami bilan belgilanadi.
ABT misol sifatida, metropolitenda foydalanadigan poyezdni avtomatik bosh-qarib borish tizimini (1.1-rasm) ko‘rsatish mumkin. Boshqariladigan obekt bo‘lib yo‘lovchi va yuklarni tashiydigan (bu texnik jarayon) poyezd hisoblanadi.




1.1-rasm. “Avtomashinist” tizimining tuzilmaviy sxemasi

Ishlash algoritmi, poyezdning harakati berilgan tezlik bilan bo‘lishligi, yo‘lni malum nuqtalarida (stansiyalarda) uning to‘xtashligi va harakat xavfsiz bo‘lishligi kabi amallarni belgilab beradi. Poyezd tashish jarayonini to‘g‘ri bajarishligi uchun uni «Avtomashinist» ABT boshqaradi.


A vtomatik boshqaruv tizimida (1.2-rasm) axborotga dastlabki ishlov beradigan 1 qurilma, tashqi muhit va ichki nazorat tasirlarini qabul etadi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə