Termiz davlat universiteti


Ongning tarkibi va funktsiyalari



Yüklə 272,99 Kb.
səhifə6/18
tarix28.02.2023
ölçüsü272,99 Kb.
#101657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Taraqqiyot strategiyasi ishchi dastur

Ongning tarkibi va funktsiyalari. Ongning tarkibiy qismlari. Onglilik, ongsizlik va ongostilik hodisalari. Ong shakllari. Ongning funktsiyalari. Yangi O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy rivojlanishida onglilik, faollik va tashabbuskorlik omillarining ahamiyati.
Bilishning dialektik jarayoni. Olamni bilish mumkinligi. Bilim va bilimsizlik. Bilishning ob’ekti va sub’ekti. Agnostitsizm va uning shakllari, ularning g’ayriilmiy mohiyati. Bilish shakllari. Hissiy bilish. Aqliy bilish. Mantiq fani va uning bilishdagi ahamiyati. Intuitsiyaning bilishdagi roli. Hissiy va aqliy bilishlarning o’zaro birligi va aloqasi. Sensualizm va ratsionalizmni tanqid.
Gnoseologiyada haqiqat masalasi. Haqiqat va yolg’on, yanglishish, xurofot va aldash. Ob’ektiv haqiqat. Mutloq haqiqat. Nisbiy haqiqat. Dogmatizm va relyativizmni tanqid.
Amaliyotning bilishdagi roli. Amaliyotning ijtimoiy xarakteri. Amaliyotning ko’rinishlari. Amaliyotning ob’ekti va sub’ekti. Amaliyotning funktsiyalari. Amaliyot – gnoseologik kategoriya. Amaliyot va nazariya birligi. Yangi O’zbekiston taraqqiyotida bilim, fan va ta’lim rolining oshib borishi.
6-mavzu. MANTIQ
Mantiqning ob’ekti, predmeti va vazifalari. “Mantiq” (logika) termini. Mantiq fani taraqqiyotining tarixiy bosqichlari, uning ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqasi. To’g’ri tafakkur qonunlari: ayniyat, nozidlik, uchinchisini istisno va yetarli asos qonunlari.
Tafakkurning mantiqiy shakllari. Tafakkurning mantiqiy tarkibi. Tafakkur va til. Tushunchaning mantiqiy tarkibi, turlari, shakllanishi. Tushuncha va so’z. Tushuncha ustida mantiqiy amallar. Hukm (mulohaza)ning mantiqiy tarkibi, turlari, hukmlar o’rtasidagi munosabatlar (mantiqiy kvadrat). Savol va javob. Xulosa chiqarishning mantiqiy tarkibi, turlari, qoidalari. Sillogizm turlari, figura va moduslari, qoidalari.
Argumentlash (dalillash)ning mantiqiy usullari va bilimlar rivojlanishining shakllari. Isbot va raddiya, ularning mantiqiy tarkibi, usullari, qoidalari. Argumentlashda uchraydigan mantiqiy xatolar. Munozara san’ati. Muammo, faraz, nazariya.

Yüklə 272,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə