Termiz davlat universiteti


O’rta asrlar davri falsafasi



Yüklə 272,99 Kb.
səhifə3/18
tarix28.02.2023
ölçüsü272,99 Kb.
#101657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Taraqqiyot strategiyasi ishchi dastur

O’rta asrlar davri falsafasi. Teotsentrizm g’oyalarining ustuvorligi. Xristianlikning davlat dini va rasmiy mafkurasiga, inkvizitsiyaning ustuvor yo’nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika, realizm, nominalizm, sxolastika oqimlari. A.Avgustin, F.Akvinskiy, V.Okkam, R.Bekonning falsafiy qarashlari. Antik falsafa va islom ilohiyotshunosligi falsafasini bog’lovchi tizim sifatida. Sharqda islom ilohiyot ilmi va falsafasi (kalom)ning paydo bo’lishi. Tasavvuf va uning oqimlari. Dunyoviy bilimlarga va antik grek falsafasi va faniga tayangan ilg’or falsafiy ta’limotlarning vujudga kelishi. Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning ilmiy va falsafiy meroslari. Ratsionalizm, panteizm, deizm, gumanizm g’oyalari.
Uyg’onish davri falsafasi. O’rta asrchilik diniy aqidaparastlik va inkvizitsiya hukmronligining tugab borishi, Uyg’onish yoki Renessans davrining boshlanishi. O’rtaasrchilik teotsentrizm g’oyalari o’rniga antropotsentrizm, umumbashariy g’oyalarning qo’yilishi. N.Kuzanskiy, N.Kopernik, J.Brunolarning falsafiy va ilmiy ta’limotlari. XIV-XV asrlar Markaziy Osiyodagi falsafiy fikr rivoji. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy qarashlari.
Yangi davr falsafasi. XVII asrdan boshlab tabiatshunoslik va texnikaning jadal rivojlanishi. Sxolastika va diniy aqidaparastlikdan tamoman uzilish. Falsafada materialistik yo’nalishning kuchayishi. F.Bekon, T.Gobbs, R.Dekart, B.Spinoza, G.V.Leybnits, J.Lokk, J.Berkli, D.Yum falsafiy ta’limotlari. G’arb ma’rifatchilik falsafasi: Volter, Russo, Volf, Didro, Golbax, Gelvetsiy, Lametri. Nemis klassik falsafasi: I.Kant, G.V.F.Gegel, L.Feyerbax. Rus revolyutsion-demokratlari falsafasi: Gertsen, Belinskiy, Chernishevskiy, Dobrolyubov. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Markaziy Osiyodagi ma’rifatparvarlik mafkurasi va falsafasi: A.Donish, Abay, Ch.Valixonov, S.Abdug’afurov, Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy. Jadidchilik: M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy.

Yüklə 272,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə