Termiz davlat universiteti



Yüklə 272,99 Kb.
səhifə4/18
tarix28.02.2023
ölçüsü272,99 Kb.
#101657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Taraqqiyot strategiyasi ishchi dastur

Eng yangi davr falsafasi. XX asr G’arb falsafasi rivojlanishining uch asosiy yo’nalishi: 1) marksistik materializm; 2) O.Kont pozitivizmi, uning uchta tarixiy shakllari: a) klassik pozitivizm (O.Kont), b) empiriokrititsizm (E.Max, R.Avenarius), v) neopozitivizm; 3) A.Shopengauer irratsionalizmi. Verifikatsiya, falsifikatsiya va konventsiya metodlari. XX asrning 60-70-yillarida neopozitivizm mavqei pasayib, uning o’rniga strukturalizm va germenevtika nazariyalarining chiqishi. Ekzistentsializm va uning ikki yo’nalishi: 1) dunyoviy – K.Xaydegger, J.P.Sartr, A.Kamyu, 2) diniy – K.Yaspers, Marsel. Neotomizm. Pragmatizm. “Lokal madaniyatlar”, “tsivilizatsiyalar xilma-xilligi” kontseptsiyalari (O.Shpengler, A.Toynbi). Stsientizm va antistsientizm yo’nalishlari. XX-XXI asrlarda O’zbekistonda falsafiy fikr rivoji.


3-mavzu. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)
Falsafa va tabiiy-ilmiy fanlarda borliq tushunchasining mohiyati, borliq va yo’qlik dialektikasi. Borliq haqidagi tarixiy kontseptsiyalar. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig’i, ijtimoiy borliq, ma’naviy borliq, inson borlig’i.
Falsafa va fizikada substantsiya va materiya tushunchalari. Materiya to’g’risidagi tasavvurlar shakllanishining asosiy bosqichlari. Hozirgi zamon fanida materiyaning ko’rinishlari va uning tashkillashuv darajalari. In’ikos va uning shakllari.
Borliq mavjudligining usuli va shakllari. Harakat – borliq mavjudligining usuli. Harakat va sokinlik. Harakat shakllari va ular o’rtasidagi uzviy aloqadorlik. Makon va zamon – borliq mavjudligining shakllari. Ijtimoiy makon va ijtimoiy zamon. Makon va zamon to’g’risidagi substantsional va relyatsion kontseptsiyalar. Olamning chekliligi va cheksizligi, moddiy birligi.
4-mavzu. DIALEKTIKA NAZARIYASI. RIVOJLANISHNING UMUMFALSAFIY QONUNLARI VA KATEGORIYALARI
Falsafada metod va metodologiya tushunchalari. Falsafa va boshqa fanlar metodlarining o’zaro aloqasi va farqlari. Dialektika va metafzika. Dialektikaning tarixiy tiplari. Metafizikaning muqobillari: dogmatika, relyativizm, sofistika va eklektika. Hozirgi zamon falsafasidagi dialektika yo’nalishlari. Dialektik metodning asosiy printsiplari. Dialektika va sinergetika. Falsafiy bilishning zamonaviy metodlari. Yangi O’zbekiston taraqqiyoti strategiyasini amalga oshirishda falsafiy metod va metodologiyaning ahamiyati.

Yüklə 272,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə