Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo


III. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə4/28
tarix15.10.2018
ölçüsü1,27 Mb.
#74339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28

III. FANNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI.

Yangi interfaol usullar bo‘yicha ishlash uchun guruhda kichik guruhlar tashkil qilinib, ishonchni yaratish, ochiq muhokamaga xalaqit beruvchi ruhiy zo‘riqishni yo‘qotish, amaliy mashg‘ulotlarda talabalarning barchasini darsda faol qatnashishiga erishish va 45 daqiqadan ortiq bo‘lmagan vaqtni belgilash lozim (135 daqiqalik darslarda).

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotlarda “Miya shturmi”, “Stol o‘rtasida ruchka”, “Kim ko‘proq, Kim tezroq”, “Dumaloq stol”, “Kuchsiz zveno”, “Diskussiya”, “Galereya bo‘ylab sayohat”, “Qor bo‘lakchalai”, “Qor uyumi”, “Ari uyasi” – nomli usullar qo‘llaniladi.

Amaliy mashg‘ulotlarda bu usullarni qo‘llashdan maqsad:

- talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish darajasini oshirish.

- talabalarning bir-biridan o‘rganishga imkon berish.

- guruhlarda o‘qitish jarayonini kuchaytirish va talabalarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish.

- mavzularga mos bo‘lgan yangi interfaol usullarni tanlay bilish (reja asosida) va mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tkazishga erishish.

- talabalarga o‘zaro g‘oya va fikrlarini almashishga imkoniyat berish.

- ishtirokchilar katta guruhlarda bayon qila olmagan fikrlarini kichik guruhlarda bayon qilishlariga erishish.

- amaliy mashg‘ulotlarda diqqat markazini o‘qituvchidan ishtirokchilarga o‘tkazish va bilimni olish uchun katta mas’uliyatni ishtirokchilarga topshirishga erishish.



Amaliy mashg‘ulotlarda yangi interfaol usullardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari:

1. Talabalarga amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan barcha mavzular qaysi interfaol usulda o‘tishini oldindan tushuntirish va kalendar tematik reja asosida yozdirish.

2. Talabalarga auditoriyada joylashish uchun vaqt berish.

3. Har bir amaliy mashg‘ulotda mavzuga talabalarning qaysi usuldan foydalanishi qay darajada bilishlarini aniqlash.

4. Ishtirokchilar topshiriq olguncha o‘zlarining guruhlarga bo‘linish imkoniyatidan foydalanish.

5. Talabalarni shunday kichik guruhlarga ajratish kerakki, guruhda bir-biri bilan tanishlar kamligiga e’tibor berish.

6. Topshiriqni hech bo‘lmasa bir marta takrorlash.

7. Vazifani aniq, ravshan bayon qilish, uni hamma tushunganiga ishonch hosil qilish.

8. Ishtirokchilarni topshiriq bo‘yicha ishlashayotganini tekshirib borish.

“M I YA SH T U R M I” U S U L I

Bu usulda dastlab o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi (darsga tayyorlanmay kelgan talabalar reyting tizimi asosida 10, 20, 30 ball bilan baholanadilar) va o‘qituvchi savol beradi – talaba javob beradi, o‘qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi – javob to‘g‘ri, aniq, bo‘lgunga qadar o‘rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi.

Masalan: “Bakteiyalar sof kulturasini ajratib olish usullari, aerob va anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratish usullari. Identifikatsiya” mavzusida o‘qituvchi tomonidan 5-10 ta savol (talabalarning tayyorligiga qarab) beriladi:

1. Bakteriyalar sof kulturasini ajratib olishning nechta bosqichi bor?

2. Anaerostat va eksikatorlarning anaerob sharoit yaratish uchun ishlatilishi qanday?

3. Anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratishning qanday usullarini bilasiz?

4. Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirishning fizik usularini ayting.

5. Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirishning kimyoviy, biologik usullariga misollar keltiring.

6. Identifikatsiya nima? Mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishdan maqsad nima? va boshqalar

O‘qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi – amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi

Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruhdan ko‘p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‘rash oqibatida mashg‘ulotga tayyorgarlik daraxasini bilish, xotirada fan bo‘yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‘iladi.

Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma’nosi va mazmunidan qat’iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‘z fikrlarini aytadilar, o‘qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‘naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‘play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‘plab bilimlarni o‘z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi.

Bundan tashqari fan bo‘yicha yangi bilimlarni olishga erishish, ishtirokchilarga taklif etilgan g‘oyalarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratish va guruhda faollikni oshirishga erishiladi.

“S T O L U S T I D A R U CH K A” U S U L I

Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta guruhchaga ajratiladi. Talabalarga savol yozilgan qog‘oz beriladi va talabalar qog‘ozga ism shariflarini yozadilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog‘ozdagi savolga javobni bilmasa, qo‘lidagi ruchkani stol o‘rtasiga qo‘yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi va hokazo. Talaba javob bera olmay o‘z ruchkasini stol o‘rtsiga 3 marta qo‘ysa, amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg‘ulotning nazariy qismidan ball olib bilmaydi. Bu usulda bitta talabaga 5-6 ta savol yozilgan qog‘oz beriladi va barcha qog‘ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar.

Masalan: “Mikroorganizmlar fiziologiyasi. Oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, oziq muhitlar klassifikatsiyasi, tarkibi, tayyorlash usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:

1. Mikroorganizmlar oziqlanishiga qarab qanday bo‘linadi?

2. Mikroorganizmlarning ko‘payish usullari va davrlari qanday?

3. Oziq muhitlar nima? Klassifikatsiyalari.

4. Oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari.

5. Differensial-diagnostik oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida ishlatishdan maqsad nima?

6. Bakteriyalarning gemolitik xususiyatini aniqlashda qanday oziq muhitlar ishlatiladi?
D U M A L O Q S T O L” U S U L I
Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog‘oz tashlanadi. Har bir talaba o‘zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog‘ozni uzatadi. Hamma o‘z djavobini yozib bo‘lgandan keyin tahlil qilinadi: noto‘g‘ri javoblar o‘chirilib, to‘g‘ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og‘zaki holda ham olib borilishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan savol to‘liq va aniq berilishi lozim.

Masalan: “Mikroorganizmlar ekologiyasi. Tuproq, suv va havo mikroflorasi, ularni o‘rganish usullari” mavzusi bo‘yicha savollar quyidagicha:

1. Havoni sanitar-bakteriologik tekshirish usullari.

2. Qaysi mikroorganizm suv uchun sanitar bakteriologik ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi? Nima uchun?

3. Suvning koli titr va koli indeksi nima?

4. Qaysi mikroorganizmlar tuproqning yangi va eski ifloslanganlik darajasini ko‘rsatuvchilar hisoblanadi? Nima uchun?

Vaziyatli masala: Bakteriologik laboratoriyaga sanitar-bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari olib kelindi. Xulosa berish uchun qanday ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak?
G a l e r e ya b o‘ y l a b s a yo h a t” u s u l i
Guruh talabalarii kichik 2-4 guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruhlarga bittadan muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog‘oz beriladi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarda rangli qog‘ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o‘zlarining fikrlarini yozib, boshqa guruhdagi javob varaqalari bilan almashadilar. Keyingi guruh oldingi guruhning javobini baholab, agar javob to‘liq bo‘lmasa, o‘zining variantini taklif etadilar.

Mavzu bo‘yicha savollar: “Odam tanasi normal mikroflorasi va ularni o‘rganish usullari” mavzusidan vaziyatli masala:

1. Tish karachidan mikroskopik tekshiruvda treponemalar, stafilokokklar topildi, bu og‘iz bo‘shlig‘ida patologik jarayon borligini bildiradimi?

2. Qo‘ldan olingan yuvindi bakteriologik tekshirilganda Kandida avlodiga mansub zamburug‘lar topildi. Bu nimani bildiradi?

Talabalar o‘z javoblarini berganlaridan keyin tengdoshlari javoblariga qo‘shimcha kiritganlaridan keyin ular birgalikda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri javoblar tanlab olinib, baholanadi.

“Q O R B O‘ L A K CH A L A R I” U S U L I

Bu usulda guruh kichik 2 guruhchaga ajratiladi va sardorlar tanlanadi – har bir talaba o‘ziga boshqa kichik guruhdan raqobatdosh tanlaydi. Har bir talaba raqibiga mavzuga oid 3 ta savol beradi va o‘ziga berilgan 3 savolga javob beradi. 2 guruhdan iborat bo‘lgan talabalar o‘zaro muammoli savollarga javob beradilar – bu javoblar o‘qituvchi tomonidan muhokama qilinadi, tahlil qilinadi.

Masalan: “Umumiy virusologiya. Viruslarga umumiy ta’rif – sistematikasi, tuzilishi, o‘stirish usullari. Faglar, tuzilishi, xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha savollar:

1. Virusni “xo‘jayin” hujayrasi bilan o‘zaro ta’siri turlari va bosqichlarini ayting.

2. Viruslarni o‘stirish usullari.

3. Viruslarning obligat parazitligiga sabab nima?

4. Virusning “xo‘jayin” hujayrasiga kirish yo‘llari.

5. Virusning xo‘jayin hujayrasidagi dezintegratsiyasi, “echinishi” qanday yuz beradi va bu jarayonda qaysi fermentlar ishtirok etadi?

6. Tovuq embrioniga virusli ashyoni yuqtirish usullari.

7. Tovuq embrionida viruslarni o‘stirishning afzalliklari va kamchiliklari nimalar?

Har qanday to‘g‘ri javob shu guruhga “qor bo‘lakchasi” ko‘rinishida ball keltiradi.

“Q O R U YU M I” U S U L I

Bu usulda talabalar 2-4 kichik guruhlarga bo‘linadi, 1-kichik guruh talabalari navbati bilan 2-kichik guruhidan bir talabaga savol beradilar (kichik guruh talabalar soniga qarab 4, 5, 6 ta). Talaba bilgan savoliga javob beradi. Bu usulga “qor uyumi” deyishdan maqsad “bir uyum”ning (kichik guruh) bir talabaga beradigan savollariga asoslangan.

Masalan: “Bakteriyalar hayot faoliyati davomida ishlab chiqargan maxsulotlari - fermentlar, pigmentlar, toksinlar” mavzusiga oid savollar:

1. Differensiatsiya va identifikatsiya uchun ahamiyatga ega bo‘lgan bakteriyalar fermentlarini sanab bering.

2. Bakteriyalarda bo‘ladigan toksinlarni ayting, ularning mikrob hujayrasida joylashishi.

3. Pigmentlarning hujayra hayot faoliyatidagi o‘rni.

4. Mikrob hujayrasi patogenlik fermentlarini ayting.
K i m k o‘ p r o q, k i m t e z r o q” u s u l i
Bu usul “Miya shturmi” usuliga o‘xshash bo‘lib, bunda o‘qituvchi talabalarga mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarsa va to‘g‘ri javobni aytsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarib, to‘g‘ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar.

Masalan: “Kimyoterapevtik preparatlar va antibiotiklar. Bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini o‘rganish usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:

1. Mikroorganizmlar antagonizmi va uning mexanizmi.

2. Antibitiklarning olinishi, ta’sir mexanizmi, ta’sir doirasi, kimyoviy tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyasi.

3. Hujayra devoriga, oqsil sinteziga, nuklein kislotalarga, sitoplazmatik membranaga ta’sir etuvchi antibiotiklarni ayting.

4. Antibiotiklarga rezistentlik mexanizmi.


K u ch s i z z v e n o” u s u l i

Guruh talabalari kichik 4-8 guruhchalarga bo‘linadi va o‘qituvchi bitta muammoli savolni (yoki vaziyatli masalani) aytadi va qum soatchasi yordamida ma’lum vaqt belgilaydi. Qaysi kichik guruh savolga birinchi bo‘lib aniq, to‘g‘ri javobni bersa, rag‘bat kartochkasi beriladi.

Mashg‘ulotda 5-6 marta rag‘bat kartochkasi olgan kichik guruh baland ball bilan baholanadi, savollarga javob topa olmagan kichik guruh mashg‘ulotdan chetlashtiriladi va past ball bilan baholanadi.

Masalan: “Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalar. Zahm, so‘zak qo‘zg‘atuvchilariga ta’rif, laboratoriya tashhisi” mavzusi bo‘yicha savollar:

1. Spiroxetalar klassifikatsiyasi va ularning odam patologiyasidagi o‘rni.

2. Spiroxetalarning umumiy xususiyatlari va ularning bakteriyalardan farqlari.

3. Zahmning asosiy patogenetik jihatlari va unda immunitet xarakteri.

4. So‘zak mikrobiologik tashhisida qo‘llaniladigan usullar va ularni baholash.

5. So‘zakda bakterioskopik usul qaysi holatlarda va qanday o‘tkaziladi?

“D I S K U S S I YA” U S U L I

Guruhdan ikki nafar sardor tayinlanadi. Har bir sardor o‘zining kichik guruhiga talabalar o‘rtasidan talaba tanlaydi - 2 ta kichik guruh ajralgach, har bir kichik guruh talabasi o‘ziga 2 - kichik guruhdan raqib tanlaydi. Bu usulda talabalar o‘zaro bir-birlariga mavzuga oid savol beradilar va raqibi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, chunki har bir savol muammoli, jumboqli, mavzuga oid va qiziqarli bo‘lishi, berilayotgan javoblar to‘g‘ri, aniq, ravshan bo‘lishi keak.

Masalan: “Virusli infeksiyalar: ortomiksoviruslar va paramiksoviruslar, ular qo‘zg‘atgan kasalliklar laboratoriya tashhisi” mavzusi bo‘yicha savollar:

1. Ortomiksviruslarning zamonaviy klassifikatsiyasi. Ularga berilgan nom nima bilan bog‘liq?

2. Orto- va paramiksoviruslar oilasiga kiruvchi viruslarni sanab bering.

3. Epidemiya va pandemiya vaqtida gripp virusi o‘zgaruvchanligi qaysi antigenga bog‘liq?

4. Gripp tashhisi qaysi holatlarda o‘tkaziladi?
Bu usulda talabalar

- mavzuni muhokama qiladilar;

- mavzuni ochib beradilar;

- talabalar o‘z bilimlarini tekshiradilar;

- diskussiya qilib bilimlarini oshiradilar;

- mashg‘ulotni o‘yin usulida o‘tkazadilar;

- har bir talaba mashg‘ulotda qatnashadi va o‘zini erkin his qiladi.
Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotda yangi interfaol usularni qo‘llash o‘qituvchilardan ko‘p mehnat, mahorat, bilimlilik, izlanuvchanlik talab qiladi. CHunki har bir mashg‘ulotga u mavzuga oid ko‘plab vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, mulyaj, maketlar, rangli tablitsalar va shu bilan birga o‘qitishning yangi dasturini tayyorlaydi, kichik guruhlarda ishlash uchun ma’lumotlarni beruvchi materiallar (rangli qog‘ozlarda) to‘playdi.

O‘qituvchi katta va kichik guruhlarda faol kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi, muammoli savolni echishda har xil alternativ yo‘llar ko‘rsatadi, qo‘shimcha savollar berib bahslashadi, muhokama qiladi, xulosa qiladi.

Ushbu yangi intefaol usullar o‘qituvchilar va talabalardan o‘z ustida mustahkam ishlashni, ma’lumotga boy materiallar yig‘ib, texnik vasitalardan foydalanishni o‘rgatadi.


  1. Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jihozlari. Surtma tayyorlash.




Mikrobiologik laboratoriyada ishlagan paytdagi qoidalar

Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlatiladigan uskunalar




Mikroorganizmlar laboratoriyada ishlayotgan kishilarga kassallik qo’zg’atuvchi mikroblar yuqtirish ehtimoliga ko’ra guruhlari:

1.

2.

3.

4.




Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlatiladigan uskunalar

Anaerostatlar




Quritish strelizatorlari




Bug’latish sterilizatorlari




Filtrli sterilizatsiya asboblari




Harorat nazorat qilib turiladigan suvli hammom




Sovutkich va sovutkich xonalari




Sentrofuga



Bo'yash- ning murakkab usullari




Tayyorlanish uchun savollar:

1) Mikrobiologik tajribalarni tashkil etish prinsiplari va

maqsadi nimadan iborat?

2) Tajribaxona va ish joyi qanday jihozlanadi?

3) Mikrobiologik tajribaxonada ishlash qoidalarini ayting.

4) Mikroorganizmlaming har xil guruhlari bilan ishlash tartiblari

qanday bo'ladi?


  1. Mikroorganizmlarning morfologiyasi. Mikroorganizmlarni tirik va o’ldirilgan holda tekshirish. Bo’yash usullari.

Tayyorlanish uchun savollar:

1. Mikroorganizmlarning jonli ekmasini o'rganish uchun preparatlar tayyorlash texnikasi (“ezilgan” va “osilgan” tomchilar, Burri usuli) qanday bo'ladi?

2. Surtmalar tayyorlash texnikasi va ulaming fiksatsiya qilinishi. Fiksatsiya qilishning maqsad va usullarini aytib bering.

3. Bo‘yashning oddiy usullari qanday bo’ladi?


4. Bo'yashning murakkab usullari (Gram, Sil-Nilsen, Romanovskiy- Gimza, Zdrodovskiy
usullarining maqsadi, mexanizmi va texnikasi)ni tushuntirib bering.

Murakkab bo'yash usuli




Usuli

Bo'yash texnikasi.

Gram usuli bo'yicha bo'yash (Sinevning takomillashtirilgan

usul




Sil-Nilsen usuli bo'yicha bo'yash.




Romanovskiy-Gimza usuli bo'yicha bo'yash.




Zdrodovskiy usuli.




Yo'g'on tomchi usuli.



Surtmalar tayyorlash texnikasi



Fiksatsiya qilinishi

fizikaviy fiksatsiya usuli

Fiksatsiya qilishning kimyoviy usuli

bo‘yash usullari

Bo‘yash usullari

Oddiy usul

murakkab usullari



Mikroorganizmlar


Spora xosil qiluvchi


Spora xosil qilmaydigan


spiroxetalar

monobakteriya

tayoqchasimon

spirilla

vibrion

spiralsimon

steptobakteriya

klostridiylar

diplobakteriya

stafillokokk

sarsina

tetrakokk

streptokokk

deueromycetes

kubsimon

tayoqchsimon

sharsimon

Shakliga ko’ra

DNK tutuvchi viruslar

RNK tutuvchi viruslar

Bakteriyalar




Zamburug’lar




Viruslar



mycota

kokklar




eumycota

myxomycota




mikrokokk



chrytridiomycetes



Diplokokk




huphochritridiomycetes


oomycetes



zygomycetes


basidomycetes

ascomycetes


AQLIY HUJUM UCHUN SAVOLLAR


  1. Mikroorganizmlarning tasniflash prinsiplari.

  2. Mikroorganizmlarning rejasi va nomenklaturasini aytib bering.

  3. Mikrobiologik laboratoriyalarni tashkil etish prinsiplari va maqsadi nimadan iboratq

  4. Mikrobiologik laboratoriya va ish joyi qanday jihozlanadiq

  5. Mikrobiologik laboratoriyada ishlash qoidalarini ayting.

  6. Mikroorganizmlarning har xil guruhlari bilan ishlash tartiblari qanday bo‘ladiq

  7. Mikroskopning tuzilishi va mikroskopik tadqiqot usullarini aytib bering.

  8. Mikroorganizmlar shakliga ko’ra qanday guruhlarga bo‘linadiq

  9. Mikroorganizmlarni o‘lchash birliklarini ayting.

  10. Mikroorganizmlar qanday joylashadi va shunga qarab qanday nomlanadiq

  11. Mikroorganizmlarning jonli ekmasini o‘rganish uchun preparatlar tayyorlash texnikasi (“ezilgan” va “osilgan” tomchilar. Burri usuli)

  12. Surtmalar tayyorlash texnikasi va ularning fiksatsiya qilinishi.Fiksatsiya qilishning maqsad va usullari.

  13. Surtmalarni oddiy bo‘yash usullari.

  14. Surtmalarni murakkab bo‘yash usullari. (Gram, Sil – Nilsen, Romanovskiy – Gimza, Zdradovskiy va bosh. usullarining maqsadi, mexanizmi va texnikasi).

  15. Bakteriyalar strukturasini aytib bering.

2-ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari




Guruhning har bir a’zosi:

- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

- berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

- “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.


3-ilova

Guruhlar uchun topshiriqlar.



I – гуруh вазифаси

  1. Mikrobiologik laboratoroyani tashkil etish prinsiplari va maqsadi nimadan iborat?

  2. Bakteriyalar strukturasini ayting.

.

II – гуруh вазифаси



  1. Mikrobiologik laboratoroyani va ish joyi qanday jixozlanadi?

  1. Surtma tayyorlash texnikasi va fiksatsiya nima.

III – гуруh вазифаси

  1. Mikrobiologik laboratoroyada ishlash qoidalari.

  2. Surtmalarni murakkab bo`yash usullarini gapirib bering.



CHARXPALAK» TRENINGI



Mikroorganizmlar joylashishiga qarab nomlanishi.

Mikroskop ostida mikroblarning joylashishi.

YAkka, betartib

Juf-juft dumaloqlar

To‘rtta dumaloq

Uzum shingili-

ga o‘xshab



Zanjirga o‘hshab joylashadi

1

Mikrokokklar
















2

Diplokokklar
















3

Tetrakokklar
















4

Streptokokklar
















5

Streptobakteriyalar
















6

Stafilokokklar

















5. Metod – blits o’yin, qor bo’ron, bumerang.

Blits – o’yin, Gramm usulda bo’yash.




Guruh

bahosi


Guruh

xatosi


To’g’ri

javob


Yakka

xato


Yakka

Guruh

ishida


chetlanish

Murakkab usulda bo’yash: Gramm usulda



















1.Mikroskop ostida ko’rish;

2.Surtmani quritish, fik-satsiya qilish;

3. Surtma ustiga gentsian fiolet bo’yog’ini tomizish;

4. Surtma tayyorlash;

5. Yod–lyugol bo’yog’ini to-mizish;

6. Surtmani yuvish;

7. Spirt tomizish 30 sek.;

8. Fuksin bo’yog’i bilan bo’yash;

9. Immersion yog’i tomizish 90 ob'ektivda ko’rish;

10. Surtmani bosma qog’oz bilan quritish;


Bu metodning o’tkazilish tartibi. Har bir guruh talabalari yuqorida ko’rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to’g’ri deb hisoblangan raqamni «yakka baho» qatoriga yozib chiqishadi. O’qituvchi to’g’ri javob e'lon qilgandan keyin, har bir guruh o’z xatolarini, «guruh xatosi» qatoriga yozadi. Natijada to’g’ri, noto’g’ri javoblar solishtirilib, guruh bahosi hisoblab chiqiladi.

Bumerang metodi

Talabalarni kichik guruhlarga bo’linadi va vazifa yozilgan material tarqatiladi. Har 1 ta guruh o’z fikrlarini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob ketadi.


1 - guruhga beriladigan vazifalar

  1. Mikroorganizmlarni 3 ta podshohligi.

  2. Oddiy va murakkab bo’yash.

  3. Osma tomchi tayyorlash texnologiyasi.


2 - guruhga beriladigan vazifalar

  1. Suyuq ozuqa muhitida surtma tayyorlash.

  2. Surtmani quritish, fiksatsiya qilish texnologiyasi.

  3. Ezilgan tomchi tayyorlash.


3 - guruhga beriladigan vazifalar

  1. Quyuq ozuqa muhitdan o’stirilgan kulturadan surtma preparat tayyorlash.

  2. Mikroskopda immersion sistemeda ishlash qoidalar.

  3. Spiroxetalar ularning tuzilishi.



2. AQLIY HUJUM UCHUN SAVOLLAR
1. Spiroxetalar morfologiyasini aytib bering

2. Zamburug‘lar morfologiyasini aytib bering

3. Sodda jonivorlar morfologiyasini aytib bering

4. Rikketsiya,xlamidiya,mikoplazmalar morfologiyasini aytib bering

5. Ozuqa muhitining maqsadi

6. Ozuqa muhitining tayyorlash usullari

7. Ozuqa muhitiga qo‘yiladigan talablar

8. Ozuqa muhitining tasnifi va qo‘llanishi

2-ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari




Guruhning har bir a’zosi:

- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;

- berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;

- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;

- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;

- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

- “Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga qutilamiz” qoidasini yaxshi bilishlari lozim.


Guruhlar uchun topshiriqlar.

I –guruh vazifasi

  1. Spiroxetalarning morfologiyasini ayting.

  2. Ozuqa muhitlarining tasnifi va qo`llanilishi.

II – guruh vazifasi

1. Zamburug`lar morfologiyasini ayting.

2. Ozuqa muhitlarini tauyorlashning biologik xususiyatlarga asoslangan usuli.

III – guruh vazifasi


  1. Sodda jonivorlar morfologiyasini ayting.

  2. Ozuqa muhitlariga qo`yiladigan talablar.




4-ilova

«

CHARXPALAK» TRENINGI



Ozuqa muhit nomlari

Ozuqa muhit turlari

oddiy

murakkab

elektiv

differensial-diagnostik

boyitish

1

GPSH
















2

GPA
















3

Qonli agar
















4

Endo
















5

O‘tli sho‘rva
















6

Shakarli sho‘rva


















Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə