Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə10/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tajriba Boyitish sirtqi

10-rasm. Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon:
1-baraban, 2,4-qopqoqlar, 3,13-ichi bo’sh sapfalar, 5-ta’minlagich, 6,11-podshipniklar,
7,15-lyuklar; 8,10-qoplama plitalar, 9-shesternya; 12,14-bo’shatuvchi voronka;
16-yetakchi shesternya; 17-val.
Baraban va qopqoqlarning ichki devori qoplama plitalar (8) va (10) bilan qoplangan. Barabanning aylanishi elektrodvigateldan barabanga mahkamlangan val (17) ga o’rnatilgan yetakchi shesternya (16) orqali amalga oshiriladi. Yuklovchi ichi g’ovak sapfaga jamlashgan ta’minlagich o’rnatilgan. Ichi g’ovak sapfalar almashtiriluvchi yuklovchi (4) va bo’shatuvchi (12) voronkalar bilan ta’minlangan.
Uncha katta bo’lmagan o’lchamdagi tegirmonlar barabanning ichiga qoplamani kiritish uchun lyuk (7) va (15) larga ega. Katta o’lchamdagi tegirmonlarda bu operatsiya bo’shatuvchi sapfa orqali bajariladi. Barabanga po’lat yoki cho’yan sharlar solinadi.
Bo’shatuvchi sapfa biroz kattaroq diametrga ega, buning natijasida tegirmonda bo’tananing nishabi hosil qilinadi.
Dastlabki mahsulot tegirmonga ta’minlagich orqali yuklovchi sapfadan beriladi, yanchilgan mahsulot bo’shatuvchi sapfa orqali tushuriladi. Markaziy bo’shatiluvchi tegirmonlar qisqacha МШЦ deb belgilanadi. Markaziy bo’shatiluvchi tegirmonlarning texnik xarakteristikasi jadvalda berilgan. МШЦ tegirmonlar barabandagi bo’tana sathining balandligi bilan xarakterlanadi, bu bo’ylama yo’nalishidagi harakat tezligining kichik bo’lishini va mahsulotning nisbatan mayin tuyulishini belgilaydi. Bo’shatuvchi bo’g’iz unga tasodifan tushib qolgan sharlarni tegirmonga qaytaruvchi spiralga ega. Sharli tegirmonlar ruda va boshqa mahsulotlarni yanchishda keng ishlatiladi.
Panjara orqali bo’shatiluvchi sharli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqoriroq (10-15 % ga) va ularda yanchilgan mahsulot markaziy bo’shatiluvchi tegirmonlarda yanchilgan mahsulotga nisbatan shlami kamroq mahsulot beradi, lekin tuzilishi ancha murakkab. Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmonlar oraliq mahsulotni qaytadan tuyush uchun ishlatiladi.
Odatda, МШР tegirmonlar yanchishning birinchi bosqichida, МШЦ esa mahsulotni mayin yanchish uchun yanchishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida ishlatiladi. Sterjenli tegirmonlar tuzilish jihatidan markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmonlarga o’xshaydi (11- rasm).
U gorizontal holdagi silindrik baraban (1) dan, jamlashgan ta’minlagich ko’rinishidagi yuklovchi moslama (2) dan va uzatish mexanizmi (5) dan iborat. Mahsulotni sterjenli tegirmondan o’tish tezligini oshirish uchun uning yuklovchi va bo’shatuvchi sapfalarining diametrini shunday diametrga ega sharli tegirmonlar sapfalarinikiga nisbatan kattaroq qilib tayyorlanadi. Sterjenli tegirmonlarda yon tomondan to’lqinsimon yoki pog’onali ko’rinishga ega bo’lgan qoplamalar o’rnatiladi. Sterjenli tegirmonlar qisqacha МШЦ deb belgilanadi. Sterjenli tegirmonlar sharli tegirmonlardan oldin mahsulotni dag’al tuyush, shuningdek, rudani gravitatsiya va magnit usullarida boyitish uchun tayyorlashda ishlatiladi. Sterjenli tegirmonlarning texnik xarakteristikasi jadvalda keltirilgan.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə