Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə6/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

Nazorat savollari



  1. Maydalash deb nimaga aytiladi?

  2. Maydalash qaysi usullar bilan amalga oshiriladi?

  3. Maydalagichlarning qanday turlari mavjud?

  4. Maydalagichlarning tuzilishini tushuntiring.

  5. Maydalagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.

  6. Maydalash bosqichlarini ayting.


2-tajriba ishi


Tegirmonlarning konstruksiyalari va asosiy qismlarini o’rganish


Ishning maqsadi: Talabalarga tegirmonlarning tuzilishi va ishlash prinsipini o’rgatish hamda tegirmonrlarni ishlatilish sohalari haqidagi bilimlarini takomillashtirish

Yanchish - qattiq zarralarning o’lchamini 10-30 mm dan 0,1-0,074 mm gacha kichraytirishdir. Yanchish jarayoni asosan barabanli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Bunday tegirmonlarni ishlatish yuqori kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan bog’liq. Shuning uchun keyingi paytlarda o’z-o’zini yanchuvchi barabanli va boshqa tegirmonlarga katta qiziqish uyg’onmoqda. Ko’p turdagi rudalar uchun o’z-o’zini yanchishda minerallarning yuzasi yaxshiroq ochiladi, boyitishning sifat-miqdor ko’rsatkichlari ortadi, 1 tonna boyitma olish uchun ketadigan po’latning sarfi kamayadi.


Barabanli tegirmon yonbosh tarafdan yopiladigan qopqoqli va ichi g’ovak sapfali silindrik barabandan iborat.
Baraban aylanganda yanchuvchi vosita (sharlar, sterjenlar, ruda bo’laklari va boshqalar) va yanchiluvchi ruda ishqalanish hisobiga qandaydir masofaga ko’tariladi, keyin sirg’anadi, dumalaydi va pastga qulaydi. Yanchilish pastga tushayotgan yanchuvchi vositaning urilishi, ezilishi va tegirmon ichida sirg’anuvchi qatlamlar orasidagi ishqalanish hisobiga sodir bo’ladi (5- rasm).



5-rasm. Barabanli tegirmon: 1-baraban; 2,3- qopqoq; 4,5-sapfa.

Mahsulotning baraban o’qi bo’ylab harakati dastlabki mahsulotni berish va bo’shatish sathlaridagi farqqa hamda dastlabki mahsulotni uzluksiz berilishidagi bosim ostida sodir bo’ladi. Ho’l usulda yanchishda mahsulotni tegirmondan chiqarish suv yordamida, quruq usulda yanchishda esa havo oqimi yordamida sodir bo’ladi.


Barabanli tegirmonlar bir-biridan yanchuvchi vositaning turi, barabanning formasi, yanchish usuli va yanchilgan mahsulotni bo’shatib olish usuli bilan farq qiladi.
Boyitish fabrikalarida bo’shatuvchi panjarali sharli, markaziy bo’shatiluvchi sharli, markaziy bo’shatiluvchi sterjenli, «Kaskad» turdagi ho’l va «Aerofol» turidagi o’z-o’zini yanchuvchi va hokazo tegirmonlar ishlatiladi. Bo’shatuvchi panjarali tegirmonlarda yanchuvchi vosita sifatida po’lat sharlar ishlatilib, yanchilgan mahsulot panjaraning teshiklaridan o’tadi, keyin liftyorlar orqali tegirmonning bo’shatuvchi sapfasi markaziga ko’tariladi. Yuklovchi va bo’shatuvchi tomonlari orasidagi bo’tana sathining balandligi h sezilarli darajada. Shuning uchun mahsulotning tegirmon bo’ylab harakatlanish tezligi nisbatan yuqori, bu esa mahsulotni markaziy bo’shatiluvchi tegirmonlardagiga nisbatan dag’alroq yanchilishiga sabab bo’ladi.
Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmonlarda yuklovchi va bo’shatuvchi tomonlardagi bo’tana sathining balandligidagi farqi h sezilarsiz, mahsulot tegirmon bo’ylab nisbatan sekin harakatlanadi va mayin tuyulgan mahsulot ohnadi.
Sterjenli tegirmonlarda yanchuvchi vosita sifatida po’lat sterjenlar ishlatiladi va ularda mahsulot yuklanadigan va bo’shatib olinadigan tomonlarda bo’tananing sathidagi farq markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmonlardagiga nisbatan katta. Bu hoi bo’shatiluvchi sapfa diametrining kattalashtirilgani hisobiga sodir bo’ladi. Ho’l rudali o’z- o’zini yanchishda yanchuvchi vosita sifatida rudaning yirik bo’laklari ishlatilib, tegirmon klassifikatsiyalovchi apparat (g’alvir, gidrosiklon yoki spiralli klassifikator) bilan yopiq siklda ishlaydi. Quruq rudali o’z- o’zini yanchishda tegirmon pnevmatik klassifikator bilan yopiq siklda ishlaydi.
Barabanli tegirmonlarni tanlashda, shuningdek, ularni ishlatishda bir qator muammolar paydo bo’ladi. Ularga barabanning nisbiy aylanish chastotasini tanlash, yanchuvchi vositaning o’lchamlarini aniqlash, barabanni yanchuvchi vosita bilan to’ldirish darajasini aniqlash, dastlabki mahsulotning yanchiluvchanligini, yanchilgan mahsulotning yirikligini belgilash, tegirmonning o’lchami va tuzilishini aniqlash, shu bilan bir qatorda tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi va iste’mol qiladigan quvvatiga ta’sir qiluvchi boshqa parametrlarni aniqlash kiradi. Tegirmon ishining ham texnologik, ham iqtisodiy samaradorligi bu masalalarning to’g’ri hal qilinishiga bog’liq.
Barabanli tegirmon mexanik ish tartibini belgilovchi asosiy parametrlarga quyidagilar kiradi: tegirmon barabanining aylanish chastotasi, %; tegirmon barabanining to’ldirish darajasi,%;
Barabanli tegirmonning aylanish chastotasiga qarab yanchuvchi vosita harakatlanishining quyidagi tartiblari mavjud: pog’onali, sharsharali, aralash va kritikdan ortiq tezlikli.,
* Pogonali tartib barabanning kichik aylanish tezligida yanchuvchi vositaning uchib tushmasdan dumalashi natijasida sodir bo’ladi. Yanchuvchi vositaning bari aylanish tomoniga qatab, ma’lum balandlikka ko’tariladi va keyin parallel qatlamlar bo’ylab pastga dumalaydi. Yanchuvchi vositaning markazi kam harakatlanuvchi zona (yadro) ga ega. Rudani yanchish tegirmonning pog’onali harakatlanishi natijasida ezilish va ishqalanish hisobiga sodir bo’ladi (6- rasm).
* Sharshara tartibida yanchuvchi vosita aylanma trayektoriya bo’ylab kattaroq balandlikka ko’tariladi va parabolik trayektoriya bo’ylab tushib, aylanma trayektoriyada joylashgan rudaga zarba beradi (7-rasm). Rudani yanchish asosan yanchuvchi jismning zarbasi natijasida, qisman esa ishqalanish va ezilish hisobiga sodir bo’ladi. Bu tartib barabanning hamma yoki ko’pchilik yanchuvchi vosita aylanma trayektoriyadan parabolik trayektoriyaga o’tishdagi aylanish chastotasida kuzatiladi. Bu tartibda ishlaganda barabanning aylanish tezligi kritik aylanish tezligining 78—86 % ini tashkil qiladi (7-rasm).



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə