Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Barabanli tegirmonning 7-rasm. Barabanli tegirmonning pog’onali ish tartibi sharsharali ish tartibi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

6-rasm. Barabanli tegirmonning 7-rasm. Barabanli tegirmonning pog’onali ish tartibi sharsharali ish tartibi


* Aralash tartib sof pog’onali tartibdan sharshara tartibga asta-sekin o’tish bilan xarakterlanadi. Bunda yanchuvchi vositaning tashqi qatlamlari qiyalik bo’yiab pastga dumalovchi mahsulotning ichki qatlamlariga tushadi. Bunday tartib baraban aylanish chastotasining oraliq qiymatlarida sodir bo’ladi. Barabanning aylanish tezligi kritik aylanish tezligining 60-76 % ini tashkil qiladi.
Kritikdan yuqori tartib barabanning aylanish chastotasi kritikdan yuqori bo’lganda yuzaga keladi. Baraban aylanganda yanchuvchi vosita (shar yoki sterjen) ishqalanish va markazdan qochma kuchlar ta’sirida silindrning ichki devoriga yopishib qoladi va ma’lum bir balandlikka ko’tarilib, og’irlik kuchi ta’sirida pastga tushadi va devor bo’ylab sirg’aladi. Aylanish tezligi ortganda shunday holat yuzaga kelishi mumkinki, unda markazdan qochma kuch og’irlik kuchiga tenglashadi, bunda yanchuvchi vosita silindrning devoriga yopishib, u bilan birga aylanadi (devordan uzilmaydi). . Bunday tezlik barabanning kritik aylanish tezligi deyiladi. Barabanning kritik aylanish tezligida yanchish deyarli sodir bo’lmaydi.
Amalda yuqoridagi birinchi uchta tezlik tartibi qo’llaniladi. Dag’al yanchishni sharshara va aralash tartibda amalga oshirilgani maqsadga muvofiq, chunki unda yanchilish, asosan, ishqalanish va ezilish hisobiga sodir bo’ladi.
Har qanday tartibda yanchuvchi vosita tegirmonning qoplamasi va unga yopishgan jismlar, shuningdek jismlarning o’zlari orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi ta’sirida aylanma trayektoriya bo’ylab harakatlanadi. Ishqalanish kuchining qiymati mahsulotni (sharlar va ruda) barabanning ichki yuzasiga ko’rsatadigan bosimiga va ishqalanish koeffitsiyentiga bog’liq.
Ishqalanish koeffitsiyenti rudaning xossasiga, qoplamaning yuzasiga, bo’tananing zichligi va qovushqoqligiga bog’liq. Baraban aylanishining kichik chastotasida va tegirmon yanchuvchi vosita bilan kamroq (30%) to’ldirilganda aylanma trayektoriya bo’ylab harakatlanishda yanchuvchi vositaning sirg’anishi kuzatilishi mumkin. Barabanning yanchuvchi vosita bilan to’ldirilishi 40-50% va silliqmas qoplamada sharlarning tashqi qatlami sirg’anmaydi, ichki qatlamlarning nisbiy siljishi esa hamma vaqt kuzatiladi.
Real sharoitda yanchuvchi vosita aylanma trayektoriya bo’ylab alohida harakatlanmasdan, boshqa jismlar bilan birgalikda harakatlanadi.
Sharli tegirmonning hamma tartiblarida yanchuvchi mahsulotning qatlamlari, sharlar va qoplama orasida o’zaro bir-biriga kirib olish kuzatilishi mumkin.
Yanchish jarayonini o’z-o’zini yanchuvchi tegirmonlarda quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Rudaning yirikroq (150-450 mm) bo’laklari pog’onali tartibda harakatlanadi va barabanning yuqoriga ko’tariluvchi tomoni bo’ylab ko’tariladi va dumaloq shaklga kiradi. O’rtacha yiriklikdagi bo’laklar (50-150 mm) sharshara tartibida joylashadi. Parabolik trayektoriya bo’ylab tushganda ular maydaroq bo’laklarni zarba ta’sirida yanchiydi va asta-sekin o’zlari ham yirik rudaning dumalovchi bo’laklari orasida zarba, ishqalanish va ezilish natijasida parchalanadi.
Gravitatsion va markazdan qochma kuchlar ta’sirida, shuningdek, liftyorlar yordamida ruda bo’laklari to og’irlik kuchi markazdan qochma kuchdan ortguncha yuqoriga ko’tariladi. Yirik bo’laklar yanchish zonasiga mayda bo’laklardan oldin tushadi va qisqa vaqt oralig’ida mayda bo’laklar kattaroq balandlikka ko’tariladi va sharshara zonasiga tushadi. Tegirmon hajmining 8% i atrofida po’lat sharlarni qo’shish yanchish jarayonini tezlashtiradi.
Ruda massasini kerakli balandlikka ko’tarish uchun o’z-o’zini yanchuvchi tegirmonlar liftyorlar bilan ta’minlangan..
Baraban aylanganda liftyorlar ruda bo’laklarini ushlab olib, liftyorlarsiz tegirmondagiga nisbatan kattaroq balandlikka ko’taradi.
Barabanning aylanish chastotasi va uning to’ldirilish darajasiga qarab faqat iste’mol qilinadigan quvvat emas, balki zarba va ishqalanish orqali yanchishga sarflanadigan foydali quvvat orasidagi nisbat ham o’zgaradi.
Sharshara tartibida yanchish, asosan, rudali jismning erkin tushishida zarba ta’sirida, shuningdek, ishqalanish ta’sirida sodir bo’ladi.
Dag’al yanchilgan mahsulot aylanish chastotasi katta bo’lganda (aralash va sharshara tartibi); mayin yanchilgan mahsulot aylanish chastotasi kichik bo’lganda ishqalanish natijasi (pog’onali tartib) da olinadi. O’z-o’zini yanchishda rudaning hamma bo’laklari bir vaqtning o’zida ham yanchiluvchi, ham yanchuvchi hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini sezilarli ravishda orttiradi.
Pog’onali, aralash va sharshara tartiblari bir-biri bilan bog’langan va yanchilish sharoiti (to’ldirish darajasi, qoplamaning yedirilishi, aylanishlar chastotasi, yanchiluvchi mahsulotning fizik-mexanik xossasi, bo’tananing zichligi va hokazo) o’zgarishi bilan biridan- ikkinchisiga o’tishi mumkin.
Yanchuvchi muhitning mexanikasi o’rganilganda uzilib parabolik trayektoriyaga o’tgandagi holatda ishqalanish kuchining ta’siri hisobga olinmaydi. Shuning uchun sharli tegirmonlarning amaldagi shu tartibi yuqorida ko’rilgan nazariy tartibdagidan farq qiladi.
Sharlar tegirmonning ishlash jarayonida asta-sekin yemiriladi. Shuning uchun tegirmonning normal ishlashi uchun sharlar yoki sterjenlar massasini doimiy ushlab turish kerak. Shu maqsadda tegirmonga yangi shar yoki sterjenlar qo’shib turiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, sharlarning o’lchami bir xil emas. Ular ma’lum qoida asosida tanlanadi: 160, 120, 80, 40 va hokazo. Juda mayda sharlarni yirik sharlar bilan ishlatish maqsadga muvofiq emas, chunki ular yirik sharlar orasidagi bo’shliqni egallab, o’ziga zarba va yedirilishni oladi.
Bo’shatuvchi panjarali sharli tegirmon yonbosh tomondan yopiladigan qopqoqli (2) baraban (1) dan va podshipnik (3) va (15) larga tayanuvchi yuklovchi (4) va bo’shatuvchi (14) sapfadan iborat. Baraban elektrodvigateldan uzatuvchi val (19) ga o’rnatilgan kichik shesternya va barabanga mahkamlangan tishli jig’a (11) orqali aylanadi (8- rasm).





Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə