Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə14/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tajriba Boyitish sirtqi

15-rasm. Gidrosiklon:
1-manometr, 2-qopqoq, 3- quyuluvchi quvur, 4- silindrik qismi,
5-quvur, 6-qoplama, 7-konusli qismi, 8- konussimon ichlik.

Gidrosiklonlar katta ishlab chiqarish unumdorligiga va yuqori klassifikatsiyalash samaradorligiga ega.


Boyitish amaliyotida gidrosiklonlar yanchilgan mahsulotni quyulma va qumga ajratish, mahsulotlarni shlamsizlantirish, suvsizlantirish va hokazo maqsadlarda ishlatiladi.
Gidrosiklon silindr va konus qismlardan tuzilgan, yuqoridan markazida dumaloq teshigi bor qopqoq bilan yuriladigan apparatdan iborat. Dastlabki mahsulot gidrosiklonning silindrik qismiga bosim ostida konussimon uchlik orqali beriladi.
Gidrosiklonga mahsulotning bunday berilishi bo’tananing aylanishini vujudga keltiradi. Yirikroq zarralar markazdan qochma kuch ta’sirida gidrosiklon devoriga siqiladi va tashqi oqim bilan konusning pastki teshigi orqali chiqariladi. Mayda zarralar ichki aylanuvchi oqim bilan yuqori qopqoqdagi teshik orqali chiqariladi.
Gidrosiklonlarda zarralarning ajralishi og’irlik kuchi ta’sirida emas, balki markazdan qochma kuch ta’sirida sodir bo’lishi tufayli ularda nisbatan mayda zarralarni ham katta mehnat unumdorligi bilan cho’ktirish mumkin.
Gidrosiklonlarda o’lchami 15 mkm gacha bo’lgan quyulma olish mumkin, shu tufayli ularni bo’tanani shlamsizlantirish uchun ishlatish mumkin. Mahsulot yirikligini gidrosiklonga tushayotgan bo’tananing bosimini hamda pastki bo’shatish teshigining o’lchamini o’zgartirish orqali boshqarish mumkin.
Gidrosiklonlar xuddi mexanik klassifikatorlar quyulmalari kabi yiriklikdagi quyulma olishga imkon beradi. Biroq, gidrosiklonlarning quyi mahsuloti 50-65% qattiq zarralarni saqlaydi, ya’ni mexanik klassifikatordagiga nisbatan suyuqroq qum olinadi va shuning uchun ko’proq suvda muallaq joylashgan mayda sinfni saqlaydi. Shu sababga ko’ra, gidrosiklonlarda klassifikatsiyalash samaradorligi mexanik klassifikatorlarnikidan past.
Gidrosiklonlar rudalarni yanchish sxemalarida keng ishlatiladi. Ular sharli tegirmonlar bilan yopiq siklda ishlovchi mexanik klassifika­torlarning o’rnini bosadi.
Gidrosiklonlar katta sanoat maydonini talab etmaydi va klassifikatorlarga nisbatan ancha arzon. Ishlatishda gidrosiklonlar klassifikatorlarga nisbatan qulayroq, chunki ularning tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo’q.
Gidrosiklonga kelib tushadigan mahsulotning hajmi klassifikatorlardagiga nisbatan kam. Bu ham tegirmon-gidrosiklondan tashkil topgan agregatni ishga tushirish va to’xtatishni yengillashtiradi, shuningdek, rudani yanchish siklida bo’lish vaqtining qisqaligi tufayli rudaning oksidlanishini kamaytiradi.
Gidrosiklonlarning asosiy kamchiligi gidrosiklonning o’zini va unga bo’tanani beruvchi nasosning tez ishdan chiqishi va nasosning ishi bilan bog’liq elektr energiya sarfining balandligidan iborat. Ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun zamonaviy gidrosiklonlarning ichki tomonidan rezina qoplanadi va alohida detallarini almashtirish mumkin bo’lishi uchun yig’iladigan qilib tayyorlanadi.
Gidrosiklonlar 50 dan 1000 mm gacha diametrda tayyorlanadi. Konuslik burchagi, odatda, 20-22° qabul qilinadi.
Bo’tananing gidrosiklonga kirishdagi bosimi 0,3-3 atm. Pastroq bosimda ishlash afzalroq, chunki bunda gidrosiklonning ishdan chiqishi va elektr energiya sarfi kamayadi. Yuqori ishlab chiqarish unumdorligiga erishish uchun gidrosiklonlarning bir nechtasini o’rnatish kerak.


Nazorat savollari:



  1. Klassifikasiyalash deb nimaga aytiladi?

  2. Klassifikatorlarning qanday turlari mavjud?

  3. Gidravlik klassifikatorlarning tuzilishini tushuntiring.

  4. Spiralli klassifikatorlarning tuzilishini tushuntiring.

  5. Gidrosiklonlarni tuzilishini tushuntiring.

  6. Gidravlik va spiralli klassifikatorlarning ishlash prinsipini tushuntiring.

  7. Gidrosiklonlarni ishlash prinsipini tushuntiring.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə