Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Markaziy bo’shatiluvchi sterjenli tegirmon



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə11/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tajriba Boyitish sirtqi

11-rasm. Markaziy bo’shatiluvchi sterjenli tegirmon:
1- silindrik baraban; 2-yuklovchi moslama; 3-yuklovchi sapfa; 4-qoplama;
5-uzatish mexanizmi; 6-bo’shatuvchi sapfa.

O’z-o’zini ho’l yanchuvchi tegirmon MMC - 7000x2300 (12- rasm) yonbosh qopqoq (3) va (14), podshipniklar (5) va (11) ga tayanuvchi yuklovchi (4) va bo’shatuvchi (12) sapfali barabandan (1) iborat.


Baraban tishli mufta (8), rolikli podshipniklarga o’rnatilgan uzatuvchi shesternya va bo’shatuvchi sapfa (12) gardishiga mahkamlangan tishli jig’a orqali elektrodvigateldan aylanadi.





12-rasm. O’z-o’zini yanchuvchi tegirmon MMC 7000x2300.
1-baraban; 2-liftyor; 3,14-yonbosh qopqoqlar; 4- yuklovchi sapfa; 5,11-podshipniklar
6-yuklovchi moslama; 7-elektrodvigatel; 8- tishli mufta; 9-klassifikatsiyalovchi moslama;
10-tishli jig’a; 12-bo’shatuvchi sapfa; 13-panjara.
Baraban korpusi bir-biri bilan gardishlar orqali bog’langan ikki qismdan iborat. Unga ichi g’ovak (4) va (12) sapfalar ulangan. Sapfalarda yuklovchi va bo’shatuvchi vtulkalar joylashgan. Yuklovchi vtulka rudani tegirmonga berishni tezlashtiruvchi spiral va zichlagich orqali sizib chiqqan bo’tanani tegirmonga qaytaruvchi spiralli moslamaga ega.
Dastlabki ruda tegirmonga mexanik uzatma orqali relslarda harakatlanuvchi patrubkadan iborat bo’lgan yuklovchi moslama orqali beriladi. Barabanning qoplamasi zirhli plita va liftyor (pona) (2) dan tashkil topgan.
Liftyorlar bilan bir-birining ichiga kirib birikish uchun zirhli plitalarning uchi qiya nishabga ega. Yonbosh devorlardagi qoplamalar ikki qator plitalardan iborat. Plitalarni bir-biriga ulash liftyorlar va boltlar bilan amalga oshiriladi. Tegirmonning bo’shatish tomonida panjara o’rnatilgan. Uning tirqishlari 20 mm kenglikka ega va bo’shatish tomoniga qarab kengaytirib tayyorlangan. Panjaralar yonbosh liftyorlar va boltlar bilan mahkamlangan.
Bo’shatuvchi panjarali sharli tegirmonlarga o’xshash MMC turdagi tegirmonlarda panjara (13) va yonbosh qopqoq (14) orasidagi bo’shliq radius bo’ylab joylashgan to’siqlar bo’shatuvchi liftyorlar bilan sapfa (12) ga ochiluvchi sektorli kameralarga bo’lingan. Bu liftyorlar qoplama litalar bilan birga quyiladi.
Panjara va bo’shatuvchi liftyorlarning mavjudligi tufayli yanchilgan nahsulotning tegirmondan majburan tushirib olishga va tegirmonda bo’tanani quyi sathda ushlab turishga imkon tug’iladi. Tegirmondan tushirib olingan mahsulotning klassifikatsiyasi bo’shatuvchi sapfaga mahkamlangan bo’limda amalga oshiriladi.
O’z-o’zini ho’l yanchuvchi tegirmonlar o’lchamiga qarab quvvati 1000-4000 kW gacha bo’lgan bir yoki ikkita dvigatel orqali harakatga keltiriladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə