Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Qoplovchi plitalarning profili



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Tajriba Boyitish sirtqi

9-rasm. Qoplovchi plitalarning profili:
a-"Норильск-III" qirrali turdagi; b-shuning o’zi "Норильск-IV" uchun; d-to’lqinsimon turdagi; e-"Skega" turdagi rezinali 7-liftyorlar; 2-plitalar; 3-panjara sektorlari.

Rezinali qoplamaning asosiy elementlari bo’lib liftyorlar (1), plitalar (2) va panjara sektorlari (3) hisoblanadi. Tegirmon barabanining yuklovchi qopqog’iga radius bo’ylab qalinligi 60 mm bo’lgan plitalar o’rnatilib, ularning kesimi 100x110 mm liftyorlar bilan qisib qo’yiladi.


Barabanga qalinligi 55 mm li plitalar va liftyorlar (140-125 mm) joylashgan. Qalinligi 54 mm li panjaraning rezina sektorlari liftyorlar (100-110 mm) bilan siqiladi. Bir komplekt qoplama plita va panjara sektorlari uchun ikki komplekt liftyorlar bo’lishi talab qilinadi.
Rezinali qoplama po’lat qoplamaga nisbatan yupqa bo’lganligi uchun tegirmonning hajmi 5-6 % ga ortadi.
Rezinali va po’lat qoplamalarning xizmat muddati yo bir xil, yo birinchisi ikkinchisiga nisbatan 15-20 % ortiqroq xizmat qiladi. Rezinali qoplamaga ega tegirmonlarda sharlarning solishtirma sarfi po’lat qoplamali tegirmohlarnikiga nisbatan kichik; rezinali qoplamali tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi po’lat qoplamali tegirmonlarnikiga nisbatan kam emas. Montaj ishlarining osonligi, zich yopilishi, shovqinning nisbatan pastligi rezinali qoplamalarning afzalligiga kiradi.
Sapfalarning qoplamasi tekis yoki spiralsimon bo’ladi. Yuklovchi sapfa spiralining yo’nalishi tegirmonda dastlabki mahsulotning surilishini, bo’shatuvchi sapfada esa sharlar va yirik mahsulotni tegirmonga qaytarilishini ta’minlashi kerak. Odatda, qoplama bir tekis yedirilmaydi. Marganesli po’lat (markasi 110 Г 13 Л) dan tayyorlangan qoplama plitalarning yedirilish tezligi sutkasiga millimetrning bir necha ulushini tashkil etadi. Barabanning yoki sathiga ko’tarilgan dastlabki mahsulotni tegirmonga yuklash uchun barabanli ta’minlagich o’rnatiladi. U konus shakliga o’tuvchi silindrik kameralar, qopqoq, sektorli teshikka ega diafragmadan iborat. Ta’minlagich boltlar yordamida tegirmonning yuklovchi sapfasiga o’rnatiladi.
Mahsulot qopqoqning teshigi, diafragmaning sektorli teshigi orqali o’tib, yuklovchi sapfa qoplamasining spiraliga tushadi.
Dastlabki mahsulot va klassifikator qumini bir vaqtda tegirmonga yuklash uchun jamlashgan ta’minlagichlardan foydalaniladi. Jamlashgan ta’minlagich barabanli va chig’anoqli ta’minlagichlarning birlashmasidan iborat. Silindrik barabanga oxirgi uchiga almashtiriladigan soyabon o’rnatilgan cho’mich mahkamlangan. Ta’minlagich boltlar yordamida tegirmonning yuklovchi sapfasiga o’rnatilgan.
Dastlabki mahsulot qopqoqdagi teshik orqali, qumlar esa baraban o’qidan quyi sathda joylashgan yuklovchi qutidan cho’michlar yordamida tortib olinadi va ta’minlagich barabanining ichiga tushadi.
Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon (10- rasm) tuzilish jihatdan panjara orqali bo’shatiluvchi tegirmon МШРga o’xshaydi. U yonbosh tomondan qopqoqli (2 va 4), ichi bo’sh sapfa (3) va (13) ga ega silindrik baraban (1) dan iborat bo’lib, shu sapfalar orqali baraban podshipnik (6) va (11) larga tayanadi.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə