Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi


1-


NDKTU

Uslubiy ko’rsatma 5320300 – Texnologik mashinalar va jihozlar (konchilik)” bakalavr yo’nalishi talabalari uchun “Boyitish va qayta ishlash korxonalari texnologik uskunalari” fanidan tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu uslubiy ko’rsatma oliy ta’lim muassasalarining fan dasturlariga mos ravishda tuzilgan. “Boyitish va qayta ishlash korxonalari texnologik uskunalari” fanidan tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun nazariy tavsiyalar berilgan bo’lib, ushbu uslubiy ko’rsatma tajriba mashg’ulotlarini bajarish jarayonida talabalar nazariy bilimlarini yanada mustahkamlaydilar.


Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik instituti Konchilik fakulteti Kengashining 2023 yil “___” _______________ dagi majlisi tavsiyasiga asosan Institutning 2023 yil “___” _______________ dagi o’quv-uslubiy Kengashida muhokama qilindi va chop etishga tavsiya etildi.
Tuzuvchi:
NDKTU Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti PhD Musurmonov E.Sh.

NDKTU Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M.A.




Taqrizchilar:
Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi Markaziy loyihalash byurosi boshlig’i o’rinbosari Sh.U. Zaripov

Navoiy davlat konchilik instituti Kimyo-metallurgiya fakulteti dekani, t.f.n., dotsent N.A. Doniyarov


1-tajriba ishi


Maydalash uskularining konstruksiyalarini o’rganish.


Ishning maqsadi: Talabalarga maydalash qurilmalarining tuzilishi va ishlash prinsipini o’rgatish hamda maydalagichlarni ishlatilish sohalari haqidagi bilimlarini takomillashtirish

Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog’ jinslarini erkin va bir-biridan ajralgan holda ko’rsata olishi mumkin bo’lgan yiriklikka keltirilish kerak. Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo’llaniladi.


Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash hamda yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o’lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi.
Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha kattalikda kelib tushadi va maydalangan mahsulot 10-15 mm o’lchamda bo’ladi.
Rudani boyitishdan oldingi eng so’nggi o’lchami qo’llaniladigan boyitish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu o’lcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo’li bilan aniqlanadi.
Foydali mineral zarra yuzasi qancha to’liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda o’ta yanchilishga yo’l qo’ymaslik kerak, chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o’tib, boyitish jarayonida boyitmaga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo’qolishi mumkin.
Bundan tashqari, o’ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko’rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi.
Maydalash jarayonlari juda qimmat turadigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayonlarga rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 % dan ortig’i sarflanadi. Shu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi.
Maydalash jarayoni ko’mirni chang holida yoquvchi stansiyalarda, sement zavodlarida, koks kimyoviy zavodlarida ko’mirni kokslash uchun tayyorlashda, ohak, dolomit va boshqa metallurgik zavodlarda mahsulotlarni maydalashda, yo’l qurilish sanoatida, qum-shag’al tayyorlashda va hokazolarda ham qo’llaniladi. Bu hollarda maydalash mahsulotlarining yirikligi keyingi tanlangan texnologiyaning talablari asosida o’rnatiladi.
Tog’ jinslari o’zining qattiqligiga qarab 4 ta guruhga bo’linadi: yumshoq, o’rtacha, qattiq va o’ta qattiq. Yumshoq rudalarga M.M. Prodotyakonov shkalasiga ko’ra 5 dan 10 gacha qattiqlik koeffitsiyentiga ega tog’ jinslari; o’rtacha qattiqlikka ega tog’ jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsiyentga, qattiq tog’ jinslariga 15 dan 18 gacha koeffitsiyentga ega va o’ta qattiq jinslarga 18 dan 20 gacha qattiqlik koeffitsiyentga ega jinslar kiradi.
Foydali qazilmalarning qattiqligi, shuningdek, Moosning qattiqlik shkalasi bo’yicha (tirnash usuli) ham aniqlanishi mumkin. Unga ko’ra, qattiq tog’ jinslariga (masalan, kvars, korund va hokazo) Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 6-10; o’rtacha (ko’mir, ohak) 2-5; yumshoq (gips) 1-2 qattiqlikka ega rudalar kiradi.
Yumshoq rudalar ikki bosqichda, o’rtacha qattiqlikdagi rudalar uch bosqichda, qattiq rudalar esa to’rt bosqichda maydalanadi. Ruda qanchalik qattiq va mustahkam bo’lsa, ichki tortilish kuchlarini yengish uchun shunchalik ko’p kuch talab qilinadi(1- rasm).


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə