Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə3/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

2-rasm. Jag’li maydalagich:
1-old korpus; 2-almashtiruvchi plitalar; 3- qo’zg’aluvchi yuza; 4-o’q; 5-maxovik;
6-val; 7-shatun; 8-orqa devor; 9-elektrodvigatel; 10-prujina; 11-tiirgak;
12, 15-tirgakli plitalar; 14-vkladish; 15-tyaga.

Maydalagich ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh devorlarining ichki yuzasi marganesli po’lat yoki toblangan cho’yandan yasalgan almashinuvchi plitalar (2) bilan qoplangan. Podshipniklarga mahkamlangan ekssentrik val (6) ga vertikal yo’nalishda qaytarma-ilgarilanma harakat qiluvchi shatun (7) ning boshi o’rnatilgan. Shatunning teshiklarida vkladishlar (14) bo’lib, ular tirgakli plitalarning uchlari (12) va plitalarning ikkinchi uchlari (15) vkladishga o’rnatilgan.


Shatun yuqoriga harakatlanganda plitalar orasidagi burchak kattalashadi va qo’zg’aluvchi yuza qo’zg’almas yuzaga yaqinlashadi. Bunda mahsulot ezilish, qisman esa siljish va bukilish hisobiga maydalanadi. Deformatsiyaning siljish va bukilish kabi turlari qoplovchi plitalar yuzasining qirraligi bilan tushuntiriladi.
Maydalagich korpusining yon devorlari silliq plitalar bilan qoplanadi. Shatun pastga harakatlanganda qo’zg’aluvchi yuza og’irlik kuchi va tyaga (13) orqali buferli prujina (10) ta’sirida qo’zg’almas yuzadan uzoqlashadi. Bunda maydalangan mahsulot to’kiladi.
Bo’shatish tuynugining kengligini o’zgartirish boshqaruvchi ponalar yordamida yoki tirgakli plitalarni almashtirish orqali amalga oshiriladi. Val (6) ga ikkita maxovik (g’ildirak) (5) o’rnatilgan. Maxoviklardan biri shkiv rolini bajaradi.
Jag’li maydalagichlar elektrodvigatel (9) dan ponasimon tasmali uzatma orqali harakatga keltiriladi.
Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari suyuq moy bilan, qo’zg’aluvchi yuzaning podshipniklari va tirgakli plita vkladishlari konsistent moy bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka avtomat ravishda ishlaydigan stansiyadan tushadi. Bu stansiya bakdan, yog’ nasosi, elektrodvigatel, filtr-sovutkich va nazorat-o’lchov apparatlari (termometr-rele, bosim relesi, monometr va hokazo) dan iborat. Konsistent moy quvurlar orqali yoki qo’lda moy stansiyalaridan beriladi.
Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagichlar ishlatila boshlandi (3-rasm).


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə