Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Yuzasi murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagich



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

3-rasm. Yuzasi murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagich:
1-qo’zg’almas yuza; 2-ekssentrik; 3-podshipnik; 4-shkiv; 5,6-vint; 7-pona; 8-tayanch;
9,12-vkladish; 10-tyaga; 11,13-qo’zg’aluvchi yuza; 14,15-almashtiruvchi plitalar.

Qo’zg’almas yuza (1) maydalagich staninasining bir qismi hisoblanadi. Qo’zg’aluvchi yuza (13) qo’zg’aluvchi podshipnik yordamida (soat strelkasi bo’yicha aylanuvchi) ekssentrik valga (2) osilgan. Tirgakli plita bir uchi bilan qo’zg’aluvchi yuzning vkladishi (12) ga, ikkinchi uchi bilan tayanch (8) ning vkladishi (9) ga suyanadi. Maydalagichning bu tayanchi va staninasi o’rtasida gaykalar bilan ikkita vint (5) da mahkamlangan pona (7) joylashgan. Bu ponaning holatini vertikal yuzada o’zgartirib, maydalagich bo’shatish tuynugining kengligi boshqariladi. Qo’zg’aluvchi yuza va tirgakli phta orasidagi kerakli bog’lanish prujinali tyaga (10) orqali amalga oshiriladi. Korpusning asosiy podshipniki (3) ga o’rnatilgan ekssentrik val (2) ponasimon-tasmali uzatma va shkiv (4) orqali harakatga keltiriladi. Ishchi holatda qo’zg’aluvchi yuza qo’zg’almas yuzaga goh yaqinlashadi, goh undan uzoqlashadi. Shu bilan birga u qo’zg’almas yuza bo’ylab harakat qiladi. Shuning uchun bunday maydalagichlarda mahsulot ezilish va ishqalanish hisobiga bo’linadi. Maydalangan mahsulotni bo’shatish tuynugidan majburan chiqarish hisobiga (ishqalanish kuchi pastga yo’nalgan) murakkab tebranuvchi jag’li maydalagichlar oddiy tebranuvchi jag’li maydalagichlarga nisbatan yuqori mehnat unumdorligiga ega. Maydalagichning ichki ishchi yuzasi almashtiruvchi plita (14) va (15) bilan qoplangan.


Qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas yuzalar orasidagi burchak qamrash burchagi deyiladi. Uning chegaraviy (eng katta) ma’nosi itaruvchi kuchlarning ishqalanish kuchlari bilan to’liq muvozanatlashgandagi holat bilan aniqlanadi, bu bilan mahsulotning maydalagichdan otilib chiqib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.
Konusli maydalagichning maydalovchi qismi qo’zg’almas konus ichiga joylashtirilgan qo’zg’aluvchi konus hisoblanadi (4-rasm).


4-rasm. Osilma valli yirik maydalovchi konusli maydalagichning sxemasi va ishlash prinsipi: 1-staninaning yuqori qismi (qo’zg’almas konussimon kosacha); 2-maydalovchi konus; 3-val; 4-ekssentrik stakan; 5-staninaning pastki qismi; 6-konusli uzatma;

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə