Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Tog’ jinsini kerakli o’lchamgacha parchalash usullari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

1-rasm. Tog’ jinsini kerakli o’lchamgacha parchalash usullari:
a-ezilish; b-uzilish; d-kesish; e-ishqalanish; f-siqiq zarba; g-erkin zarba.

Maydalashda mineral zarra yuzasining ochilishi ruda bo’iaklarining tashqi kuch ta’sirida parchalanishi natijasida sodir bo’ladi. Ruda bo’laklarini parchalash uchun alohida kristallar orasidagi va kristallar ichidagi tortishish kuchini yengish kerak. Bu rudaning mustahkamligini belgilaydi. Bundan tashqari, rudaning mustahkamligi uning tuzilishidagi ichki nuqsonlar (darz, begona narsalar) ga ham bog’liq.


Rudaning xossalari (mustahkamlik, mo’rtlik, qovushqoqlik va boshqalar) ga qarab parchalanishning quyidagi usullari qo’llanilishi mumkin.
Ezilish - ikkita maydalovchi yuza orasida ruda bo’laklarining siqilishi natijasida parchalanish.
Yorilish - ruda bo’laklarini maydalovchi jismning uchlari (tig’lari) orasida uzilib bo’linishi.
Zarba - ruda bo’laklarini qisqa ta’sir etuvchi dinamik yuk ta’sirida parchalanishi.
Ishqalanish - ruda bo’laklarini bir-biriga qarama-qarshi harakatlanuvchi maydalovchi yuza orasida parchalanishi.
Rudalarni maydalashni amalga oshiradigan apparatlar maydalagichlar deyiladi. Bu apparatlar bo’linish ta’sirini hosil qiluvchi mexanizmning tuzilishi va mineral agregatiga ta’sir qilish usuli: qisqa ta’sir qiluvchi dinamik yuk-zarba, asta-sekin kuch qo’yish - ezish va parchalash, abraziv bo’linish - ishqalanish va boshqalar bilan bir- biridan farq qiladi.
Bo’linish (uzilish)ni quyidagi mexanizmlar sodir etadi: katta konus ichida aylanadigan ikkinchi konus; tekis yuzali yoki tishli valok; qaytarma-ilgarilanma harakatlanuvchi plitalar; bolg’achalar; ruda bo’laklarini irg’ituvchi va ularni qaytaruvchi plitalarga urib aylanuvchi rotorlar va hokazolar.
Rudaning mustahkamligi, qovushqoqligi, bo’laklarning kattaligi va boshqa xususiyatlarga qarab maydalash uchun tashqi ta’sirning biron- bir samaraliroq usuli tanlanadi.
Maydalagichlar 4 ta asosiy guruhga bo’linadi:

  1. Jag’li maydalagichlar - mahsulotni maydalash davriy ravishda qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas, tekis yoki botiq chiziqli yuza orasida sodir bo’ladi;

  2. Konusli maydalagichlar - mahsulot uzluksiz ravishda ikkita (birining ichida ikkinchisi aylanuvchi) konus yordamida maydalanadi;

  3. Valokli maydalagichlar - mahsulot ikkita bir-biriga qarama- qarshi harakatlanuvchi silliq yoki tishli silindrik valoklar orasida ezilib maydalanadi;

  4. Zarbli maydalagichlar - ruda bo’laklari katta tezlik bilan harakatlanuvchi maxsus detallar, masalan, bolg’achalar zarbi ta’sirida maydalanadi.

Masalan, agar ruda mustahkam bo’lsa, uni maydalashning eng qulay usuli ezish yoki zarba hisoblanadi. Ruda bo’laklarida ko’p darzlar bo’lib, u mo’rt bo’lsa uni zarba ostida maydalash afzalroq, biroq rudaning qovushqoqligi yuqori bo’lsa, zarba ta’sirida maydalashning samarasi keskin kamayadi.
Odatda, maydalashning quruq usuli qo’llaniladi. Agar rudaning tarkibida loy bo’lsa, (masalan, marganesli, qo’ng’ir temir toshli ruda) ho’l usulda maydalanadi.
Maydalash usulini tanlash rudaning qiymati va maydalangan mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablarga ham bog’liq. Masalan, agar ruda mo’rt bo’lsa va o’zida qimmatbaho foydali minerallarni saqlasa, uni maydalash vaqtida iloji boricha o’ta yanchiluvchanlikka va shlamlanishga olib keluvchi ishqalanishning oldini olish kerak.
Rangli va qora metallarning rudalarini yirik, o’rta va mayda maydalashda yuqori mehnat unumdorligi bilan ajralib turuvchi konusli maydalagichlar ishlatiladi.
Qattiq va o’rtacha qattiqlikka ega bo’lgan jinslarni yirik, o’rtacha va mayda maydalashni ezish prinsipi bo’yicha ishlovchi (yuzli, konusli va tekis valokli) maydalagichlarda maydalash maqsadga muvofiqdir. Yumshoq va mo’rt jinslarni yirik maydalash parchalash prinsipi bo’yicha ishlovchi (masalan, tishli valokli) maydalagichlarda, ularni o’rta va mayda maydalashni zarba ta’sirida ishlovchi (masalan, bolg’achali) maydalagichlarda maydalash tavsiya qilinadi.
Jag’li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik hamda o’rta maydalash uchun ishlatiladi. Jag’li maydalagichlarda rudani maydalash qo’zg’aluvchi va qo’zg’almas yuza (plita)lar orasidagi bo’shliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo’ladi.
Ruda yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo’shliqqa beriladi va ularning yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esa qo’zg’aluvchi yuza har safar qo’zg’almas yuzadan uzoqlashganda bo’shatish tuynugi orqali tushirib olinadi.
Sanoatda jag’li maydalagichlar oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali qilib ishlab chiqariladi. Bu yuza sharnirli o’q yoki ekssentrik valga osilgan bo’lib, qo’zg’almas yuzaga goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashib tebranishlar hosil qiladi.
Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng ishlatilib, ikkinchi turdagisi esa faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari uehun tayyorlanadi. Yuza tebranuvchi harakatni uzatuvchi mexanizm orqali ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qo’zg’aluvchi yuzali maydalagichlarda bu yuza uzatuvchi ekssentrik valga sharnir orqali osilgan bo’lib, uning pastki qismi esa tirgakli plita orqali sharnirga ulangan.
Jag’li maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi, bo’shatish tuynugining kengligi bilan aniqlanadi (2-rasm).
Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda ruda hamda boshqa mahsulotlarni yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi qo’zgaluvchi yuzali maydalagichlar keng ishlatiladi. Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta bo’lmagan balandlikka ega bo’lib, ular juda ishonchli hisoblanadi.
Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag’li maydalagichning korpusi (qutisi) old (1), orqa (8) va ikkita yonbosh (16) devorlardan iborat. Oldingi devor qo’zg’almas yuza vazifasini bajaradi. Qo’zg’aluvchi yuza ikkita podshipnikka tayangan o’qqa osilgan.




Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə