Tuzuvchi: ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi Dotsenti Phd musurmonov E. Sh ndktu konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Boltayev M. A. Taqrizchilar


-rasm. Panjarali bo’shatuvchi sharli tegirmon



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə8/14
tarix21.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#129431
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Tajriba Boyitish sirtqi

8-rasm. Panjarali bo’shatuvchi sharli tegirmon:
1-baraban; 2 - yonbosh qopqoqlar; 3 - podshi6niklar; 4-yuklovchi sapfa; 5-ta’minlagich;
6-markaziy tuynuk; 7-cho’mich; 8-plita; 9-boltlar; 10-panjara; 11-tishli jig’a; 12-to’siq liftyorlar; 13-bo’yin; 14-bo’shatuvchi sapfa; 17-lyuk; 18- shestemya; 9-uzatuvchi val.

Katta o’lchamli tegirmonlarda sekin harakatlanuvchi elektrodvigatel uzatuvchi valga elastik mufta yordamida, kichik o’lchamdagi tegirmonlarda esa reduktor orqali bog’lanadi.


Dastlabki mahsulot tegirmonga markaziy tuynuk (6) orqali ta’minlagich (5) dan, klassifikator qumi esa chig’anoqsimon cho’mich yordamida yuklanadi. Baraban va yonbosh qopqoqlar ishdan chiqmasligi uchun boltlar yordamida mahkamlanuvchi plitalar bilan, g’ovak sapfalarning ichi esa almashtiriladigan voronkalar bilan qoplanadi.
Tegirmonning bo’shatilish tomonida panjara (10) o’rnatilgan, bu panjara va yonbosh qopqoq (16) orasidagi bo’shliq radial to’siqlar - liftyor (12) yordamida sektorli kameralarga bo’lingan bo’lib, ular sapfa (14) ga ochiladi. Panjara va sektorlik kamera yanchilgan mahsulotni tegirmondan majburiy chiqarishga va bo’tana sathini past ushlab turishga imkon beradi. Tegirmon aylanganda liftyor (.12) lar bo’tanani bo’shatish sapfasi (14) ning sathigacha ko’tarib beradi va tegirmondan mahsulot chiqarib olinadi.
Tegirmonga uning hajmini taxminan yarmigacha turli o’lchamdagi (40 mm dan to 150 mm gacha) po’lat yoki cho’yan sharlar solinadi.
Baraban aylanayotgan vaqtda sharlar dumalab, sirg’anib, bir-biriga urilib foydali qazilma zarralarini yanchiydi. Yedirilgan sharlarni chiqarib olishga, tegirmonning ichiga qoplamani kiritish va uni kuzatib turish uchun lyuk xizmat qiladi. Bo’shatuvchi sapfaning bo’yni kattaroq diametrga ega, shu tufayli bo’tananing bo’shatish tomonga harakatlanishi sodir bo’ladi.
Tegirmonning nominal o’lchamlari barabanning ichki diametri D va qoplama qalinligini hisobga olmagan holda uning uzunligi L bilan aniqlanadi. Panjarali bo’shatuvchi tegirmon qisqacha МШР-DxL deb belgilanadi.
Bu tegirmonlarning texnik xarakteristikasi jadvalda keltirilgan. Tegirmonning barabani po’lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh qopqoqlar esa cho’yandan yoki po’latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar yordamida ulanadi. Qoplamaning qalinligiga h diametr D ga bog’liq holda qabul qilinadi:



D,mm

900

1200-2100

2700-3600

4000-4500

h, mm

70

100

120

140

Yanchuvchi vositaning xarakterli xususiyati (ko’tarilish balandligi, qoplamaning sirg’anish koeffitsiyenti) tegirmon barabanining ishchi hajmi, qoplamaning yemirilishi, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi, elektr energiyasining sarfi va hokazolar baraban qoplama plitalarining qalinligi va profiliga bog’liq.


Diametri 100-125 mm li sharlar solinuvchi yanchishning I bosqichidagi sharli tegirmon uchun qirrali profilga ega qoplama yaxshi hisoblanadi (9-rasm, a). U sharlarni qoplama bilan mustahkam bog’lanishini, sharlarni yuqori balandlikka ko’tarilishini, sharlarning sirg’anishini yo’qotishni, plitalarning bir tekis va sekinroq yedirilishini, metall va elektr energiya sarfining kamayishini, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.
Yanchishning II bosqichida sharli tegirmonlar uchun yaxshi qoplama qirrali qoplama hisoblanadi (9- rasm, b). Bu qoplamalar po’latdan tayyorlanadi. Sterjenli tegirmonlar uchun to’lqinsimon ko’rinishli qoplama ishlatilib (9-rasm, d), u sharli tegirmonlar uchun tavsiya etilmaydi.
Yanchishning II bosqichida sharli tegirmonlar uchun rezinali qoplamalar ishlatiladi (9-rasm, e).


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə