Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami

45 daqiqa



I. Darsni tashkil etish :
O‘quvchilarni darsga tayyorlash .Darsni “Yozuv darsi” she’ri bilan boshlash.
Yozuv darsida bizlar,
O‘rganamiz yozishni,
Unsurlar-u harflarni ,
Bo‘g‘inlar-u so’zlarni .
So‘zlardan gap tuzishni,
O‘rganamiz yozishni.
O‘quvchilardan yil , fasl , oy ,hafta kunni so‘rab , hafta kunlarini o‘rgatish .
O‘ng qo‘limiz dushanba,
Chap qo‘limiz seshanba.
Yuzlarimiz chorshanba,
Ko‘ksimiz payshanba ,
Qorinchamiz juma ,
Dam olamiz shanba ,yakshanba .
Navbatchi axborotini o‘rgatish . Navbatchining vazifalarini tushunturish.
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish .
II . O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
O‘tgan darsda nimalarni o‘rgandik ?
( . ) bu unsurning nomini ayting .
( / ) bu unsurning nomini ayting .

  • Biz qaysi daftar bilan ishlayapmiz?

  • Yozuv daftarimizda qanday chiziqlarni ko‘ryapmiz ?

( O‘quvchilarga daftarning asosiy va yordamchi chiziqlarini ko‘rsatish .)

  • Bu chiziqlarning vazifasi nima ekan ?

O‘quvchilarni doskaga chiqarib o ‘rgangan unsurlarini yozdirish .
III . Yangi mavzu bayoni .
O‘quvchilarga yozuv daftarini tarqatish. Daftarni parta ustiga qo‘yish tartibi va yo-zish qoidarini eslatish .
O‘quvchilarga kichik va uzun ilmoqlarni yozilishini tushuntirish .
Kichik va uzun ilmoqlarni yozilishini ko‘rsatish .
O‘qituvchi doskaga kichik va uzun ilmoqlarni chizib ko‘rsatadi .
Kichik ilmoqchani yozishda qo‘l harakati holatini izohlaydi .
Partada o‘tirish qoidasi yoki dars jarayonidagi o‘tirish holatiga oid bilimlar eslatiladi .
Sinf partasida o‘tirganda boshimizni o‘ng yoki chapga qiyshaytirmasdan to‘g‘ri o‘tirishimiz lozim . Ko‘zimiz bilan yozuv daftari orasidagi masofa
30- 35 sm ga teng bo‘lishi kerak . Ruchkani o‘ng qo‘limiz bilan ushlaymiz . Yozayotganda esa ruchkaning uchi bilan barmoqlarimiz orasi 10- 12 mm maso-fa bo‘lishi , ruchkaning orqa tomoni esa o‘ng yelkamizga to‘g‘ri bo‘lishi lozim .
O‘quvchilarga oldin tutashuvchi pastki chiziqdan tutashuvchi ilmoqlarni yozib ko‘rsatish . O‘quvchilar maxsus havoga yozish mashqlaridan so‘ng , daftarlariga kichik va uzun ilmoqlarni yozishadi.

Kichik chiziqlar bo‘ylab tutashuvchi ilmoqlarni yozib ko‘rsatish . Unsurni havoda yozish mashqlari o‘tkazilgandan so‘ng , o‘quvchilar namunaga qarab unsurlarni yozadi-lar .

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə