Тузувчилар


Texnik gidrodinamika masalasining umumiy qo‘yilishi



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/69
tarix22.03.2024
ölçüsü5,08 Kb.
#180177
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Suyuqlik va gaz mexanikasi Tursunova E. (1)

Texnik gidrodinamika masalasining umumiy qo‘yilishi.
Suyuqlik oqimining asosiy gidrodinamik xarakteristikasi sifatida r – gidrodinamik 
bosimning skalyar kattaligi va zarrachaning harakat tezligining 
(u)
vektor kattaligini 
ko‘rsatish mumkin. Suyuqlik harakatlanayotgan muhitning turli qo‘zg‘almas nuqtalarida 
bosim turli qiymatlarga ega bo‘lishi bilan birgalikda, vaqtning turli qiymatlarida ihtiyoriy 
qo‘zg‘almas nuqtada bu kattalik turli qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Ya’ni:



















t
z
y
x
f
u
t
z
y
x
f
u
t
z
y
x
f
u
t
z
y
x
f
р
z
y
x
,
,
,
,
,
,
,
,
,
,
,
,
4
3
2
1
(6.2) 
bunda, 
u
x
, u
y
, u
z
– tezlikning dekart koordinatalar sistemasidagi proyeksiyalari. 
Ma’lum bir 
t
1
- vaqtdagi 
f
1
, f
2
, f
3
, f
4
funksiyalar qiymatini bilish orqali bosimning 
skalyar maydoni va tezlikning vektor maydoni haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. 
Shuning uchun matematik gidrodinamikada r va 
u
kattaliklarni bilish asosiy masala 
hisoblanadi. 
Masalaning bunday quyilishida 
f
1
, f
2
, f
3
, f
4
funksiyalar qiymatini hisoblash shu 
darajada qiyin masalaki, hatto real suyuqlikni ideal suyuqlik deb faraz qilinganda ham, 
masalani hal qilib bo‘lmaydi. qolaversa amaliyotda bu masalani nihoyatda yuqori darajada 
hisoblashga ehtiyoj bo‘lmaydi. 
Shu sababli texnik gidrodinamikada (6.2) ifodadan foydalanilmasdan, gidravlik 
usuldan keng foydalaniladi. Gidravlik usul yordamida harakatlanayotgan suyuqlik 
joylashgan muhitning ixtiyoriy qo‘zg‘almas nuqtasidagi bosimni va tezlikni aniqlash 
oqimning ayrim o‘rtacha va integral xarakteristikalariga asoslangan. Shu usulga asoslanib
tuzilgan asosiy tenglamalar quyidagilardir: 
- suyuqlikning siqilmaslik va uzluksizlik gidravlik tenglamasi; 
- real holatdagi «butun oqim» uchun kinetik energiyaning (Bernulli tenglamasi) 
gidravlik tenglamasi; 
- real holatdagi suyuqlik uchun harakatlar soni gidravlik tenglamasi; 
- suyuqlikning harakatida paydo bo‘ladigan ishqalanish kuchlarining miqdorini 
baholash uchun empirik va yarim empirik ifodalar (Darsi va Veysbax ifodalari)dan 
foydalaniladi. 
Tenglamalarning hadlarini aniqlab, ularning yordamida gidravlik xodisalarni tahlil 
qilish natijasida suyuqliklar mexanikasiga oid nihoyatda qiyin amaliy muammolarni hal 
qilish mumkin bo‘lgan texnik nazariyani yaratish mumkin. Lekin ayrim masalalarning 
yechimini topishda bu usullarni suyuqliklarning matematik mexanikasi bilan birgalikda 
qo‘llanilishini ham ta’kidlashimiz kerak.


37 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə