Umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishida


To‘garak chuvalchanglar filogeniyasi



Yüklə 202,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix14.06.2023
ölçüsü202,78 Kb.
#117087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UMIRTQASIZ HAYVONLAR KELIB CHIQISHI

To‘garak chuvalchanglar filogeniyasi
Ko‘pchilik olimlaming fikricha filogenetik jihatdan to'garak chuval- 
changlar kiprikli yassi chuvalchanglarga yaqin turadi. Bu ikki guruh o‘rtasida 
o'xshashlik tuban tuzilishga ega bo‘lgan vakillarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
Og‘izaylangichlilar vaqorinkipriklilaming tanasidakipriklar bilan qop- 
langan joylaming bo‘lishi, protonefridiylari, halqumi va jinsiy bezlarining 
tuzilishiga ко ‘ra kiprikli chuvalchanglarga yaqin turadi. To ‘garak chuval- 
changlaming nerv sistemasi prinsip jihatdan kiprikli chuvalchanglamikidan farq 
qilmaydi. Nematodalarning og‘iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashganligini 
bilamiz. Yassi chuvalchanglar orasida faqat to‘g‘ri ichak- lilarda og‘iz teshigi ana 
shunday terminal, ya’ni tanasi uchki qismida joylashgan. Ayrim jinsli xususiyatini 
hisobga olmaganimizda to‘garak chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi 
(xususan, og‘izaylangichlilarda 
sariqdonlaming 
bo‘lishi) 
ham 
kiprikli 
chuvalchanglarga o‘xshash bo‘ladi.
Birlamchi tana bo‘shlig‘i, orqa ichak va anal teshigining rivojlanganli- gi 
bilan to‘garak chuvalchanglar yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Lekin bu 
belgilar progressiv evolyutsiya tufayli paydo bo‘lganligidan to‘garak 
chuvalchanglami kiprikli yassi chuvapchanglardan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi 
nazariyaga monelik qila olmaydi. Ayrim to‘g‘ri ichakli kiprikli chuvalchanglar 
parenximasi lakunlari (tana bo‘shlig‘i qoldiqlari) juda keng bo‘lib, ulaming ichida 
parazit infuzoriyalar suzib yuradi. To'garak chuvalchanglaming birlamchi tana bo 
‘shlig ‘i ana shunday lakunlaming yiriklashu- vi va o'zaro qo'shilishidan kelib 
chiqqan bo‘lishi mumkin.
To'garak chuvalchanglar tipi ayrim sinflari tuzilishida kiprikli chuval-
changlardan keskin farq qiluvchi belgilar paydo boigan. Bu belgilar ku- tikulaning 
qalinlashuvi, kipriklaming yo‘qolishi, hujayra tarkibining doimiy bo'lishi 
(nematodalar, og‘izaylangichlilar), halqa muskullaming bo‘lmasligi, halqum atrofi 
nerv halqasining bo'lishi, protonefridiylar о‘miga bo‘yin be- zlaritiing paydo 
bo'lishi, og‘izaylangichlilar halqumining chaynovchi halqumga aylanishi, teri-
muskul xaltasining alohida muskullarga ajralib ketganligi va boshqalardan iborat. 
Keltirilgan belgilar asosan alohida or- ganlarga tegishli bo‘lganidan to ‘garak 
chuvalchanglar tuzilishining umumiy xususiyatlariga ta’sir etmaydi.




Yüklə 202,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə