Umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishida


Bo ‘gimoyoqlilar tipining filogeniyasi



Yüklə 202,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.06.2023
ölçüsü202,78 Kb.
#117087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UMIRTQASIZ HAYVONLAR KELIB CHIQISHI

Bo ‘gimoyoqlilar tipining filogeniyasi
Bo‘g‘imoyoqlilar tipining ajdodlari tanasi ko‘p bo‘g‘imlargabo‘lingan 
primitiv tuzilgan ko‘p tokli halqali chuvalchanglar bo‘Igan. Ko'pchilik olim- 
laming fikricha bo‘g‘imoyoqlilar bilan halqali chuvalchanglar tuzilishidagi 
umumiy o'xshashlik ulami bitta umumiy Articulata (bo‘g‘imlilar) tipiga 
birlasbtfrish uchun asos bo ‘ladi.
Во‘g‘imoyoqlilar turli kenja tiplarining vakillari bir-biridan tanasining 
bo‘limlargabo‘linishi, bosh bo‘limining ixtisoslashish darajasi, oyoqlarin- ing 
tuzilishi va lichinkasining rivojlanish xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Halqali 
chuvalchanglardan bo‘g‘imoyoqlilaming kelib chiqish jaray- oni tana tuzilishi 
murakkablashuvi orqali borgan. Bu jarayonda chuval- changlaming yupqa 
kutikulasi pishiq tashqi tana skeletiga aylangan; teri- muskul xaltasi alohida 
muskullarga ajralib ketishi tufayli aralash tana bo‘shlig‘i - miksotsel paydo 
bo‘lgan; parapodiylardan yurish oyoqlari, orqa qon tomiridan esa yurak kelib 
chiqqan; murakkab ko'zlar rivojlan- gan. Sefalizatsiya (boshning shakllanishi) 
jarayonida tananing oldingi bo‘g‘imlaridan bosh bo'limi hosil bo‘lishi va oldingi 
parapodiylar og‘iz opganlari (jag‘lar)ga aylanishi tufayli tanadagi gomonom 
bo‘g‘imlar o‘miga geteronom bo‘g‘imlar paydo bo‘lgan. Yuqorida keltirilgan 


fikrlarning da- lili sifatida suvda hayot kechiradigan ayrim bo‘g‘imoyoqlilarda 
nafas ol- ish organi tashqi teri jabralaridan iborat ekanligini aytib o‘tish kifoya. Tu- 
ban qisqichbaqasimonlarning jabrasi ham parapodiylardan kelib chiqqan oyoqlar 
bilan bog'langan; biroq oyoqlar bo‘g‘imlarga bo‘linganligi bilan parapodiylardan 
farq qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming antennullasi halqali chu- valchanglaming 
paypaslagichlaridan hosil bo‘lgan.
Xelitseralilaming filogenetik
yo'li trilobitasimonlardan boshlanadi. Tri- 
lobitalar paleozoy oxirigacha yashagan; ulaming avlodlari evolyutsiya davomida 
antennullalarini yo‘qottan, boshidagi birinchi juft о‘simtalari xelitseralarga, 
ikkinchi jufti pedipalpalarga, qolgan ikki jufti esa oldingi ikki juft yurish 
oyoqlariga aylangan. Tana bo‘g‘imlaridan oldingi ikki jufti ko'pchilik 
xelitseralilarda bosh bo‘limi bflan birlashib yaxlit boshko‘krakni, qolgan 
bo‘g‘imlari esa oldingi va keyingi qorin bo‘limIarini hosil qilgan. Shu sababdan 
xelitseralilar trilo- bitasimonlar orqali halqali chuvalchanglar bilan filogenetik 
bog'langan. Xelitseralilaming tuban tuzilgan vakillari trilobitasimonlar singari 
suvda hayot kechiradi va jabra bilan nafas oladi; oliy xelitseralilarga mansub 
bo'lgan o'rgimchaksimonlar esa quruqlikda yashashga moslashgan.
Shunday qilib, bo‘g‘imoyoqlilar evolyutsiyasi ikki xil parallel filogene- tik 
yo‘nalishda borganligini taxmin qilish mumkin. Ulardan birinchisidan dastlab 
jabra bilan nafas oluvchilar, keyinroq traxeyalilar kelib chiqqan. Ikkinchi yo‘nalish 
trilobitasimonlar orqali xelitseralilaming paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu 
jarayonda birinchidan 
oligomerizatsiya
tufayli halqali chuvalchanglarda tana 
bo‘g‘imlarining soni tobora kamaya borsa, ikk- inchidan ayrim bo‘g‘imlaming 
ixtisoslashuvi kuchaygan. Oligomerizatsiya o‘z navbatida tana bo‘g‘imlarining 
geteronomligi, organlaming ixtisoslashuvi hamda kuchayishiga sabab bo'lgan.

Yüklə 202,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə