Umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishida


Ignaterililar filogeniyasi



Yüklə 202,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix14.06.2023
ölçüsü202,78 Kb.
#117087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UMIRTQASIZ HAYVONLAR KELIB CHIQISHI

Ignaterililar filogeniyasi
Ignaterililar tuzilishining xilma-xilligi ulaming kelib chiqishini tushunt- 
irishni qiyinlashtiradi. Anal teshigining blastopor o‘mida paydo bo‘lishi, 
mezodermaning kelib chiqishi va nihoyat uch bo‘g‘imli lichinkasi ulami 
ikkilamchi og'izli hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi.Ignaterililaming kelib chiqishini 
ulaming hammasi uchun umumiy bo‘lgan diplevrula lichinkasi orqali tushuntirish 
mumkin. Diplevrulaning tuzilishi ignaterililaming ajdodlari ikki tomonlama 
simmetriyali oligomer (kam bo‘g‘imli) erkin harakatlanadigan hayvon 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ulaming og‘iz teshigi tanasining oldingi tomoniga, anal 
teshigi keyingi tomoniga yaqinroq joylashgan; selom bo‘shlig‘i 3 juft xaltachalarga 
ajral- gan. Bunday gipotetik organizm faqat ignatanlilamigina emas, balki ham- ma 
ikkilamchi og'izlilaming ham ajdodi bo'lishi mumkin. Chunki Chalax- ordalilar va 
Pogonoforalar voyaga yetgan davrida ham tanasi uchta bo‘g‘imdan iborat. Ayrira 
chalaxordalilar lichinkasi ignatanlilaming diplevrula lichinkasigao‘xshashbo‘lib, 
selomi uchga bo‘lingan. 0‘troq yashashga o‘tgan hayvonlar og ‘iz teshigi atrofida 
keyinchalik suvdan oziq zarralarini yig'ishga moslashgan kiprikli radial ambuiakral 
egatchalar paydo bo‘lgan. Tabiiy tanlash tufayli bu egatchalar eng qulay holatni 
egallagan va ulaming soni doimiy 5 ta bo‘lib qolgan. Evolyutsiya jarayonida skelet 
plastinkalari va ichki organlaming joylashishi ham egatch- alaming joylashishiga
ya’ni radial simmetriyaga moslasha borib, besh nurli simmetriya kelib chiqqan. 
Eng so‘nggi navbatda ovqat hazm qilish va jinsiy sistemasi radial simmetriya 
holatiga ega boigan. Chunki hozirgi ignaterililar orasida goloturiyalar, dengiz 
tipritikanlari va nilufarlarning ichagi naysimon tuzilgan, goloturiyalaming jinsiy 
bezlari esa bitta boladi. Hozirgi ignaterililar tuzilishining bir qancha xususiyati
xususan tosh kanali, o‘q organi va madreopor plastinkasining ekssentrik 
joylashishi nurli simmetriyaga mos kelmaydi.

Yüklə 202,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə