Umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishida


Mollyuskalar filogeniyasi



Yüklə 202,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix14.06.2023
ölçüsü202,78 Kb.
#117087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UMIRTQASIZ HAYVONLAR KELIB CHIQISHI

Mollyuskalar filogeniyasi
Ko‘pchilik olimlaming fikriga qaraganda, mollyuskalar halqali chu- 
valchanglardan 
kelib 
chiqqan. 
Darhaqiqat, 
mollyuskalarning 
embrional 
rivojlanishi, xususan, tuxum hujayrasining maydalanishi, mezodermaning hosil 
bo‘lishi, shuningdek troxofora lichinkasi ulami halqali chuvalchanglar bilan 
qarindoshligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari eng sodda tuzilgan yonboshnervlilar 
vamonoplakoforalaming tuzilishidametamerlik xusus- iyati yaqqol ко ‘zga 
tashlanadi. Bu xususiyatni’ nautilusda ktenidiy jabralar, buyraklar va yurak 
bo‘lmalarining soni 2 juftdan bo‘lishi ham isbot qiladi. Biroq bir qancha 
zoologlaming fikricha mollyuskalar chig‘anog‘i va or- ganlarining metamerligi 
birlamchi emas, balki ikkilamchi paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Masalan, faqat 
buyrak teshigi oldidajoylashgan osfradiyga ega bo‘lgan bir juft jabralar haqiqiy, 
boshqalari esa nafas olishni jadal- lashtirish uchun ikkilamchi tarzda keyinchalik 
kelib chiqqan.
Xuddi shuningdek monoplakoforalarning qalpoqsimon chig‘anog‘i va 
metamer joylashgan muskullari ham ikkilamchi paydo bo‘lgan. Chunki qadimgi 
mono- plakoforalaming spiral chig‘anog‘i va ikki boylash muskullari bo‘lgan.


Mollyuskalar evolyutsiyasini ko‘rsatib berishda ichki organlar, ayniqsa 
selom bo‘shlig‘i organlaridagi metamerlik belgilari ko‘proq ahamiyatga ega. 
Neoplinada 6-7 juft metanefridiy tipidagi ayirish organlari, 2 juftdan jinsiy bezlar 
va yurak bo‘lmachasining bo ‘lishi mollyuskalar tanasini dastlab 6-7 bo ‘g ‘imdan 
iborat bo ‘lganligidan dalolat beradi. Bu hoi mollyuskalam- ing qadimgi ajdodlari 
tanasi oz sondagi larval lichinka uchun xos halqalar- dan iborat oligomer halqali 
chuvalchanglar bo‘lganligidan darak beradi. Oligomerizatsiya jarayoni tufayli bir 
qancha organlar (buyrak, yurak bo'lmasi, haqiqiy ktenidiy jabralar) soni kamayib 
ketgan.
Hozirgi mollyuskalar orasida monokoplakoforalar eng sodda tuzilgan. Buni 
neoplinaning tuzilishi ko‘rsatib turibdi. Monoplakoforalar tuzilishin- ing ayrim 
belgilari, xususan yurak qorinchasining ikkita bo‘lishi bilan plas- tinkajabralilar, 
qorinoyoqlilar va boshoyoqlilaming embrioniga o'xshab ketadi. Yonbosh 
nervlilaming yuragi doimo toq boiadi. Bundan tashqari monoplakoforalar 
yonboshnervlilarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan. Shuning uchun 
mollyuskalarning bu ikki kenja tiplari umumiy ajdodlaridan ancha ilgari ajralib 
chiqqan bo‘lishi lozim. Bu gipotetik ajdodining chig‘anog‘i bo'lmagan; faol hayot 
kechirgan. Undan mollyuskalarning ikki guruhi-yonboshnervlilar vachig‘anoqlilar 
kelib 
chiqqan. 
Sodda 
tuzilgan 
qadimgi 
monoplakoforalardan 
hozirgi 
qorinoyoqlilar, plastinkajabra- lilar, kurakoyoqlilar paydo bo‘ladi.Boshoyoqli 
mollyuskalar boshqa guruhlardan mustaqil ravishda dast- labki sodda 
mollyuskalardan kelib chiqqan bo'lishi lozim.

Yüklə 202,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə