Umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishida



Yüklə 202,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix14.06.2023
ölçüsü202,78 Kb.
#117087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UMIRTQASIZ HAYVONLAR KELIB CHIQISHI

Nemertinlar filogeniyasi.
Eng muhim tuzilish belgilariga ко ‘ra nemertinalar kiprikli 
chuvalchanglarga yaqin turadi. Kiprikli chuvalchanglar singari ular tana bo‘shlig‘i 
rivojlanmagan parenximatoz hayvonlarga kiradi. Nerv sistemasi asosiy elementlari, 
ko‘zining tuzilishi, protonefridiy ayirish sistemasi, bir qancha turlarida tuxum 
hujayrasining spiral maydalanishi bilan ular kiprikli chuvalchanglarga o‘xshaydi. 
Nemertinalar pilidiy lichinkasining tuzilishi ham ko‘p shoxli kiprikli 
chuvalchanglaming myullerov lichinkasi- ga o‘xshaydi. Ana shu dalillarga 
asoslangan holdanemertinalarni kiprikli chuvalchanglardan kelib chiqqan deyish 
mumkin.
Qon aylanish sistemasi va orqa ichakning rivojlanishi nemertinalar 
evolyutsiyasining progressiv yo'nalishda borganligini ko‘rsatadi. Lekin xartumning 
paydo bo‘lishi ulami tor doirada ixtisoslashganligini ko‘rsatadi. Nemertinalar 2 
kenja sinfga bo'linadi.
Наг xil nemertinalar.
A -Cerebratulus.
В -Cerebratulusning oldingi uchi. :- xartum, 2 - yon tirqishlar, 3 - og‘iz teshigi
D -Nectonemertes.
E - Malacobdella
Nemertinalaming tuzilishi.
A - oldingi qismining bo'ylama kesmasi sxemasi,
В - ko‘ndalang kesmasi: 1 - hartumi chiqadigan teshik, 2 - qorin nerv gangliysi, 3 - 
og‘iz teshigi, 4 - halqum, 5 - tana ichiga tortilgan hartum, 6 - hartum qini 
bo‘shlig‘i, 7 - bosh gangliysi, 8 - epidermis, 9 - halqa muskullar, 10-jinsiy teshik, 
11 -tuxumdon, 12-ko‘ndalangmuskullar, 13
-yon nerv, 
14 - yon qon tomiri, 15 - 
ichak, 16 - parenxima, 17 - orqa qon tomiri.
Tikanboshlilar filogeniyasi


Tikanboshlilar filogeniyasi to‘g‘risidagi eng eski nazariya ulami 
yassi chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Xartumni sestodlar 
skoleksiga o‘xshashligi, hazm qilish sistemasining bo‘lmasligi, ayirish 
sistemasining protonefridiy tipida boiishi, nerv sistemasidaortogen 
belgilarining bolishi ana shundan darak beradi. Lekin yopishuv 
organlarining tuzilishi va ichakning yo‘qolib ketishi ulami parazit 
yashashi bilan pay do bo'lgan konvergent bel- gilar hisoblanadi. 
Tikanboshlilarga yassi chuvalchanglardan mustaqil holda kelib chiqqan 
va tor doirada ixtisoslashgan hay vonlar tipi sifatida qaralishi lozim. 
Ular hayvonot dunyosining uchi berk shoxchasi hisoblanadi.
Tikanboshlilaming tuzilishi.
A -urg‘ochi.
В-erkak: 1 - hartum, 2 - hartum qini, 3 - lemniska, 4-qin muskullari, 5-ligament, 6-
tuxum, 7-bachadon qo‘ng‘irog‘i, 8 - bachadon, 9 - qin, 10 - jinsiy teshik,
11- bosh gangliy, 12 - nerv stvoli, 13 - urug‘donlar, 14-urug‘ yo'llari, 15 -sement 
bezlari, 16-protonefridiy, 17 - kuyikish organi, 18 - kuyikish xaltasi

Yüklə 202,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə