Umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishida


Jabra bilan nafas oluvchilar filogeniyasi



Yüklə 202,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix14.06.2023
ölçüsü202,78 Kb.
#117087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
UMIRTQASIZ HAYVONLAR KELIB CHIQISHI

Jabra bilan nafas oluvchilar filogeniyasi.
Bu kenja tipda tuban 
tuzilishbelgilarijabraoyog'lilarda saqlanib qolgan. Chunki ular tanasi ко‘p sonli 
gomonom bo‘g‘imlarga bo‘lingan; nerv sistemasi qorin nerv narvoni tipida 
tuzilgan; yuragi uzun naysimon; oyoqlari kalta, ikki shoxli bo‘ladi. Shunga 
o'xshash tuban tuzilish belgilarini bargoyoqlilar va sefalokaridlar turkumlari 
vakillarida ham ко‘rish mumkin. Tana bo‘g‘imlari soni jabraoy- oqlilarda 31 
tagacha, bargoyoqlilarda esa 46 tagacha yetadi. Shoxdor mo‘ylovlilaming 
vakillarida esa 8 tagacha kamayadi.
Chig'anoqli 
qisqichbaqasimonlar va jag‘oyoqlilar bo‘g‘imoyoqlilar 
evolyutsiyasining ikkinchi yo'nalishini tashkil qiladi. Ulaming tanasi kam 
miqdordagi bo‘g‘imlardan (chig‘anoqlilarda - 10, jag‘oyoqlilarda - 14) iborat. Bu 
ikki turkum bitta umumiy polimer halqali chuvalchanglardan kelib chiqadi.


Oliy qisqichbaqasimonlar kenja sinfi filogenetik
jihatdan boshqa qis-
qichbaqasimonlar bilan qorindosh emas. Chunki ularda boshqa kenja sinflar 
vakillariga nisbatan ham soddaroq tuzilish belgilari (qorin oyo- qlarining 
rivojlanganligi, birlamchi bosh prototsefalonriing bo‘lishi)ni ko‘rish mumkin. Bu 
kenja sinfda yupqa sovutlilar eng tuban tuzilgan bo‘lib, ularning ikki juft ayirish 
organi - selomoduktlari (antennal va maksillyar bezlari), yettinchi qorin bo‘g‘imi 
saqlanib qolgan. Tengoyoq- lilar va yonlab suzarlar esa eng murakkab tuzilgan 
bo‘lib, ulaming bosh bo‘limiga birinchi va ikkinchi juft ko'krak bo‘g‘imlari 
qo‘shilib ketgan. Oliy qisqichbaqasimonlar boshqa kenja sinflardan mustaqil 
yo'nalishda, qisqichbaqasimonlaming eng dastlabki sodda tuzilgan ajdodlardan 
kelib chiqqan.
Traxeyalilar filogeniyasi. Bu kenja tipda ko'poyoqlilaming kelib chiqishi 
hozirgacha uzil-kesil hal qilinmagan. Ba’zi olimlaming fikricha, ko‘poyoqlilaming 
ayrim guruhlari bo‘g‘imoyoqlilarning alohida sinfi ari bo‘lib, ular filogenetik 
jihatdan o‘zaro bog'lanmagan. Boshqa olimlar esa barcha ko'poyoqlilar bitta 
umumiy ajdoddan kelib chiqqan sinfning vakil- lari deb hisoblaydi. Ko‘poyoqlilar 
orasida laboyoqlilar eng tuban tuzilgan bo‘lib, ulaming eng tuban vakillari 
tanasidagi bo‘g‘imlaming soni juda ko‘p (177 gacha), bo‘g‘imlar esa gomonom 
tuzilishga ega bo‘ladi. Ikki juftoyoqlilarda esa tana bo‘g‘imlarining ko‘pchiligi 
ikkilamchi tarzda juft- juft bo‘lib qo‘shilib ketgan.
Ko‘pchilik 
olimlarning fikricha hasharotlar filogenetik jihatdan 
ko‘poyoqlilar bilan bog'liq. Tana bo‘g‘imlarining ko‘pligi, bo‘g‘imlaming 
birmuncha gomonom bo‘lishi, deyarli hamma tana bo‘g‘imlarida oyog‘laming 
rivojlanganlik 
belgilari 
ko‘poyog‘lilami 
hasharotlarga 
nisbatan 
tuban 
tuzilganligidan dalolat beradi. Hasharotlar orasida yopiq jag‘lilar eng tuban tuzilish 
belgilariga ega bo‘lib, tanasi eng ko‘p bo‘g‘imdan iborat. Qorin bo'limida 
oyoqlaming rudimentar qoldig‘i saqlanib qolgan; qanotlari hech qachon boimaydi; 
o'zgarishsiz rivojlanadi.

Shuning bilan birga og‘iz organlarining og'iz kapsulasi ichida joy- 


lashganligi, sanchuvchi va so‘ruvchi og‘iz organlarining rivojlanganligi ulami 
yaxshi ixtisoslashganligini ko'rsatadi. Shu sababli yopiq jag'lilar hasharotlaming 
ajdodi bo'lolmaydi; ular umumiy ajdodlardan ancha erta ajralib chiqib, mustaqil 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan guruh hisoblana- di. Ochiq jag'lilar og‘iz 
organlarining dastlabki holati o‘zgarmasdan saqlanib qolgan hasharotlar 
hisoblanadi. Lekin ular boshqa hamma bel- gilariga ко ‘ra yopiq j ag ‘ lilarga 
nisbatan murakkab tuzilgan. Ochiqjag'lilar orasida qiidumlilar sodda tuzilgan.
Traxeyalilarda oligomerizatsiya (bo‘g‘imlar sonming kamayishi) jaray- oni 
tana bo‘g‘irnlari, oyoqlar, traxeyalar va nafas teshiklari bilan bog‘liq. Agar 
ko'poyoqlilaming bo‘g‘imlam ko‘p bo‘lsa, bu kenja tipning murakkab tuzilgan 
guruhi-hariiarotlarda bo‘g'imlar soni 18-17 tadan 11-12 tagacha kamayadi.



Yüklə 202,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə