Uo'K 910. 4(100) kbk 26. 89(0)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix20.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101146
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
-MAQSAD- BY - SH.DOLIMOV



1


2



Shohbozbek
 
Dolimov

MAQSAD
 
UO'K - 910.4(100) 
KBK 26.89(0) 
D 69
Shohbozbek Dolimov. Maqsad. T.: Zamin nashr
 nashriyoti 2019.
 Shoxbozbek Dolimov Toshkent shahrida tug'ilgan. Hozirgi yoshi 
25-da bo'lganiga qaramay ko'p chet davlatlardagi oliygohlarda 
ta'lim olishga ulguribdi. Yaponiyadan boshlab to Norvegiyagacha. 
O'zini boshidan kechirganlarini va ona-yurtdan olisdagi hayotning 
qiyinchiliklarini «Maqsad» deb nomlangan kitobida avtobiografk 
shaklda yozgan.

ISBN 978-9943-5892-0-9 «Zamin nashr» nashriyoti 2019.
3


Do'st fkri 
 
Ilk bor Shohbozbek Dolimovning ijodi bilan 3 yil oldin tanishgan
edim.U paytlar men ham chet davlatda ta'lim
olayotgandim.Uyimni juda sog'inganimda Shohbozbekning
ijtmoiy ko'rardim.qayta-qayta Shuncha vaqtdan keyin yo'llarimiz
kitob sohasida to'qnashib qoladi deb tasavvur ham
qilmagandim.Menga Shaxa (uni shunday deb atardim)ning kitobi
boshimdan o'tgan voqealarni yana yodimga soldi.Haqiqatdan
ham ko'pchilik chetda oʻqishni bir kata baxt deb tasavvur
qiladi.Chet davlatda alohida kvartrada yakka bir oʻzi turibi
restoranlarda ovgatlanibi har dam olish kunlari u-bu joyga aylanib
dam olib kelibi brand kiyimlarni faslga qarab alishtrib kiyibi oʻziga
hech narsa taqiqlamay yashash boshqai o'qish-ish-uy» uchburchak
qafasidan chiqmayi qorni to'ymayi bir xonada bir necha kishi
yashabi har doim asabiy bo'lib yashab yurish boshqa.Biroq
odamlar bu haqiqatga ishongilari kelmaydi.Qolaversai bu odam
tarmoqdagi videolarini haqiqatni aytgan haqida hech narsaga
erisha olmaganda» deb ichida o'ylashadi.O'qishini bitribi vataniga
qaytb.«Bu.o'ziikelganlarniahmoqqaBugungikundagi
 
turlixil
«Falonchi edukeyshn.uz»deganchetdavlatga o'qishga jo'natsh
bilanshug'ullanayotgan xususiy tashkilotlar ham shu haqiqatni
bo'lajak talabalarga tushuntrsai chakki bo'lmas edi.Lekin afsuskii
bu juda kata biznesga aylandi va hamma tashkilotlar ham insof
bilan ish yuritayotgani yoʻq.esa chiqarishadi.
4


Aminmanki, "Maqsad" ning hamkasblari va chet elda ta'lim
olmoqchi bo'lganlar. Shoxbozbek Dolimovning izohli kitobi o'zbek
adabiyotiga «avtobiograiya yozish» yozuvini kiritishi va o'qishi
kerak emas. Agar shunday bo'lsa, sizning blogingizga, Shohbozbek
Dolimovga birinchi yaxshi blogger, yordam beradigan
"avtobiograiyalar chellendje" kabi odamlarga aylanadi.
Shoxbozbek Dolimovning yoki Shaxaning keyingi ijodlariga omad
tilab qolaman. 
«Musoirnoma» romanining muallii, Temur Malik
5


KIRISH O'RNIDA 
Har kim hayotni oʻzicha tasavvur qiladi. Boks ustasi uni ringga,
futbol ustasi esa sinov maydoniga solishtiradi. Qaysi birida
bo'lmang, muvafaqiyatga erishish uchun qiyinchiliklar
shohsupasidan oʻtishingizga to'gʻri keladi. Boks ustasi raqibini
yengishga harakat qilsa, futbol ustasi raqiblarini aldab o'tib,
darvozaga to'p kiritishga intiladi. Ikki sport turida ham kutilmagan
zarbalar va vaziyatlarga duch kelasiz. Ba'zida bularga tayyor
bo'lamiz, ba'zida esa yoʻq. Men hammasini - zarbalar kelayotganini
bila turib, mas'uliyatsizlik qildim. Mas'uliyatsizlik qilganim
yetmagandek, hato zarbalarga tayyorgarlik ham koʻrmadim...
Yaponiyadan Osloga (Norvegiya poytaxtii kelganimda nihoyatda
tushkunlikka tushib qoldim. Yaponiyada oʻqib yurgan kezlarim
yaponlar bilan do'stligimiz Yaponiyaga ko'nikib ketishimga ancha
yordam bergan edi. Norveglar - umuman boshqa dunyo. Ularning
yurtiga muhojir sifatida tashrif buyursangiz, ularning
munosabatlari sizga umuman yoqmagandek tuyulishi mumkin.
Nega deysizmi? Norveglar notanish inson bilan tezda chiqishib
ketaveradigan xalqlardan emas. kamgap, qoʻpol tuyulishi mumkin,
lekin bu degani notanish insonga nisbatan yomonligi bor degani
emas. Oddiygina biror notanish inson bilan do'st tutunish uchun
norveglarga ozgina vaqt kerak, xolos. 
6


Menga ham xuddi shunday boʻlgan. Boshida kursdoshlarim bilan
doʻst tutunishga rosa harakat qildim lekin negadir uddasidan chiqa
olmadim. Keyinchalik amin boʻldimki, bu ularning oddiygina
tabiati, xolos. Hozirda juda ham norveg doʻstlarim ko'p va
ishonasizmi ular bilan doʻst boʻlib olganin- gizdan soʻng, norveglar
juda sodiq doʻst boʻlishadi. Sizni aldamaydi, orqangizdan
gapirmaydi va boshqalarni ham gapirishiga yoʻl qo'ymaydi,
aybingiz- ni sharta yuzingizga aytadi. Lekin bu yerga birinchi
marta kelgan men bu narsalarni oʻgc'mon qayerdan ham bilay?
Shu tufayli magistraturaning boshlangʻich davrida juda yolgʻizlanib
qoldim. Har kuni oʻqishdan soʻng itnes klubga borishni odat
qildim. Oʻzimni shunday ovuntirmasam boʻlmas edi. Lekin bora-
bora oʻqish, itnes klub, uy hayotidan ham zerika boshladim. O'sha
paytdagi ovunchoqlarimdan biri - bu YouTube sosial tarmogʻi edi.
Har kuni uyda YouTube tarmogʻiga kirib, oʻzim yoqtirgan video
bloggerlar hayotini kuzata boshladim. YouTube dunyodagi videolar
joylashgan eng kata tarmoq hisoblanadi. Har yili bu tarmoqqa ikki
milliardga yaqin foydalanu- chi kirib, video tomosha qiladi.
Videolarni yuklab boruvchilar video blogger yoki vloggerlar deb
ataladi. Video blogger oʻz kanaliga videolar yuklab boradi. Har bir
kanalning oʻziga yarasha muxlisi yoki obunachisi boʻladi. Bu yerda
obunachilar bilan muloqot qilish, video ularga yoqqan-
yoqmaganligini ko'rib borish mumkin. Oʻzim yoqtirgan video
bloggerlarni hayotini koʻrgan paytlarim hayotimda boʻlayotgan
muam- molardan yiroqlashgandek boʻlar edim. Ba'zilariga esa juda
kata muxlis boʻlib qolgandim. Yaponiyadan kelayotgan vaqt oʻzim
bilan Canon EOS M3 rusumli kamera xarid qilgan edim.Internetda
Norvegiyaning ajoyib tabiatini koʻrib mabodo oʻsha yerlarga
7


borsam, video va rasmlar olaman degan maqsadda.Shu kameram
video olishga juda qulay va ba'zida “men ham oʻzbek tilida
YouTubega videolar qo'ysam, odamlarga qiziq boʻlarmikan?"
degan xayollar bilan yurardim. Xalqimizda "O'ychi o'ylaguncha
tavakkalchi ishini bitiradi" degan naql bor. Men ham o'ylab
oʻtirmasdan 2016-yil 6-noyabr kuni YouTubeda oʻz shaxsiy
kanalimni ochishga muvafaq boʻldim. Xorijiy mamlakatlarga
sayohat qilganim tufayli turli davlatlar, xalqlar hayoti, turmush
tarzi haqidagi qiziq ma'lumotlarni video shaklida yuklashni
boshladim. Tez orada obunachilarim soni 100ga, 1000ga, bora-
bora 10 000 nafarga yetdi. Joylayotgan videolarim muxlislarim
tomonidan juda ijobiy qabul qilinar, men esa kunu tun videolar
qoʻyishda davom etardim. Oilaviy muammolar tufayli yoshligimda
menga e'tibor koʻproq buvim va buvam tomonidan kelgan. Ota-
onamdan e'tibor deyarli boʻlgaman. Shuninguchunmi bilmadim,
virtual hayotdan kelayotgan olqishlar meni butunlay sehrlab
qo'ygandek edi. Oʻqishimga vaqt ajratolmay qoldim. Aniqrogʻini
aytsam, Norvegiyaga aslida nima uchun kelganimni ham
unutgandim.Magistraturaga 100 % grant yutib olganim hali ham
esimda.Ota-onamning tabassumi, do'stlarim- ning, hatoki ingliz
tili ustozimning havas qilishgani menga bitmas-tuganmas faxr
bagʻishlagan edi.Dadam hamma oʻg'aynilariga koʻkrak kerib, "Meni
oʻg'limdunyoning eng nufuzli universitetiga 100 % grant asosida
kirdi" deganlarichi. Magistratura ikki yil muddatda bo'lib, mazkur
grantning ham oʻziga yara- sha shartlari mavjud edi. Eng muhimi –
baholarimni eng kami B (bizdagi 4 bahoga toʻgʻri keladii darajada
saqlab qolishim kerak edi. Afsus, unday boʻlmadi. Men YouTubeni
va undagi obunachilarimni afzal koʻrdim. Shunday qilib, birinchi
bosqichni juda yomon koʻrsatkich bilan yakunladim, natijada
8


grantimni boy berib qo'yishim mumkinligiga amin boʻla boshladim.
Endi men oʻz ehtiyojlarimdan tashqari qoʻshimcha 12 ming AQSH
dollari topishim kerak edi. Yana hech narsa bo'lmagandek, ta'tilda
Oʻzbekistonga ota-onamni koʻrishga jo'nab ketdim. Men bu haqda
bir necha bor ota-onamga aytishga urindim, lekin jur'atim
yetmadi. Nima boʻlsa boʻlar deb, Norvegiyaga qaytib keldim.
Menda talabalik vizasi mavjud boʻlib, uni har yili yangilab turish
kerak. Har yili o'qishda erishgan yutuqlaringiz, olgan baholaringiz
va yana bir yil yashash uchun yetarli pul (o'sha payt 13 ming AQSH
dollarii borligini isbotlay olsangizgina, vizani yangilab berishardi.
Menda esa na yaxshi baho, na erishgan yutuq, na yashash uchun
pul va na o'qish puli (o'sha payt 12 ming dollar atroidai bor edi.
Oldimda Xitoy devoridan ham balandroq toʻsiq turar va bundan
narvonsiz oʻtishimga toʻgʻri kelardi. Men esa muammoni bartaraf
qilmasdan undan qochishga urundim... Oʻzbekistondan
qaytganimdan soʻng, grantimni yoʻqotdim. Menga vizamni
yangilab berilmasligi aniq boʻldi. Kompyuterimni ochdimda
tavakkalqilib, Yaponiyaning Tokiyo shahrida joylashgan Soiya
Universitetiga hujjatlarimni topshirdim. Oʻqishga kirishimga
ishonchim komil boʻlsa-da, lekin muammolarimni hal qilmasdan
qochib ketayotgan- dek, ya'ni qoʻrqoqlik qilayotgan edim.
Yaponiyaga qayta topshirishimni oʻziga yarasha sabablari bor.
Birinchidan, Yaponiya men uchun "komfort zona" dek edi,
ikkinchidan, boshqa davlatga topshirib oʻzimga kata "risk" olishni
xohlamadim, uchunchi- dan, Yaponoyaga qaytib borsam tezda
joylashib, hatoki ish topib ketishimni bilar edim. Mashhur
milliarder Dan Penaning bir gapi bor: "Sen menga do'stlaringni
koʻrsat va men senga kelajagingni aytib beraman". Norvegiyada
men uchun qadrli boʻlib qolgan vatandoshim Bekzod aka istiqomat
9


qilardilar. Bekzod akaning kasblari koʻz doktori boʻlib, mendan
hozirgacha beminnat yordamlarini ayamaganlar. Kasalni shuncha
yashir- ganim yetar, Bekzod akaga muammoni aytishga qaror
qildim. Bekzod akam o'limdan boshqa hamma narsaning chorasi
borligini, Yaponiyani zaxira sifatida saqlab goʻyishimni ta'kidlab,
oldimda tur- gan muammolarning yechimini topishda yo'l-yo'riq
koʻrsatdilar. Bekzod aka toʻgʻrisini yuziga qoʻrqmas- dan
aytadiganlardan. Bu narsalarni men boshida kalandimog'likdek
qabul qilgan edim, lekin hozir bilsam, bu narsalarni menga yaxshi
boʻlsin deb ayt- gan ekan. Norvegiyaga kelib erishgan narsalarim-
ning koʻpiga Bekzod akamning o'rinlari juda kata. Norvegiyada
maoshlar boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori, qatq ishlab
toʻlab yuborsa boʻladiku, deb aytishingiz mumkin. Lekin Norvegiya
qonunlariga koʻra, har bir talaba hafasiga 20 soatdankoʻp ishlashi
mumkin emas. Bunday narsalarni hukumat juda qatq nazoratga
olgan. Mabodo, 20 soatdan ko'p ishlaganimni bilib qolishsa, meni
zudlik bilan davlatdan chiqarib yuborishlari mumkin. Norvegiyada
aholining 90 %i karta bilan savdo qilishadi. Oddiygina saqichni ham
shu kartangiz bilan xarid qilishingiz mumkin. Qogʻoz pul
ishlatadiganlar soni juda kamchilikni tashkil qiladi. Nima
demoqchiman? Sizga beriladigan oylik hammasi sizning bank
raqamingizga tushadi. Sizga oylik tushgan payt hukumat soliqni
avtomatik tarzda yechib oladi. Bu degani sizga necha pul topyabsiz
va necha soat ishlayabsiz, hamma-hammasi hukumat nazoratida
boʻladi.
Qogʻoz pul bilan oylik toʻlash birinchidan jinoyat, ikkinchidan
bunday korxonalar deyarli yoʻq. Shu kunlarning birida, men Nigina
degan qiz bilan tanishdim. Niginaning xayolida men Norvegiyaga
grant yutib kelgan, o'z kelajagini qurishga tinimsiz harakat
10


qilayotgan kishi edim. Lekin Yaponiyaga hujjat topshirganim,
yaqinda Norvegiyadan ketishim, grantimni yoʻqotganim va boshqa
gaplardan uning umuman xabari yoʻq edi. Negadir bilmadim, shu
qizni uchratganimdan so'ng uzoq davom etgan tushkunlikdan
asta-sekin chiqa boshladim. Muammolarim hal boʻlmasa-da,
koʻnglim xotirjamlashib, kelajakka ishonch paydo boʻlayotgan edi.
Xalqimizda “kasalni yashirsang, isitmasi oshkor boʻladi" degan
maqol bor.Va nihoyat, bu haqida Nigina bildi va shuncha
muammolarni yashirganim uchun mendan juda qatq xafa boʻldi.
Xayolimdamen endi unga keragi yoʻqdek edim, lekin u men bilan
bir yoqadan bosh chiqarib kurashishga kirishdi. Eng qizig'i,
shuncha muammolarim boʻla turib, uyalmasdan, hech narsa
boʻlmagandek YouTubega video joylardim. Soiya Universitetidan
xabar keldi va talabalikka 100 % grant asosida qabul qilinganim va
oyiga 1000 dollardan oshiqroq stipendiya beri- lishini ham
aytishdi. Endi oldimda ikki yo'l paydo boʻldi: Norvegiyada bir
amallab oʻqish pulimni to'lash yoki zudlik bilan bu davlatdan
Yaponiyaga (komfort zonamgai qochish. Qisqa muddatda Niginaga
juda ham oʻrganib qolgandim. Bekzod akamning gaplari ham
xayolimda tinimsiz aylanar, xullas, nima qilishni bilmasdim. Agar
bu tarzda muammolardan qochaversam, bora- bora odatga
aylanib qolishidan qoʻrqardim. Hozir bu muammodan, keyinchalik
esa katarogʻidan... "Shunchalar ham kuchsiz boʻlamanmi?" deb
ruhiya- tim qiynalardi. Vaqt ham meni ayamasdi, birpasda qish
ham keldi. Soiya borolmasligimni elektron pochta orqali xabar
qildim. Oldimda endi yagona yo'l qoldi: nima qilib boʻlsa ham
Norvegiyada qolish. Buni taqdir zarbasi deysizmi yoki omadsizlik –
Soiya Universitetiga bormayman degan kunimning ertasiga
Norvegiya hukumatidan xat keldi. 
11


Xatda Norvegiyadan mart oyining 14-sigacha chiqib Dekabr
oyida Universitetiga ketishim haqida yozilgan ekan. topdik.
Advokat Juda yaxshi advokat hukumatdagi xatni koʻrib, hozirgi
oʻqiyotgan universitetimdan akademik ta'til olib, berilgan muddat
ichida chiqib ketishim - oʻzimga va kela-
jakda qaytib kela olishim uchun ham yaxshi boʻli- shini
aytdi.Shunday ham qildim.Mart oyining 14- kuni Norvegiyadan
Oʻzbekistonga uchib ketdim."Boshingga qilich kelsa ham, rost
soʻzla", deydi dono xalqimiz.Lekin shunday paytlar boʻlarkanki,
rost soʻzlashga gʻurur aslo yoʻl qoʻymas ekan.Ota-onamga
"Oʻgʻlingiz YouTubeni va mas'uliyatni his qilmadi deb, tayyor
grantini qoʻldan boy berdi, mendek oʻgʻlingizni kechiring"
deymanmi?Jur'atim yetmadi, ota-onamga “Oqishim tugayotganligi
tufay-li diplom ishini uyda yozaman", deb yolg'on gapirdim. Sodda
onam mening gaplarimga ishondi-qoldi. Shunday qilib keyingi olti
oy ichida Norvegiya- ga qayta hujjatlar yigʻishni boshlab yubordim.
Aksigaolib, eng yaqin Norvegiya elchixonasi Moskva shahrida
joylashgan edi. Moskvaga borib kelishim, Toshkentdagi kunlik
xarajatlarimni qoplash va viza uchun 600 AQSH dollari bilan
hamma yigʻib qoʻygan pullarimni ishlatdim. 
Toshkentdaligimda oʻzimni ovutish uchun YouTubega videolar
joylashtirar, turli xil musobaqalar tashkillashtirar edim. Chunki
yolgʻiz qolishim bilanoq, qilgan xatolarimni eslab, tushkunlikka
tushib qolar edim. Shuncha harakatlarim tufayli iyul oyida
Norvegiyadan menga talabalik vizasi chiqdi. Bir tomondan
xursand, boshqa tomondan esa xavotirda edim. Xavotirimga sabab
– endi borib magistraturani tugatishim, qoʻshimcha ish topishim
va hammasini boshidan boshlashim kerak edi. Kelishimbilanoq
12


oldingi ishlagan kompaniyaga qoʻngʻiroq qilib, qaytib kelganim va
mabodo ishchi kerak boʻlsa, ishni davom etrishimni ma'lum
qildim.
Ishim Nespresso kompaniyasida kofe sotish edi. Tez orada boshliq
qoʻngʻiroq qildi va sentabrdan ish boshlay olishimni aytdi. Ko'nglim
ozgina xotirjam- dek edi. Keyingi sinov bu oʻqishni
tamomlaganimdan keyin, oʻz soham boʻyicha ish topishdan iborat.
Odatda, bu yerda universitetni tamomlamasdan oldin ish
topadigan talabalar juda ham koʻp, lekin bu xalqaro talabalar
uchun qiyin jarayon. Nega deysizmi? Norvegiya - juda ham boy
davlat. Bu yerda yashashni koʻpchilik orzu qiladi. Shuning uchun
ish oʻrinlariga boʻlgan raqobat nihoyatda kata. Xalqaro talabaning
mahalliy aholi bilan raqobat qila olishi uchun mahalliy tilni bilishi,
universitetni tamomlagan baholari yaxshi boʻlishi kerak edi. Men-
chi? Men na mahalliy tilni bilaman, na universitetdagi baholarim
yaxshi. Endi men mahalliy aholi bilan raqobat qila olishim uchun
ikki barobar emas, uch-toʻrt barobar koʻproq va qatqroq
ishlashim kerak. Dunyoning juda ham ko'p rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlarida ishga qabul qilish jarayo- ni bir xil.
Birinchi bosqich, o'zingiz haqida qisqacha ma'lumot yoki ingliz
tilida "resume, CV" va bu bilan birgalikda “nega o'sha
kompaniyaga ishlamoqchi ekanligingiz" haqida qisqacha insho
yozib, elektron tarzda yuborasiz. Ikkinchi bosqich, agar siz oʻz
yuborgan hujjatlaringiz bilan ularni e'tiborini torta olsangiz, sizni
suhbatga chaqirishadi. Shuning uchun birinchi bosqichda
"kreativlik" juda ham muhim deb oʻylayman. Suhbat, odatda,
oʻsha davlatning mahalliy tilida yoki ingliz tilida boʻlib o'tadi. Agar
13


suhbatdan oʻtsangiz, sizni sinab koʻrish uchun sohangizga qarab
“test sinovi"dan oʻtkazishadi. Hammasidan oʻtsangizsizga ish
kontraktini yuborishadi. Tasavvur qiling, har bir kompaniya uchun
alohida insho yozishni... Meni ishga joylab qoʻyadigan dadajonim
ham, onajonim ham uzoqda, hammasiga oʻz peshona terim bilan
erishishim kerak. Ko'p kompaniyalardan rad javobi kela boshladi,
bunga asosiy sabablardan biri - mahalliy til, ya'ni norveg tilini
bilmasligim edi. Barvaqt turib o'qishga, oʻqishdan qoʻshimcha
ishimga, u yerdan uyga qaytib kelib, kechasi bilan kompaniyalarga
xat yozish bilan mashgʻul edim. Kom- paniyalardan esa birin-ketin
rad javoblari kelardi. 
Chet elga chiqib hozirgacha qonunga qarshi ish qilishga urunib
ham koʻrmaganman. Sababi bir dona qiladigan nojoʻya harakatim
butun boshli kelajagimni barbod qilib yuborishi hech gap emas. Bu
mas'uliyatni juda yaxshi his qilar edim. Ishlardan kelayotgan rad
javoblari meni juda ham dovdiratib qo'ygan edi. Bir kuni
qo'shimcha ishimning yonida joylashgan savdo do'koniga
shirinliklar xarid qilish uchun kirdim. Sababi, siqilgan paytlarim
shirinlik yeyishni juda yaxshi koʻraman. Norvegiya savdo
do'konlarida "self service", ya'ni "oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish"
joylari mavjud. Navbat kutmasdan, mahsulotlarga o'sha yerda pul
toʻlab, chiqib ketishingiz mumkin. Chuqur hayollarim tufayli 3-4
shirinlik xarid qilib, 2 tasiga toʻlamasdan chiqib ketib qolibman.
Oʻsha yerda meni kuzatib turgan ishchi darrov soqchilarni chaqirdi.
Ishchiga, men yonidagi ishxonada ishlashimni, har doim bu yerdan
savdo qilishimni qanchalik tushuntirmayin, meni eshitmasdan
soqchi chaqirdi. Umrimda birovning haqqiga koʻz
olaytirmaganman, bir zumda mas'uliyatsizligim tufayli oʻgʻriga
aylanib qoldim. Nima bu? Taqdir oʻyinimi? Xudoning gʻazabini
14


keltiradigan nima ish qilgan edimki, menga bunday sinov bersa?
Agar bu safargi berilgan imkoniyatni ham boy bersam, bilmadim,
endi ota-onamga nima deyman? Shu payt negadir yoshligim
esimga tushdi...
15


16


Bolaligimni xotirlasam: bogʻcha muddati tugaganda onam meni
Dang'araga - buvijonim va buvajonimning oldilariga jo'natib
yubordilar. Buvijonim -odobnoma oʻqituvchisi, buvajonim esa
haydovchi edilar. Ular meni jonlaridan ham ortiq yaxshi koʻrishar,
ularning mehr bulogʻidan qonib suv ichardim. Dangʻaradan
chamasi 5 km uzoqlikda joylashgan 1-sonli maktab internatiga
qabul qilindim. O'sha paytlar maktabning oʻqitish tizimi va
mavqeyi juda yuqori edi. U yerda dushanbadan shanbagacha yotib
qolib, oʻqir edim. 
Hali-hamon esimda, buva- jonim havo xoh sovuq bo'lsin, xoh
issiq, 5 km masofaga oʻzlarining "Ural" velosipedlarining oldingi
oʻrindigʻiga oʻtkazib olib, maktabimga olib borar, shanba kuni esa
maktabimdan olib ketar edilar. Rahmatli buvajonim bilan yo'l-
yo'ʻlakay juda ajoyib suhbatlar qurar: ba'zida oʻqishim, ba'zida
oilaviy muammolar va ba'zida ajoyib ibratli hikoyatlar haqida edi.
Onam 3-4 oyda bir kelib, bizdan xabar olar edilar. Chamasi 2-sinf
edim, onajonim buvajonimga ko'k rangli "Tiko" avtomashinasini
sovg'a qildilar. 
Shu mashinada biz buvajonim bilan Toshkentga onamni koʻrgani
borardik. Shunday qilib, 4-sinfga- cha shu maktabda oʻqidim,
orada esa onam boshqaoila qurdilar. Yoshligim tufayli, bunday
narsalarga unchalik tushunmas edim. "Yangi dada" juda ham jid-
diy, gavdali va o'sha paytning boy insonlaridan edi. “Yangi
dadam"ning menga munosabati umu- man yoqmas edi. 2001-yil
17


singlim tug'ildi va oʻz- oʻzidan hozirgacha menga nisbatan kam
boʻlgan "e'tibor" umuman yoʻqoldi. Ba'zida bir oʻzimni uyda
qoldirib, singlim, onam va "yangi dadam" ovqatlangani ketishar
edi. Shu paytlar xonamga kirib olib, baqirib yig'laganlarim hali-
hamon esimda. Dang'arada 4-sinfni tugatganimdan so'ng, onam
meni Toshkentga yangi ochilgan Ichki ishlar vazirligi qoshidagi
harbiylashtirilgan Maxsus maktab internatiga topshirib koʻrishimni
taklif qildilar. Men esa kuchimni sinab koʻrish uchun imtihonlarga
qat- nashdim va maktabga muvafaqiyatli qabul qilindim. Ne koʻz
bilan koʻrayki, bu maktab ham xuddi eski maktabim kabi yotib
qolib oʻqiydigan maktab ekan. 
Men orziqib kutgan damlar keldi, onam bilan yashab, har kuni
ularning nafaslariga, mehrlariga toʻyaman desam, afsuski, yana
onamdan uzoqda yashashga majbur boʻldim. Harbiy maktab
menda erkak kishi uchun kerakli juda ko'p xislatlarni rivojlantirdi.
Har kuni barvaqt turib, maktabni chinnidek tozalar edik. Bu bilan
har bir inson oʻzi yashayotgan joyiga hurmat bilan qarash
kerakligini oʻrgandim, shuningdek, bu odat menga vaqtida
uygʻonish, vaqtida ovqatlanish va vaqtida uxlash, umuman,
qat'iylikni oʻrgatdi. Oltmish kishilik yotoqxona - "kazarma"da yotib,
"hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun" ligini koʻrdim.
Har kuni yotishdan oldin maydonda safda turib, "Qurolli Kuchlar
Nizomi"ni eshitar edik. Bu esa vatanim qoʻriqchisi boʻlishim uchun
kuchli shijoat uyg'otardi. 9-sinf oxirida negadir harbiylikka boʻl-
gan qiziqishim ozgina soʻndi.
Onam Harbiy litseyga hujjatlarimni topshirishimni maslahat
qildilar, men esa harbiylikka boʻlgan qiziqishim biroz so'nganligini
va oʻzimni boshqa sohada sinab koʻrishimni tushun- tirmoqchi
18


boʻldim. Afsuski, onam meni tushunishni ham, eshitishni ham
xohlamadilar. Bu esa onam bilan oʻrtamizga kata nifoq soldi.
Doim onamdan uzoqda yashaganim uchunmi bilmadim, onam
bilan til topishish xuddi sahrodan igna qidirishdek edi.
19


20


Onam bilan munosabatlarimiz bundan ortiq yomonlashishini
xohlamadim va Asakaga dadamning oldilariga joʻnab ketdim.
Dadam ham bu yillar ichida boshqa oila qurishga ulgurgan edilar.
Dadam tabiatan juda hazilkash va ajoyib inson. Yangi oilalari
tufayli menga koʻp vaqt ajrata olmaganlar, lekin meni jonlaridan
ortiq yaxshi koʻradilar. Har doim "Sen meni katam, polvonimsan",
derdilar. Dadamning uch nafar farzandlari, ya'ni ukalarim bor.
Hammasi boʻlib, toʻrt bolaning akasiman. Asakadagi eng
boshladim. Litseyning eng qatqqo'l ustozi, rahmatli Xosiyat
opaning guruhida oʻqidim. Ustozim tarix fan- lari doktori
boʻlmasalar-da, uncha-muncha doktorlar bilan bemalol tenglasha
olardilar. Qoʻllaridan qancha- qancha olimpiada gʻoliblari va tarix
ustozlar yetishib chiqqan. Ustozim tufayli jahon va vatanim
tarixiga boʻlgan qiziqishim kuchaydi. Tarixni sevib oʻqishni
boshladim, hatoki, Andijon shahrida o'tkazilgan olimpiadaga
chiqdim, lekin "ogʻzi qiyshiq boʻlsa ham, boyning bolasi gapirsin"
deganlaridek, bir ota-onasi badavlat insonning farzandi gʻoliblikka
ega chiqdi. nufuzli litseyda oʻqishni Xoh siz jarroh boʻling, xoh siz
duradgor, har birimiz vatanimiz tarixini bilishimiz kerak. Bu orqali
ajdodlarimiz bizga qoldirib ketgan ajoyib makonni yanada ravnaq
topishi uchun mutasil harakat qilishimizga, boshqa millat
vakillariga batafsil gapirib berishimizga va kim ekanligimizni
yanada chuqurroq anglashimizga turtki bo'ladi. Dadam boshqa oila
qurganlarigami, bilmadim nega, lekin Asakadagi uyda yashashni
xohlamadim va litseyning yotoqxonasida joylashdim. Onam har
oyda joʻnatib turadigan pul ovqatlanishimga zo'rg'a yetar,
dadamning esa har doim ham sharoitlari bo'lmas edi. "Yarim
21


mustaqil" hayotim xuddi shu yerdan boshlandi. Kursdoshlarim har
kuni uydan qatnab oʻqishar, toza kiyim kiyishar va litsey
oshxonasida ovqatlanishar edi. Har kuni litsey oshxonasida
ovqatlanishga to'g'risi cho'ntak ko'tarmas edi. Shuning uchun
ba'zida bir bo'lak "uy noni" olib, hech kim koʻrmaydigan joyda yeb
olar edim. Uy noni qayerdan deysizmi? Yotoqxonadagi
xonadoshim Andijonning Xoʻjaobod tumanidan kelgan bola edi.
Juda ham ziyoli va badavlat oilaning farzandi edi. Har safar uyidan
qaytgan paytlar, onasi tandirda yopilgan non, uzum va boshqa
narsalar berib yuborar va ularni xonadoshim doim men bilan
boʻlishar edi. Yotoqxonada boʻlib o'tgan bir ajoyib voqeani sizlar
bilan ulashsam. Kata kursda oʻqiydigan talabalar, yotoqxonani
armiya singari qilib olish- ganidan umuman xabarim yoʻq edi. Bir
kuni kechasi kimdir eshigimni qatq taqillatdi. Choʻchib uygʻonib
ketib, “Kim?" desam, "Tashqariga 5 daqiqada chi- qib
saflanmasang yomon bo'ladi" degan ovoz keldi. Tushimmi yoki
oʻngimligini bilmay qoldim. Garangsirab xonadoshimni uygʻotib
tashqariga chiqdik. Chiqsak, kata kursda oʻqiydigan bir bola
yotoqxonada yashaydigan kichik kurs talabalarni yigʻib olib, suhbat
o'tkazayapti. Xonadoshim bilan bizham kirdik. Kechga qolganimiz
uchun bizdan 50 mar- ta "oʻtirib-turish mashqini" bajarishimizni
buyurdi. Xonadoshim bilan kulib yubordik va bu holat kata
kursdagilarga yoqmadi. Litseyimiz yonidan kata ariq oʻtgan edi,
xuddi shu ariqning narigi taraida xolamning oʻgʻillari yashar edi.
Darrovda qoʻng'iroq qilib, bu vaziyatni tushuntirdim. Akalarim 5
kishi boʻlib yetib kelishdi. Buni koʻrgan kata kursdagilar akamga
bu holat boshqa qaytarilmasligini qayta- qayta tushununtirishdi.
Shu bilan yotoqxonadagi "armiya"ga chek qoʻyildi. Yotoqxonada
yashab yurgan kezlarim yana bir ajoyib inson – Sirojiddin akam
22


bilan tanishdim. Uylari yotoqxonamizdan besh daqiqa uzoqda
joylashganiga qaramasdan yotoqxonada yashar edi. Buning sababi
uylarida odam sonining ko'pligi va oliy ta'lim muassasasiga kirish
uchun tayyorgarlikka tinch joy talab qilishi edi. Siroj akam ingliz
tilini juda ham yaxshi bilar va koʻpchiligimiz u kishiga havas qilar
edik. O'sha paytlar chet elga oʻqishga ketish degan tushuncha
ancha ommalashgan. Koʻp yoshlar chet elga ketish uchun har xil
oʻquv markazlariga borib, ingliz tilini mukammal o'rganishni
boshlashdi. Litseyimizga dunyoning nufuzli universitetlaridan
talabalar kelib, oʻzlari ta'lim olayotgan universitet va davlat haqida
prezentatsiyalar qilishar edi. Ularning oʻzini tutishi, borgan
davlatlari va universitetlarini koʻrib, odamning havasi kelar edi.
Shular tufaylimi, menda ham chet elga borib oʻqish havasi paydo
boʻldi. Chet elga chiqib, o'qish istagi boʻlgan har bir odam oʻsha
davlat tili yoki dunyo tili boʻlmish ingliz tilini mukammal bilishi
zarur.
Siroj akam Andijondagi eng nufuzli oʻquv markazlaridan biri -
"Taraqqiyot markazi"ga ingliz tilini oʻrgangani borar edilar.
Eshtishimcha, bu yerdan juda koʻp iste'dodli bolalar yetishib
chiqqan. Bu markazning eski nomi – “Andijan Development
Center". Sababi - bu markazga amerikaliklar asos solishgan. 2005-
yilda markazni Gennadiy Morozov, biz esa oʻzbekchasiga Gena aka
deb ataydigan inson boshqaruvni oʻz qoʻllariga olganlar. Siroj
akamdan meni ham oʻsha o'quv markaziga olib borishini, menda
ham ingliz tili o'rganishga ishtiyoqim paydo boʻlganini aytdim.
Bilimimni tekshirish uchun boshliq (Gena akaini oʻzi suhbat qildi.
Gena akaning xonalari turli xil mamlakatlardan keltirilgan sovg'alar
bilan to'la edi. Xonalarining bir chetida kata divan bor edi. Shuni
koʻrsatib, "Bu inglizchada qanday ataladi?" deb so'radilar. Men esa
23


"sofa", ya'ni divan oʻrniga, "armchair", ya'ni kreslo dedim. Kerak
boʻlsa, "shunaqa kata kreslo ham boʻladi" deb, Gena akani
ishontirishga ham urindim. Urinishlarim zoye ketdi, bilim olishni
"beginner", ya'ni boshlangʻich darajadan boshlashimni taklif
qildilar.
24


25


Ingliz tili kursiga hafada uch marta borardim. Asakadan Andijonga
Damas qatnardi. Damas-Andijon- ning eng sevimli avtoulovi.
Hatoki, kosmosdan ham Andijonda yurgan damaslarni koʻrishingiz
mumkin. Damasda qatnash zoʻr, lekin unga ketayotgan xarajat zo'r
emasdi. Shuning uchun onam bilan maslahatlashib, meni
Asakadan Andijondagi biror-bir litseyga koʻchirishini iltimos qildim.
Yangi litseyga tezda joylashib oldim. 
Rahbarimiz litseyga oq ko'ylak va qora shimda kelishimni
ta’kidladilar. Litseyning birinchi kunidanoq xuddi toʻyga kelgan
odamdek kostyum-shimda keldim, naqshli qizil galstukni aytmasa
ham boʻladi. Litseyga kirib borarkanman, kimdir ola qarash va
yana kimdir kulib oʻtib ketar edi. Sababi, oʻsha kuni kostyum-shim
kiygan yagona talaba men edim. Yangi litseyimga boshqa litsey
talabalari “modalar uyi" deb laqab berishgan. 
Nega deysizmi? Sababi bu yerda faqatgina qizlar emas, balki
yigitlar ham kim oʻzarga "modniy" kiyinishga musobaqalashishar
ekan. Ba'zida boshqa litsey talabalarini uchratib qolsam, falon
litseydanman deyishga ozgina iymanar edim.
26


Xolamning o'gʻli bor, yoshlikdan men bilan Dangʻarada kata
boʻlgan akam. Harbiy sohaga ishga kirganlar. Hamma akamga
havas qilar edi. Baxtimga akamning ishlari Andijonga koʻchdi va
akam Andijon- ning Bo'ston deb nomlangan qismidan ijaraga uy
oldilar. O'sha yerda akam bilan birga yashay bosh- ladim.
Muammolarim ancha kamaydi. Akam har kuni uyga bozorlik qilib
kelar, men esa "oshpaz" edim. Hozir sharoit ancha yaxshilangan,
lekin oʻsha paytlar Andijonning markazida elektr va gaz muammo
edi. Endi Andijonning chekkarogʻida joylashgan Boʻstonni oʻzingiz
tasavvur qilavering. Xudoga ming shukurlar boʻlsinki, suvdan
muammo yoʻq edi. Uyga suv isitadigan uskuna qoʻymoqchi edik,
lekin akam oʻz ishlari bilan juda ham mashgʻul boʻlib, boshida olti
oy shu uskunasiz yashadik. 
Toshkentda yashab, har kuni ertalab cho'milishga oʻrganib
qolganman, shekilli, Asakada ham, Andijonda ham issiq suv
muammosiga hech koʻnika olmadim. Har kuni erta turishga to'gʻri
kelar, sababi ertalab hech kim gazdan foydalanmas va gaz
balandroq yonardi, bu esa menga gazda suv isitib olishga imkon
berardi. Isigan suvni hammomda turgan togʻoradagi muzdek suv
bilan aralashtirib, choʻmichda olib, yuvinar edim. ingliz
"intermediate", ya'ni o'rtacha darajaga yetib qoldi. Ustozim Aziz
aka "Taraqqiyot markazi"da birinchi marotaba "debate course",
ya'ni munozara kursi ochishini, uning davomiyli ikki oy va bu kurs
qayta ochilishi noma'lum ekanligini ta'kidlab, e'lon berdi. Ingliz
tilida bahslashuvlar juda qiziq boʻlib, kuchli bolalarga doim havas
koʻzi bilan qarar edim. Bu kurs “upper intermediate", ya'ni yuqori-
oʻrta darajada vaqtlarda Shu tilidan darajam biluvchi oʻquvchilar
uchun edi. Menda esa bunga yetarli na daraja, na yetarli pul bor
edi. Onamdan yordam so'ragani qo'rqardim, dadamning esa
27


boshqa oilalari borligi tufayli muammolarimga koʻmilib qolishlarini
istamasdim. "Izlagan imkon topadi", bu iborani siz ham oʻz
hayotingizda qoʻllab koʻrishingizni tavsiya qilgan bo'lar edim.
Shunday qilib, sharta Gena akaning xonalariga kirib, na pulim, na
yetarli darajam borligini aytdim va menga yordam qilsalar,
qachondir, albata, qaytarishimni tushuntirdim. Gena aka mendagi
shijoatni koʻrib, kursga oʻz yonidan pul toʻlab berishlarini aytdilar.
Haqiqatdan ham kuchlilar bilan oʻqishim endilikda kuniga 4 soat
emas, ballki 6, 7, 8 soatlab oʻqishimga undadi. Bahslashuv kursimiz
tugab, "speaking", ya'ni gapirishimdagi oʻzgarishlardan atrofdagi
do'stlarim hayron qolishdi. Gena aka ham menda boʻlgan
oʻzgarishni ko'rib, pulni qaytarib bermasam ham boʻlishini
ta'kidladilar.
Tesla, PayPal va bir qancha innovatsion g'oyalar asoschisi Ilon
Maskning bir ajoyib gapi bor: "Siz hammaga oʻxshab 4 soat emas,
balki 8 soat ishlang, hamma maqsadiga 1 yilda erishsa, siz xuddi
shu maqsadga 6 oyda erishasiz". Ingliz tilini tez fursatda
oʻzlashtirmoqchi boʻlsangiz, butun vujudingiz bilan oʻrganing.
Butun vujudingiz deganda, faqatgina til oʻrganish marka- zida 1,5
soat dars tinglash tushunilmaydi. Har daqiqadan unumli
foydalanish maqsadga muvoiq.
Men har kuni darsdan chiqib, kutubxonaga kirib ketar edim.
Kutubxonada oʻsha kungi darsda oʻtilganlarni yaxshilab takrorlab,
keyingi darsga ham oldindan tayyorgarlik ko'rar edim. Qolgan
vaqtimni oʻz darajamga mos kitoblar o'qishni va boshqa talabalar
bilan ingliz tilida rurli xil kinolarni koʻrish bilan o'tkazardim. Bu esa
do'stlarimga nisbatan tilni ancha tez o'rganishimga sabab bo'lgan.
28


Hatoki, bozordan biror narsa xaridqilish jarayonida ham pulimni
ingliz tilida sanab berar edim.
29


30


YAPONIYA
Ingliz tilini o'rganganim sari chet elda o'qishga borishishtiyoqi
yanada ortib borardi. Ammoakam bilan yashab, u erishayotgan
yutuqlarni ko'rib, harbiylikka boʻlgan qiziqishim yana
uyg'ongandek boʻldi va xuddi akamdek men ham harbiy bo'lib
ishlash ishtiyogi tugʻildi. 3-bosqichga o'tganimda, litseyimizga
Milliy Xavfsizlik Xizmatidan xodimlar kelishdi. O'zimni sinab ko'rish
uchun tezda hujjatlarimni yig'ishni boshlab yubordim. Harbiy
maktabda juda ko'p narsalarní o'rganganim uchuno'zkuchimga
juda ham ishonardim. MXXga birinchi suhbat bo'ldi va keyingi
bosqich, ya'ni tibbiy ko'rikdan o'tdim. Tibbiy koʻrik sizga oddiy
eshitilishi mumkin, lekin MXX tibbiy ko'rigi eng qiyin jarayonlardan
biri hisoblanadi. Hamma hujjatlarni bir hafa deganda u
shifoxonadan bu shifoxonaga qatnab, zo'rg'a to'pladim. Doimiy
turar jayim Toshkent shahrida bo'lganligi tufayli, Andijon
shifoxonalari Toshkentdan hujjat soʻrab "qon" qilishdi. Tibbiy
ko'rikdan sog'lom o'tishim menga jismoniy tarbiyadan imtihonga
yo'l ochib berdi. Bizga tayyorgarlik uchun bir oy vaqt berishdi va
akam bilan imtihonga tayyorgarlik koʻrishni boshlab yubordim.
Harbiy maktabda olgan jismoniy bilimlar juda qo'l keldi va
imtihonni
a'lo
darajada
topshirdim.Harso'ngbirbosqichdanmuvafaqiyatlitopshirolmaganla
rning ism-familiyasi imtihonni e'lon qilinib, harbiy xizmatni o'tab,
yana qayta hujjat topshirishi bo'yicha koʻrsatma berilar va jo'natib
yuborishardi. Jismoniy imtihondan keyin ham xuddi shunday hol
yuz berdi. Bolalar safni birin-ketin tark eta boshlashdi, mening
31


ismim aniq chiqmaydi, chunki hammasidan a'lo darajada o'tdim,
deb o'zimga qatq ishonch bilan qaddimni tik turardim. 
32


Toʻ'satdan oxirida Dolimov Shohbozbek deb chaqirib qolishdi,
o'sha daqiqada sodir bo'lgan ichimdagi g'alayon faqatgina Hudoga
va menga ayon. Go'yoki muzdek suv ichdim-u, shu suv butun
tanamni bir muddatga muzlatib quygandek boʻldi. Ko'zimdan duv-
duv yosh oqar, turli xil savollarga javob axtarardim. Keyin bilsam,
qabul qilinmaganimga sabab, rahmatli buvajonimning
sudlanganligi ekan. Hudoga shukur, hozir bu qarorlar bekor
qilingan. Xuddi menga o'xshab yiqilganlar son mingta. Nega endi
o'z vatani uchun jonini ido qilishga, ona yurt osoyishtaligi uchun
o'z tinchligidan kechishga, kechalari uxlamay, vatan tuprogʻini
himoya qilishga tayyor yigitni rahmatli buvasining sudlanganligi
tufayli yiqitishadi? O'sha kun oʻzimga oʻzim, nafaqat harbiy
sohadan, balki boshqa davlat sohalaridan uzoqroq yurishga so'z
berdim. Shundan keyin xorijiy davlatlarning universitetlariga
o'qishga kirish uchun imtihonlarga tayyorgarlik ko'ra boshladim.
Til markazimizga Yaponiyaning Beppu shahrida joylashgan
Ritsumeikan Osiyo Tinchlik Universitetidan bir talaba kelgani va
markazimizda o'zi oʻqiyotgan universitet haqida taqdimot qilishi
e'lon qilindi. Men ham qiziqib, o'sha prezentatsiyada qatnashdim.
Universitetda tahsil olayotgan olti ming o'quvchining yarmi
xalqaro, qolganlarini esa yaponlar tashkil qilar ekan. To'qsondan
ortiq mamlakatdan talabalar lib o'qishini. talabalik hayotining
qanchalik rang-barang ekanligini ko'rib, rosa havas qildim.
Prezentatsiya tugagandan so'ng savollarimni o'sha talabadan
so'rab, bilib oldim. U yigitning ismi Farrux bo'lib, meni Yaponiyada
o'qishga qiziqtirgan birinchi akam Universitetiga tayyorgarlikni
boshlab yubordim. va yagona inson. Farrux Ritsumeikan tufayli
Osiyo Tinchlik Universitetga turli xil hujjatlar to'planib, ularni
pochta orqali yuborish kerak edi. Hujjatlarning eng asosiylari - 6 ta
33


insho (hozirda 4 tai, litseydagi baholar va IELTS (Ingliz tilidan
xalqaro test sinovii natijalari edi. Hammasidan insho eng
murakkab jarayon ekan. Insho yozishga roppa-rosa bir oy vaqtimiz
ketdi. Insholarimni ustozim Saydullo aka bilan yozganman.
Insholarimni tekshirib, talab asosida tayyorlanishida Saydullo
akamning o'rinlari benihoya kata. Insholarimni tugatib, yaxshi
niyatda hamma hujjatlarimni Yaponiyaga jo'natib yubordim. Bir
muncha vaqt o'tgandan keyin telefonda suhbatga chaqirishdi va
suhbat juda ham ajoyib o'tdi. Bahslashuv kursida o'qib
o'rganganlarim suhbatimda juda qoʻl keldi. Universitetning bir
yillik kontrakt puli 15 ming AQSH dollari edi. Insholardan va
suhbatdan muvafaqiyatli o'tgan o'quvchilarga shu miqdorni
foizlar (35 %, 50 %, 65 %, 80 % va 100 %i orqali kamaytirib, grant
yutib olish imkoniyati bor edi. Men esa 80 % yoki 100 % grant
yutsamgina, ketishga sharoitim borligini bilar edim. Tilning suyagi
yoʻqligigami bilmadim-u, barcha do'stlarimga Yaponiyaga hujjat
topshirganimni va tez orada javob kelishini aytib qo'ydim.
Shundan so'ng, ko'p do'stlarim natijani bilish uchun har hafa
qo'ng'iroq qilishni boshlashdi. Menda esa hech qanday javob yo'q
edi. Bir kuni doʻstimga grant yutganimni va Yaponiyaga ketaman,
deb aldab qo'ydim. Gap tez tarqaydi deganlari rost ekan, birpasda
barcha sinfdoshlarim qo'ngʻiroq qilib, tabriklay boshlashdi.
Universitetdan esa hanuz xabar yo'q. onam qo'ngʻiroq qilib,
Kunlarning birida Yaponiyadan xat kelganini aytib qoldilar. Onam
ingliz tilini tushunmaganliklari tufayli, xatni ochib, ichidan % (foizi
belgisini qidirishni va undan oldin qanday raqam borligini
soʻradim. Onam "80 %" deganlarini bilaman, ich-ichimdan baqirib,
yangi tugʻilgan qoʻzichoqday sakray boshladim. Bu xabarni tezroq
Gena akaga va markazdagi do'stlarimga aytgim kelardi,
34


xursandchiligim ichimga sig'may ketganidan qanday yuvinganim-u
sovuq suvda birmuncha turib qolganimni ham, kiyinib uydan
chiqib ketganimni ham bilmayman. Bu xabarni eshitgan Gena aka
koʻzlarida yosh bilan menday o'quvchisi borligidan qanchalik
faxrlanishini to'lqinlanib gapirdi. Keyingi ishalarimga omad tiladi.
Shuning bilan Yaponiyaga tayyorgarlik boshlandi. 2016-yil 16-
sentabr kuni men va yana ikki nafar do'stim Yaponiyaga uchib
ketdik.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə