Uo'K 910. 4(100) kbk 26. 89(0)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix20.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
-MAQSAD- BY - SH.DOLIMOV

Andishaning
otni
qo‘rqoq
deb
bo‘lmaydi
.
Sohil bo'yida voleybol yoki futbol o'ynah ko'rganmisiz?
Kunlar isishi bilan do'stlarim bilan sohil bo'yida maza qilib, futbol
yoki voleybol o'ynar edik. G'arb kinolarini e'tibor berib ko'rsangiz.
jismoniy baquvvat bolalar sohil bo'yida ustida kiyim kiymasdan
yurishni yaxshi ko'rishadi. Universitet talabalari ham xuddi
kinolardagidek sohil bo'yida tanasini ko'z-ko'z qilib yurishar edi. 
Bir tarafdan ularni koʻrib g'ashim, boshqa tarafdan havasim
kelardi. Havasim kelishiga sabab bu ularning qaddini tik tutib,
boshqalar bilan ishonch bilan gaplasha olishida edi. Men esa
qaddimni tik tutish uyoqda tursin birovning ko'ziga besh soniyadan
uzoqroq qarab turolmas edim. Voleybol yoki futbol o'ynayotgan
paytimizda jazirama issiq bo'lsa ham kiyimimni yechmasdan
o'ynardim. Sababi men boshqa bolalar kabi jismonan baquvvat
emas edim.
Oxirgi marta Milliy Xavfsizlik Xizmatiga hujjat topshirganda
jismoniy mashqlar asosida tayyorgarlik ko'rgan edim. Undan so'ng
uzoq muddat sport bilan shug'ullanmadim, aksincha, sigaret
chekib, yog'li taomlarni tanovul qilib yuraverdim. Dengizda
cho'milmoqchi bo'lgan paytlarim sohilda odam kamayishini kutib
turardim. Xullas, menga har bir qilayotgan ishimda ishonch
yetishmas edi.
49


FITNESS
Har bir insonning xonadonida yoki xonasida ko'zgu bo'lishi kerak.
Uydan chiqayotgan vaqtingiz shu koʻzguda o'z aksingizni ko'ʻrasiz.
Ba'zida aksingiz xursandchilik, ba'zida esa tushkunlik kayiyatini
tug'dirishi mumkin.Fikrimcha ikkisi ham yaxshilikka yo'ysa bo'ladi.
Mabodo, ko'zguda o'z aksingizni ko'rib quvonsangiz, demak, siz
to'g'ri yo'ldasiz va shu yo'lingizda yanayam jadalroq harakat qiling.
Agar buning teskarisi bo'ʻlsa, demak, o'z hayot tarzingizni
o'zgartirish vaqti keldi, deb o'ylayman.
Har doim koʻzguga razm solganimda oldingi Shohbozdan asar
ham qolmaganini ko'rardim. Ich- ichimdan oldingi quvnoq,
harakatchan, intiluvchan oʻzimni koʻrishni xohlasamda, lekin
buning uchun harakat qilishga juda ham erinchoqlik qilar edim.
Kunlarning birida kompyuter oʻyinlariga mukassidan ketib qolgan
bolaning itnes bilan uch yil mobaynida oʻzgargani haqidagi
videoni koʻrib qoldim. Videoda onasidan ayrilib qolgan bola
tushkunlikka tushib, shu tushkunlikni yengish maqsadida video
o'yinlar o'ynashni odat qiladi.Birmuncha vaqtdan so'ng bu holatga
qaram
boʻlib,
keyinchalik,esa,video,o'yinlarsiz,umuman
turolmaydigan bo'lib qoladi.
Bundan xavotirga tushgan ota itnes klubdan bir ustoz yollab,
oʻgʻlini bu odatidan xalos qilishni soʻraydi. Oʻsha bola uch yil ichida
xuddi avvalgi holatiga qaytadi hamda ijobiy tomonga o'zgaradi.
Video oxirida oʻzini oldingidan ham yaxshi his qilishi, o'ziga bo'lgan
ishonchni oshganligi endilikda itnesni o‘zgarish uchun emas balki
o‘z turmush tarziga aylantirganini e'tirof etadi.
50


Videoda e'tiborimni tortgan eng muhim jihat - uning oxirgi soʻzlari
boʻldi: "Oʻzimga bo'lgan ishonchim yanayam oshdi". Shu soniyada
sohil bo'yida qaddini tik tutib, o'ziga ishonch bilan yurgan bolalar
esimga tushdi. Fitnes bilan ishonch o'rtasida qandaydir umumiylik
borligini anglay boshladim. Yotgan joyimdan tez turib, itnes
klubga shoshildim Anchadan buyon shug'ullanmay
qo'yganimgami, itnes klub go'yo yangi sayyoraga oʻxshar edi.
Yugurish mashinasidan boshqa hamma narsa menga yet yot
begona edi. Xuddi mehmonga kelgandek uyalib, yugurish
mashinasiga chiqdim. Xayolimda menga hamma qarab turgandek.
O'zimga "Shohboz, oʻzingni itnes klubga har doim kelib
yuradigandek tutgin", deb buyruq berdim. Chamasi o'tz daqiqa
yugurdim va o'zimni yanada yaxshi his qila boshladim. Boshida
hafasiga bir marta, keyin ikki-uch, yarim yil ichida esa itnes
klubga hafasiga besh-olti marta borishni odat qildim. Kun sayin
tanamda yuz berayotgan oʻzgarish, oʻzimga bo'lgan ishonchning
oshishiga va koʻzguda oʻzimni koʻrganimda kayiyatim
ko'tarilishiga sabab bo'ldi. Bilimlarni tez oʻzlashtira olishim va
ularning mazmun-mohiyatini anglay boshlaganim baholarimning
yaxshilanishiga olib keldi. Endilikda itnesni ozish, semirish yoki
baquvvat boʻlish uchunemas, balki kundalik hayotarzimga
aylantirdim.
51


CHEMPION BO'LDIM 
Harbiy maktabda o'qib yurgan kezlarim sportning boks yoki
kikboks turi bilan juda shugʻullanishni xohlar edim. Do'stlarim
maktabimiz yonginasida joylashgan "JAR" sport saroyida turli sport
turlariga qatnashishardi. Maktab o'quvchilari uchun juda ham
kata chegirma ajratilgan bo'lib, men ham onamga biror-bir sport
turi bilan shug'ullanishim uchun pul berishlarini soʻraganman.
Onamning o'sha paytlari sharoitlari yoʻqligi tufayli hech qaysi sport
turiga borolmagaman. Yosh bo'lganimgami bilmadim, o'sha payt
onamdan xafa boʻlganim esimda, hozir shularni o'ylasam oʻzimdan
uyalib ketaman.
Universitetimizning itnes klubida shugʻullanib yurgan kezlarim
Kyoto shahrining "Arm Wrestling", ya'ni qo'l kurashi bo'yicha
chempioni Makaya Nakata ismli yigit bilan tanishib qoldim.
Yoshligimizda do'stlarim bilan maktab partalarida qoʻl kurashi
bo'yicha juda ko'p bellashardik. Tez chiqishib ketdik, u tez orada
qo'l kurashi boʻyicha ustozimga aylandi. Ko'pchilik qo'l kurashini
oddiygina sport sifatida qabul qiladi, jumladan, men ham shu
insonlar qatorida edim. Lekin ustozim menga qo'l kurashi hech
qachon bir kishi bilan bo'lmaydi, albata, bellashish uchun ikkinchi
odam zarur. Ikkinchi odam bilan muloqot va bu muloqotning
natijasi o'z-oʻzidan do'stlikka yetaklaydi, deganlari hali hamon
esimda. Shu sport tufayli ko'p do'stlar ortrishga muvafaq
bo'lganman. 
52


KELAJAKDA KIM
BO'LMOQCHIMAN?
Bu savol juda ko'p yoshlarni, hatoki katalarni ham qiynaydi.
Yoshligimda shunday savol berishsa, oʻzimga ishonch bilan
"prezident" derdim. Vaqt o'tishi bilan orzular ham o'zgarar ekan.
Har yili yoki har ikki yilda kelajakda qaysi kasbni tanlashim bo'yicha
tasavvurlarim o'zgara boshladi.
Maktabni bitiray deganimda harbiy, litseyni bitiray deganimda
tadbirkor, universitetni bitiray deganimda esa bilmayman...
Bilmasligim uchun ba'zida ota-onamní, ba'zida esa muhitni
ayblardim. Lekin boshqalarni ayblashda davom etaversam, bir kun
kelib, yoshim bir joyga borib qolganda afsuslanishni xohlamas
edim. "ISH OVI" BOSHLANDI 
Yaponiyada "job hunting" - "ish ovi" boshqa
davlatlardantubdanfarqqiladi.Keling, "ishovi"vauning oʻziga
yarasha ahamiyatlari haqida tushuntirib bersam. "Ish universitetni
bitirayotgan talabalar go'yo o'rmonga hayvon ovlagani
chiqqanidek, internetga "ish ovlagani" yoki tanlagani kirishib
ketishadi. Yaponiyada "ish ovi", odatda, har yili yanvar oyidan
boshlanadi.
Odatda, talabalar ishlashni xohlagan kompaniyaning web
sahifasidan o'zlari haqidagi ma'lumotni to'ldirib jo'natishadi. Agar
ma'qul kelsa, birinchi suhbatga chaqirishardi. Ko'p kompaniyalar
Tokiyo, Osaka, Kyoto, Yokohama va shu kabi kata shaharlarda
ovi" nomidan koʻrinib turganidek, joylashgan. Shu shaharda
53


yashovchilar uchun boshlang'ich suhbatga borish muammo
tug'dirmasdi.
Universitetim Yaponiyaning bir chekkasida joylashganligi tufayli
har yili ikki yuzdan ortiq dunyoning eng nufuzli korporatsiyalaridan
ishga oluvchilarkelib, universitetningoʻzidayoqboshlangich
suhbatdan o'tkazishar edi. Bu esa, albata, talabalarga qulaylik
tug'dirardi. Mabodo, oxirgisuhbatga o'tsangiz. kompaniyaga
borishingizga to'g'ri kelar va borib. kelish uchun ketadigan hamma
xarajatni kompaniya goplab berardi. Bu haqida eshitganmisiz
yo'qmi, bilmadim-ku, lekin ishga topshiriladigan "resume", ya'ni
"oʻzingiz haqida ma'lumotnoma"ni qoʻlda yozishingiz kerak edi.
Nimaga deysizmi? Yaponlarning o'ylashicha, qo'lda yozish - bu
o'sha kompaniyaga haqiqatan kirmoqchi ekanligingizni bildirar
ekan. Yaponiyada ishga kirish uchun qaysi yo'nalishda
o'qiganligingiz kata ahamiyatga ega emas, albata, tibbiyot,
muhandislik va shu kabi sohalardan tashqari. Yaponiya
kompaniyalari bir kishini ishga olish uchun juda kata mablag'
sarflaydi. Har bir yangi ishchi uch oydan bir yilgacha "training",
ya'ni
tayyorlov
muddatinio'taydi.
Shutayyorlovmuddatichidao'zingiz ishlaydigan bo'lim faoliyatini
ipidan-ignasigacha o'rgatishadi. Har bir kompaniyaning ishlash
uslubi har xil, shuning uchun sinov muddati ham shunga qarab
belgilanadi.
Mana, siz o'qigan sohaning nima uchun ish beruvchilarga
ahamiyati yoʻqligining sababi nimada. To'rtinchi bosqichga ham
o'tdim, do'stlarim "ish ovi"ni boshlab yuborishdi. Men esa ishga
topshirsammi yoki magistraturaga o'qisammi degan xayollar bilan
band edim. Bu xayollarimga turli xil sabablar bor: kelajakda qaysi
54


soha egasi bo'lishimni hali aniqlay olganim yo'q va aniqlashim
uchun menga vagt kerak edi. Agar ishlaydigan bo'lsam, ish bilan
ovora bo'lib, qaysi soha vakili bo'lishimni to'g'ri aniqlay olmayman,
deb oʻyladim. Agar ish topib, vizamni ishchi vizaga o'zgartirmasam,
O'zbekistonga gaytib ketishimga to'g'ri kelardi. Bu vaqtni topish va
o'ylay olish imkoniyatlardan biri magistratura edi.
55


MAGISTRATURAGA GRANT 
YUTDIM
Magistraturada tahsil olmoqchi bo‘lsam Tokiyoda joylashgan
Keio yoki Waseda Universitetlariga topshirishim kerak edi. Chunki
ingliz tilida biznes ta'limini o'qitadigan eng nufuzli universitetlar
shular edi. Negadir xayolimga Yaponiyadan boshqa davlatlardagi
oliygohlarní qidirish ikri kelib qoldi. O'sha paytlar Skandinaviya
mamlakatlarining ta'limga bo'lgan e'tibori haqida ko'p maqolalar
o'qiganim uchunmi, universitetim hamkorlik qiladigan
Skandinaviya mamlakatlarida joylashgan oliygohlarni topdim. Keio
joylashgan Waseda topshirishim edi. 
Hujjatlarimni birinchi Shvetsiyaning Lund Universiteti, Business
BI Norwegian Business Schoollariga yubordim.To'rtinchi
bosqichgacha magistraturada o'qish xayolimga kelmaganigami,
bakalavrda baholarimga uncha e'tibor bermagan ekanman.
Hujjatlarimni dunyoning eng nufuzli universitetlariga yuborganim
bois meni bu ko'rsatkichlarim bilan qabul qilishmasa kerak deb
oʻylab, doʻstlarim bilan "ish ovi"ga kirishdim. Ich-ichimdan ishga
kirishni xohlamaganim sababli ish ovidan kelayotgan natijalar
yomon edi. Shunda o'zing yoqtirmagan ishni qilish - qanchalik
qiyin ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim.
"Ish ovi"ga tayyorgarliki do'stlarim bilan kutubxonamizda
joylashga yuzdan ortiq kompyuterlarda amalga oshirar edik.
Zerikkan paytimizda yoshlikni eslab, "Counter Strike" o'yinini
o'ynardik. Aytgancha, bunday o'yinlarni o'ynash kutubxona
56


ma'muriyati tomonidan do'stlarim bilan ta'qiqlangan edi. Juda
ko'p ogohlantirishlarga qaramay o'ynayverardik. Ha, nima qilaylik,
"ish ovi"ning muammolaridan uzoqlashishning yaxshi yo'llaridan
biri edi. Kunlarning Norvegiyadan kirganligim haqidagi tabriknoma
edi. Bir tarafdan juda xursand bo'ldim, boshqa tarafdan esa grant
yutganligim yoki yutmaganligim haqida hech qayerda
yozilmaganligi ko'nglimni g'ash qilar edi. Agar grant yutmagan
bo'lsam, o'qish puli juda ham qimmat va buni to'lashga esa
mening pulim yo'q edi. Shoshilib, Norvegiyaga grant haqida hech
qanday ma'lumot yo'qligini tushuntirib, xabar yubordim. elektron
Xabar pochtamga o'qishga birida xabar keldi.
Oradan ikki kun o'tib, ular o'qishga kirish va grant yutish
xabarlari alohida yuborilishini, tez kunlarda grant haqidagi
ma'lumotni ham olishim mumkinligini aytishdi. Buni eshitib
ko'nglim ancha joyiga tushdi. Oradan 15 kunlar o'tar-o'tmas, grant
haqida ham xabar keldi. O'zim xohlagan yo'nalishda 100 % grant
asosida o'qishga qabul qilinibman. Buni eshitgan do'stlarim ham
juda xursand boʻlishdi.
57


NORVEGIYADAGI ILK 
SARGUZASHTLARIM
Norvegiyaning muhojirlarga nisbatan jiddiy qonun-qoidalari ko'p.
Oddiy talaba boʻlib borish uchun ham ancha bosqichdan
o'tishingizga to'g'ri keladi. Talabalik vizasiga hujjat yig'ish
magistraturaga grant yutib olishdan ancha qiyin kechdi. Birinchi va
eng kata muammo pul edi. Norvegiya hukumati qonun-
qoidalariga ko'ra, har bir talaba viza bilan taqdirlanishi uchun o'z
universitetiga 13.000 AQSH dollari o'tkazishi so'raladi. Togʻrisini
aytsam, men endi magistraturaga kirdim, yaqinda ketaman deb
chuchvarani xom sanagan ekanman. Nisbatan
Oddiy talabada buncha pul nima qilsin? Buncha pul nimaga
deysizmi? Norvegiya hukumatining hisob- kitoblariga ko'ra, bir
talaba yiliga yeb-ichish, yashash va kerakli narsalarni sotib olishi
uchun 13 ming AQSH dollari ketar ekan. Hukumat qarorini qoʻllab-
quvvatlayman, sababi shu orqali talabalar ko'chada pulsiz qolib
ketishmaydi. Albata, pulimni Norvegiyaga borishim bilanoq
qaytarib berishlarini aytishdi. Biroq shuncha pulni qayerdan
topishga boshim qotib qoldi. 
Onamgaqo'ng'iroqqilib, vaziyatni tushuntirishga harakat
qildim. Onam chet mamlakatlarda yashamaganliklari tufayli
vaziyatni bir emas, bir necha marotaba tushuntirishga majbur
bo'ldim. Onam menga 5 ming AQSH dollari berib tura olishlarini va
qolganini o'zim topishimni aytdilar. Norvegiyaga ozgina pul yig'ib
qo'ygan edim, lekin bu pul Osloda go'shimcha ish topib
58


olgunimgacha ishlatishim uchun yig'ib qo'ygan edim. Do'stlarim
allaqachon oʻzlari yoqtirgan kompaniyalaridan ish olishgan va men
esa bu yerda tang ahvolda qolib ketgan edim. 8 ming AQSH
dollarini 15-20 kun atroida do'stlarimdan so'rab ko'rdim va hech
kimda buncha pul yo'qligini anglab yetganimdan so'ng,
magistraturaga borolmasligimni tushunib yetdim va yana ish oviga
qaytdim. 
Kunlarning birida Yaponiyada bir paytlar men bilan yashagan
va hozirda Kanadaga ko'chib ketgan akam hol-ahvol so'rab
yozdilar. Vaziyatimni tushuntirdim va hozir nima qilishni
bilmaganim uchun maslahatlari kerakligini aytdim. Ravshan akam
menga yet yot begona bo'lganlari bilan, menga xuddi o'z
qarindoshiga ishonganday ishonardilar. Universitetda oʻqib yurgan
paytlarimizda juda ko'p yordamlari tekkan. Ravshan akam hozirda
bankda ishlayotganligi va menga kredit olib berishlarini aytdilar.
Shunday qilib, juda qisqa fursatda 8000 AQSH dollarini jo'natib
yubordilar. Bu pulni topgunimga qadar har bir kunim go'yo yildek
o'tayotgandi. Niyatim yaxshiligi va shuncha harakat qilganim
tufayli eng kerakli odamga ro'paro bo'ldim. Onam, Ravshan akam
va Shoxruh do'stimdan qarz olib turdim. 
Norvegiyaga kelishim hayotimda yuz bergan voqealar ichida
eng qiziqlaridan biri bo'lgan desam, yanglishmagan bo'laman.
Fukuoka - Oslo yo'nalishi bo'yicha samolyot chiptasini Norvegiyaga
talabalik vizasini qabul qilganimdan so'ng xarid qildim. Iyun
oyining boshi edi. Har doim chiptalarni shaxsiy kredit kartochkam
bilan xarid qilganim uchun Osloga chiptani ham xuddi shunday
xarid qildim. Norvegiyadagi o'qishim 22-avgustdan boshlangani
tufayli BI Norwegian Business School universiteti menga vaqtliroq
59


kelishni tavsiya qildi. Shuning uchun chiptamni 4-avgustga xarid
qildim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu kunni intizorlik bilan
kutdim. 4-avgustda Beppudan bir kun vaqtliroq chiqib ketib,
yaqinroq mehmonxonada qolishga qaror qildim. Xalqaro
Aeroportiga Fukuoka Soạt chamasi 14:00 edi. Toʻsatdan elektron
pochtamga Aeroflot Aviokompaniyasidan menga elektron xabar
keldi. Xabarni ochib qarasam, kredit kartochkam tekshiruvdan
o'tmaganligi tufayli 4-avgust kuni uchib ketolmasligimni aytishdi.
Zudlik bilan Aviakompaniya bilan bog'landim. Ularning aytishicha,
odatda, xaridorning kredit kartochkasi chipta xarid qilayotganida
va xariddan so'ng yana bir marta tekshiruvdan o'tishini aytishdi.
Kredit kartochkam pul to'laganimda tekshiruvdan o'tganligi, lekin
ikkinchi tekshiruvdan o'tmaganligini tushuntirib berishdi. Keyin
men Yaponiyadan ketayotganligim uchun chiptani xarid qilib
boʻlib, bankimga bog'lanib kartochkamni yopishni so'ragan edim
deb ularga tushuntirdim. Bu vaziyatni Avikompaniya ishchilari
tushunishdi va menga pulimni ma'lum bir hujjatlarni
jo'natganimdan so'ng qaytarib berishni aytishdi. Afsuski, mening
chiptam boshqa odamga sotilib ketgan ekan. 4-avgustda faqatgina
Turk Havo Yo'llarida chipta bor ekan. Norvegiyaga bir yarim ming
AQSH dollari atroida pul yig'ib qo'ygan edim. Shundan ming AQSH
dollarini chipta sotib olishga sarfladim va yonimda atigi besh yuz
AQSH dollari qolgan edi. Bu bilan besh yuz AQSH dollari qiymatsiz,
demoqchiemasman. Lekin dunyoning eng qimmat shaha
hisoblangan Norvegiyaning poytaxti uchun besh yuz AQSH dollari
atigi uch hafaga yetardi, xolos. Tavakkal qilib, 4-avgust kuni erta
tongda Norvegiyaga uchib ketdim. Bu hayotimdagi eng noqulay
chipta bo'ldi desam, adashmagan bo'laman. Birinchi Fukuoka
shahridan Osaka shahriga uchdim. Osakada besh soatlar
60


tranzitdan so'ng, Istanbulga 12 soatlik sayohatga yo'lga chiqdim.
Istanbulning Otaturk Aeroportida 16 soat tranzitda o'tirishimga
to'g'ri keldi. Odatda, dunyoning kata aviakompaniyalari 12
soatdan uzoq tranzitda o'tiradigan yo'lovchilarni tekinga
mehmonxona bilan ta'minlashi haqida eshitgan edim. Turk Havo
Yo'llarida bunday xizmat koʻrsatilmas ekan. Mehmonxonaga jon
deb borgan bo'lardim, lekin pulimni ishlatib qo'ysam, Osloda juda
qiyin ahvolda qolib ketishim aniq edi. Aeroportning bir chetidan
yaxshi joy topdimda, sumkani boshimga qo'yib uxladim. Ichimda
"mabodo narsalarimni o'gʻirlab ketishsa, nima boʻladi" degan
xayol bo'lgani uchun yaxshi uxlay olmadim. Amallab 16 soatni
o'tkazdim. Istanbuldan Osloga 4 soat uchdik. Osloda kechki 11.
Do'stim Awale (APUda tanishganman, asli somaliyalik,
Norvegiyada tug'ilib o'sgani Osloda avtobus bekatida kutib olishini
aytdi. Men esa Osloga ketadigan oxirgi avtobusga zo'rg'a
ulgurdim. Do'stim meni kutib olib, yotoqxonaga olib borib qoʻydi.
Yotoqxonaga borganimdan juda qatq afsuslandim. Yotoqxona
binosi eski, lif tushadiganday harakat qilar edi. Xonam esa bo'm-
bo'sh. Shu payt Yaponiyaga birinchi marta borganim xayolimga
tushdi.Yaponiyadagi yotoqxonada hamma narsa tayyor edi,
shunday kirib yashasa bas. Bu yerda esa stol, stul va divandan
boshqa hech vaqo yo'q. Do'stim keyingi ikki-uch kun band
boʻlishini aytdi. Chamasi 40-41 soat yo'l yurib keldim Do'stimni
kuzatib yuborib, xonamga qaytib kelib ko'zimdan toʻ'xtamasdan
yosh chiqib ketdi. Nima gilayotganimni o'zim ham bilmadim.
Kechqurun bilan "to'g'ri qaror qabul qildimmi?" degan o'y bilan
uxlolmadim. Tongga yaqin Yaponiyadan olib kelgan kurtkamni
kiyib, bo'm-bo'sh divanda uxladim Osloda Awaledan boshqa hech
qanday tanishim yoʻq edi. Pulim AQSH dollarida bo'lganligi tufayli
61


pulimni qayerda almashtirishni bilmas edim. Xonamda internet
tarmog'i bo'lgani bilan uni ulash uchun maxsus sim kerak. Tavakkal
qilib tashqariga chiqdim. Atrofga yaxshi nazar tashlab, atrofdagi
narsalarni yodlab oldim. Sababi, mabodo, uzoqlashib ketsam,
qaytib kelishimga oson bo'lsin deb. Pul almashtirish shoxobchalari,
odatda, shahar markazida bo'lgani uchun ko'chadagi odamlardan
so'rab-surishtirib pul almashtirish shaxobchasini topdim. Bu
shaxobchani koʻrganimda xuddi tillo topib olgandek xursand edim.
Yaponiyada halol mahsulotlarni topish juda mushkul, topgan
taqdirimda ham juda qimmat edi. Norvegiyada esa bu muammoga
umuman duch kelmasligimni, uyga bozorlik qilayotganimda anglab
yetdim. Shahar markazida besh-oltita masjid, oʻndan ortiq halol
qassobxonalarni uchratdim. Bunga sabab Osloda Pokiston,
Somaliya, Hindiston va boshqa davlatlardan musulmonlarning
ko'pligi ekan. O'qishim ham ana-mana deguncha boshlandi.
To'g'risini aytsam yangi davlatga o'rgana olmayotganimgami,
odamlari kamgap ekanligigamibilmadim, magistraturaga
kelganimdan afsusda edim. Pulim kam qolganligi sabab har daqiqa
ko'nglim g'ash edi. Tezroq ish topmasam, tez kunlarda och
qolishim aniq. Universitetim o'qish boshlangandan keyin 5000
ming AQSH dollarini, ya'ni grant pulini berdi, men uni onamga,
Ravshan akamga va do'stimga jo'natib yubordim. Yonimda esa
juda kam pul qolgandi. Oktabr oyida Facebook orqali Bekzod aka
menga bog'landi. Oldiniga ko'zlarimga ishonmadim, sababi Bekzod
aka haqida Taraqqiyot markazida ingliz tilini o'rganib yurgan
paytlarim eshitgan edim. Hozirda Osloda koʻz doktori bo'lib ishlar
ekanlar. Yaqindan tanishib oldik va menga Norvegiyada ish topish
boʻyicha o'z maslahatlarini berdilar. Maslahatlari bo'yicha oʻzim
haqimdagi hujjatlarimdan bir nechta nusxa olib, online va
62


to'g'ridan-to'g'ri 50 dan ortiq tashkilot va restoranlarga topshirib
chiqdim. Taxmin qilganingizdek, hech biridan javob kelmadi.
Kunlarim birin-ketin o'taverdi. Bir kuni uyg'onib, muzlatkichni
ochganimda quritilgan mevalar, bodom, yong'oq va apelsin
sokidan boshqa hech narsa qolmaganini ko'rdim. Xayolimga onam
keldilar, chunki bularni menga onam jo'natgandilar. Maslahatim:
vatandan yiroqqa ketyapsizmi?! Albata, o'zingiz bilan quritilgan
meva va yong'oq oling, chunki och golganda bir tomondan ham
to'q tutadi, ham miyani ishlashiga yordam beradi.
63


64


UMIDSIZLIKDAN UMIDGACHA...
. .
Quruq mevalar va apelsin soki bilan 3 kun yashab
ko'rganmisiz? Men yashab ko'rganman. Negadir Yaponiyada sohil
bo'yida o'tirib yigʻlaganim esimga tushib ketdi. Hozir ham deyarli
xuddi shunday vaziyatda edim, ya'ni boshi berk ko'chaga kirjb
qolgandek. Quruq mevalar yeyaverib tomoqlarim shilinib ketgan
kunlarning birida Facebook sotsial tarmog'i orqali bir ishdan xabar
keldi. Xabarda suhbatga qachon kela olishim so'ralgan ekan. Men
esa xabar kelganiga 30 soniya bo'lmasdan zudlik bilan "hozir bora
olaman" deb yozdim. Omadni qarangki, unda meni suhbatga
kelishimni soʻradi. Suhbat ishxonaning o'zida Suhbatni angliyalik,
hozirda yaqin aylangan, shu ishxonaning menejeri Steve oldi.
Steve bilan tezda chiqishib ketdik va u meni ishni qachondan
boshlay olishimni so'radi. Menga pul shunchalar zarur ediki,
"bugundan" deb baland ovozda gapirib yuborganimni ham sezmay
qolibman. boʻlib o'tdi. do'stimga Ishxonam ingliz uslubida qurilgan
"The Star" deb nomlangan, ikki qavatli karaoke bari edi.
Karaoke Yaponiyada juda ham mashhur va Norvegiyada ham
bunchalik mashhur ekanligi yet uxlab hayolimga ham kelmagan
edi. Ishim kechqurun 8 da boshlanib, ertalabki 5 gacha davom
etardi. Ishimning birinchikuni bir yoshi kata inson kirib ichkilik
buyurdi. Ishxonada men va u insondan boshqa odam yo'qligi
uchun menga savollar bera boshladi. Savollaridan birida qayerda
o'qishimni so'radi. Men esa "BI Norwegian Business School"da deb
javob berdim. Universitetimda ko'proq boy insonlarning
farzandlari o'qiganligi tufayli, u menga "U yerda o'qiydigan bola
65


bunday joyda nega ishlayapti?" deb so'radi. Men esa yoshim 20
dan o'tganligi, odatda, bu yoshda bizni davlatda ota-onadan pul
so'rash uyatligi va qiyin bo'lsa ham o'z kuchim bilan oyoqqa
turishim kerakligini tushuntirdim. Bu gapni eshitgan yoshi kata
inson menga qarab "Bizni zamondagi bolalar ham shunday edi,
hozir juda ko'pchilik yoshlar dangasa bo'lib ketishgan" deb javob
berdi. Suhbatimiz so'ngida menga 500 NOK, ya'ni 60 AQSH
dollariga yaqin pulni choy-chaqa sifatida berib, "Sendek yoshlar
hali ham borligidan juda ham xursandman" deb bardan chiqib
ketdi. Ko'zimdan to'xtamasdan yosh oqishni boshladi va
yoshlarimni artib olish uchun kiyim almashtirish xonasiga yugurib
kirib ketdim. Ko'z yoshimga sabab, bugun ishdan keyin quruq
meva emas, balkim anchadan buyon ta'mi esimdan chiqib ketgan
tovuq yoki mol go'shti olib yeya olishimda edi. 
Ishim tugagandan so'ng, 24 soat ishlaydigan do'kondan 1
emas, 2 emas, 3 ta "hotdog" sotib olib, xuddi ovqat ko'rmagan
insondek yeyishni boshladim. Ko'chada yurganlar esa meni bu
holatda ko'rib ba'zilari kulib, ba'zilari esa kelib hol-ahvol so'rab
ketishdi. O'zimni juda yomon his qilgan bo'lsamda, ich- ichimdan
juda hursand edim, sababi ertaga tong otishi bilan do'konga borib
tovuq sotib olib, mazzaqilib yeyishimni bilar edim. Har kuni
tushgan choy- chaqa bilan birinchi oyligimga zoʻrg'a yetib oldim.
Muhammad Yusufning she'ridan bir misra keltirdim, sababi bir kun
kelib albata hammasi yaxshi bo'lishiga qatq ishonardim.
Taxminan to'rt oy davomida qatq ishlab, ham kun koʻrish, ham
o'qishni eplab ketish juda ham murakkab jarayon edi.
Inson nimagadir erishish uchun qanchalik qatq harakat qilishi
kerakligini tasavvur qilolmaysiz. Nega menda hammasi yaxshi
66


bo'lmayapti deb, ko'pchilik o'ylaydi? Nega boshqalarga boʻlgan
e'tibor kuchlj? 
Mening boshqalardan nima kam joyim bor? Bilasizmi.
hammasiga javob bita! Odamzotni bir-biridan ajratib turadigan
narsa bu uning ongida! Hech qachon umidsizlikka tushish kerak
emas!!! Vaholanki, oʻlimdan boshqa hamma qiyinchiliklarning
yechimini topsa bo'ladi. Ishlab o'qiyman deb sog'ligimdan ham bir
tomondan ayrilganman, ya'ni soat 9 dan ertalab 5 gacha ishda
bo'lib, soat 7 da o'qishga ketardim. Uyqu 2 soat boʻlardi.
67


ZBEK
Fitnes klubga birinchi borishni boshlagan paytlarim ko'p
ma'lumotlarni YouTube tarmog'idan olar edim.Eng yoqtirgan
kanallarimdan biri bu Christian Guzman ismli video blogger kanali
edi.Asli amerikalik bo'lib, o'z kanaliga itnes va sog'lom ovqatlanish
haqida juda foydali videolar joylab borardi.Shu paytlar bu bola
o'zining kichkina "Alphalete" deb nomlangan shaxsiy itnes
brendini boshladi.Va shaxsiy brendni qanday boshlash va
nimalarga e'tibor berish kerakligini ipidan ignasigacha o'rgatishni
boshladi.Alphalte qisqa vaqt ichida nafaqat Amerikada, balki
dunyoda eng kata itnes kiyim-kechaklar brendiga aylanishga
ulgurdi.O'sha paytlar men ham bir kun kelib o'z itnes brendimni
yarataman deb oʻzimga-o'zim va'da berib qo'ygan
edim.Magistratura ishlari bilan juda band bo'lib ketdim va shaxsiy
brendimni boshlash uchun yonimda yetarlicha mablag'im ham
yo'q edi.Magsitraturaning 1-chi kursini tamomlay deb qolgan
paytim, o'z brendimni boshlash uchun bel bog'ladim.Amerikalik
do'stim bilan "High Athletics" deb nomlangan brend logotipini
yaratib, futbolkalar ishlab chiqarishni boshladik.Futbolkalar
Norvegiyadagi do'stlarim tomonidan juda ham pozitiv qabul qilindi
va ozgina pul ishlashga ham muvafaq bo'ldim.Lekin mening
maqsadim bu brendni Norvegiyada emas, aksincha, o'z vatanimda
rivojlantirish edi.Negadir "High Athletics"da milliylikni koʻrmadim
va nominioʻzgartirishga qaror qildim.Juda ham ko'p vaqtdan so'ng
"ZBEK" deb nom berdim.ZBEK dagi "Z", ya'ni oxirgi va Bek, ya'ni
oʻzbeklar, to'liq qilib aytganda "oxirgi beklar" ma'nosini
anglatuvchi nom berdim.Yuqorida aytganimdek, grantimni
yoʻqotib O'zbekistonga qaytib ketayotgan paytim, endi vaqtimni
68


shu sarflayman dedim.Hozir Oʻzbekistonga borsam xohlagan
matoni topishim mumkin va alogador ishlarim ancha osonlashadi
deb borgan edim.Lekin juda qatq adashgan ekanman..
rivojlantirish brendni uchun tekstilga O'zbekistonga qaytishda
oʻzim bilan mashxur sport kiyim kechaklari - Nike, Adidas va
Reebok bir nechta futbolkalar olib olgandim.O'zingiz bilsangiz
kerak, itnes yoki sport futbolkalari oddiy futbolkalardan ancha
farq qiladi va narxi jihatdan ham oddiy kiyim- kechaklardan 2 yoki
3 barobar qimmat.Chunki sport kiyimlariga ketadigan mato terini
oʻziga shimib oluvchi, shugullanishni osonlashtiradigan, bir necha
qimmat matolarning aralashuvidan tayyorlanadi.Bir necha tikuv
sexlariga bogʻlanib, shunday futbolkalar tikib bera olishadimi yoki
yoʻqmi deb so'radim.Va ular bunday matolar O'zbekistonda ishlab
chiqarilmasligi va faqat Xitoydan olib kelishning iloji borligini
aytishdi.Faqat
Xitoydan
olib
kelinadigan
bo'lsa,
engkamida1yoki2tonnasotibolishimkerakligini
aytishdi.Yosh
tabdirkorda buncha pul qayerdan ham bo'lsin?High Athleticsga
ham Xitoydan buyurtma bergan edim, lekin boshida 50 ta so'ragan
paytimda, hech qanday qarshiliklarsiz tikib berishgan edi/ Juda
ham ko'p joylarga mato qidirib bordim va bir joydan men xohlagan
matoga yaqinrog'i bor ekan. Nima bo'lsa bo'ldi, shundan sotib olib
tikaman deb, matoni Andijondagi tikuv sexiga jo'natib yubordim.
Mato muammosidan qutuldim desam, keyingi muammo chevarlar
ekan. Juda ham ko'p tikuvchilar "standart" kiyim tikaverib, men
shaklda tikish ular uchun kata muammo bo'ldi Andijonga
Toshkentdan chamasi sakkiz marta gatnah 100 dona futbolka
chiqarishga muvafaq bo'ldik, xohlagan Futbolkalar birin-ketin
sotilishni boshladi, lekin ozgina vaqt o'tgandan keyin yaqin
do'stimning futbolkasidagi mato o'zgarishini koʻrdim. Mato sotgan
69


insonga bu muammoni aytsam, "Eng yaxshi mato shu, bundan
yaxshisini topa olmaysiz" dedi. O'sha payt O'zbekistonda bu ishni
boshlashim to'g'rimikan deb rosa o'ylandim. Albata, hamma
biznesda xatoliklar bo'ladi va buning mas'uliyati faqatgina o'zimda
edi. Futbolkaga buyurtma berishning o'ziga yarasha noqulayliklari
bor. Eng kata noqulayliklaridan biri - bu siz nechta S, M, L razmer
sotilishini bilmaysiz. Shuning uchun buyurtma berayotgan paytda,
taxmin qilishingizga to'gʻri keladi. Sotilmay qolgan hamma razmer
sizga zararga kiradi. Menda ham xuddi shunday bo'ldi. Juda ham
ko'p M razmerdagi futbolkalar sotilib, S va L deyarli sotilmay qolib
ketdi. Buning zararini qoplash uchun, futbolka hammaga birdek
to'g'ri keladigan biror bir mahsulot sotishdan boshlasammikin deb
o'ylab qoldim... balkim emas, Albata, bu mahsulot "kepka" edi.
Kepka sotishning qulayligi shunda ediki, kepaki xohlagan
razmeringizga moslab kiysangiz ikrim, albata, muvafaqqiyatli
boʻladi deb chiqaruvchi sexlarga borib, ularning mahsulotlariní
kepka oldingi ko'rishni boshladim. Ishonasizmi, shu payt biznes
boshlaganimga shunaqa darajada afsuslanib ketdimki, bu tuyg'uni
o'zimdan boshqa hech kim bilmas edi. chiqargan birma-bir
Kepkalar juda ham arzon paxtali matodan tikilar va bilsangiz
bunday kepka kiyish boshni terlatib, soch to'kilishiga sabab
bo'lardi. Bu haqida sex boshlig'idan soʻrasam, "Hozir shunga talab
kata, shuning uchun faqatgina shu paxtali matoda chiqaramiz,
agar yaxshiroq paxtali mato kerak boʻlsa, Xitoydan olib
keltirishimiz kerak" dedi. Sal insofliroq odam ekan, 1 tonna emas,
siz qancha xohlasangiz shuncha olib keltirib beramiz dedi. Tavakkal
qilib Xitoydan mato olib kelib, 200 dona kepkaga buyurtma
berdim. Har kuni o'n minglab kepka tikayotgan odam "200" ni
eshitib, boshida menga hato qaragisi kelmadi. Buvijonim
70


yoshligimda "Bolam, ba'zida ishingni bitkazish uchun itingni ham
aka deyishga to'g'ri keladi" degan gaplari bilan "iltimos akajon"
deb bir amallab kepkalarni tiktirib oldim. Kepkalaroʻzim
kutganimdekjudatezsotilibketdi, lekin bu paytda menga
Norvegiyadan talabalik vizasi chiqdi. Oldimda ikki yoʻl paydo bo'ldi,
O'zbekistonda qolib biznesimni rivojlantirish, yoki Norvegiyaga
qaytib borib o'qishimni yakunlash. Yuragim Norvegiyaga qaytib
borib magistraturani tugatishimni va shundan so‘ng bir qarorga
kelishimni aytdi. Shu bilan avgust oyida Norvegiyaga uchib
ketdim... 
71


ISH TOPDIM
Juma kuni edi... Kunimni har doimgidek kitob mutoaala
qilish bilan boshladim. Qishdan yozishni boshlagan. Bu yil qish
to'rt oydan ortiqroq davom etdi va juda ko'p qor yog'di. Negadir
qishni juda yomon ko'raman, chunki undagi qorong'ulik xuddi
o'zining girdobiga olib kirib ketadigandek. chiqib ketishni
xohlayman. kurtak endigina daraxtlar chiqib, undan Men esa
Nonushta qilib bo'lganimdan so'ng, yaxshi niyatlar bilan
qo'shimcha ish topgan korxonaga qarab yo'l oldim. 
Bu korxonada oʻqishdan bo'sh bo'lgan kunlarim kelib ishlar va
topgan pullarim kundalik xarajatlarimga yetib turardi. Yaqin
kunlardan buyon ertalab soat 5 da turishni odatga aylantirdim,
ishimga ham bir soat erta borardim. Fikrimcha, bunday qilish,
o'sha kunlik ishni rejalashtirishga, boshqa xodimlar orasida
hurmatingiz oshishiga yordam beradi. Bugun juda muhim kun -
anchadan buyon ishga kirmoqchi bo'lgan kompaniyadan javob
chiqadi. Yoʻlda kelar ekanman, yuragimning "duk- duk" urishini
eshita boshladim. Hayajon, xavotir va xomushlik boshimni ancha
egib qo'ygan edi.
72


Chamasi soat 15:00 larda telefonimga elektron xat keldi, unda
ishga qabul qilinganligim yozilgan edi. Tanamni bir necha
soniyalarga sezmay qoldim va ko'zimdan to'xtamasdan yosh
chiqardi. Albata, bu quvonch yoshlari edi. Odam bita ish
topganiga ham yig'laydimi deb hayron bo'layotganingizni bilaman.
Ish topishim menga juda ko'p eshiklarni ochdi. Yaxshi oylik, ishchi
vizasi, erkinlik va eng ichki xotirjamlik. Ish topganim uchun
keraklisi emas, o'sha sizga aytgan Xitoy devorining boshqa
tomoniga narvonsiz oshib tushganimdan yig'lardim...
73


74


10MASLAHAT
Bu 10 maslahat hozirgacha men yo'l qoʻygan
xatolar va tajribalardan kelib chiqgan holda
tuzishga harakat qildim. Bular sizning
yuksalishingiz uchun oz boʻlsa-da xizmat qiladi
degan umiddaman.....
75



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə