Uo'K 910. 4(100) kbk 26. 89(0)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix20.02.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
-MAQSAD- BY - SH.DOLIMOV

 1.Oson yo'l qidirmang
qidirmang
Norvegiya hukumati menga viza bermaslikka garorqilgan kun
hali ham esimda. Xuddi birov ustimdan muzdek suv quyib
yuborgandek edi. Ancha oʻzimga kela olmay yurdim. Nega
deysizmi? Norvegiya kelishim osonlikcha bo'lib qolgani yo'q
edi. 
Bu yerga kelishim uchun juda ham ko'p to'siqlarni bosib
o'tganman. Bir narsaga yoki insonga osonlikcha erishgan
paytingizni eslab ko'ring. Bunday voqealarni yoki eslolmaysiz,
yoki bir yomon xotira sifatida qolib ketgan. Bir narsaga
osonlikcha erishmoqchi bo'lgan odamni xuddi har kuni
lotoreyadan omadim kelib qolarmikin deydigan odamga
o'xshataman. Menga ishonmasangiz, hech lotoreyadan kata
yutuq chiqib, boy bo'lib ketgan odamni bilasizmi. Menimcha,
yo'q. Bu maslahatni berishimga eng kata sabablardan biri -
menga oxirgi yillar davomida murojaat qilgan yoshlarning
savollaridir. "Qanday qilib Norvegiya/ Yaponiyaga oson borsa
bo'ladi?", "Ingliz tilini oson o'rganish yo'li bormi?",
"Internetdan oson pul topish yo'lini o'rgata olasizmi?",
"O'zbekistondan ketishim uchun eng oson viza oladigan
davlat qaysi?" va shu kabi savollar.
Bu savollardagi bir xillik shundaki, barchasida "oson" so'zi
ishlatilgan. Tepadagi lotereya haqidagi savolimni
oʻzgartirsam. Qaysi muvafaqqiyatli insonni bir narsaga
"oson"likcha erishganini eshitgansiz. Hech qaysi! Chunki har
bir muvafaqqiyat orqasida kata mehnat, uyqusiz tunlar,
76


tinimsiz qiyinchilik va tuganmas tushkunliklar yotadi. Men
o'zimni muvafaqqiyatli inson deb hisoblamayman, lekin
hozirgacha nimagaki erishgan boʻlsam, erishishimdan 100
marotabalah yiqilganman. Pastdagi rasmda "iceberg"ni misol
qilib keltirganman. Juda ham ko'pchilik uning ustki qismini
koʻradi, lekin uning pastki qismi esa juda chuqur va uni
yagona o'sha insongina seza oladi.
77



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə