Urganch davlat pedagogika instituti "tasdiqlayman"


VI.Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 404,5 Kb.
səhifə12/15
tarix19.12.2023
ölçüsü404,5 Kb.
#153322
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Pedagogika sirtqi sillabus yangi baholash tartibi (1)

3.

VI.Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keysstadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fikrlash. Tezkor savol-javoblar).

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish.

  • individual loyihalar

  • jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

4.

VII.Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, kichik amaliy masalalarni yecha olish, mustaqil ravishda metodlar, strukturalar yarata olish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.

5

BAHOLASH MEZONI

  1. Umumiy Psixologiya” fanidan 2023-2024 o`quv yili uchun reyting baholash mezoni





  1. Semestr

    Ma’ruza

    Amaliy

    Seminar

    Mustaqil ta’lim

    Jami

    Kredit

    1

    10




    14

    156

    180

    6

    2

    8




    10

    102

    120

    4

    Jami:













    300

    10

    O’QUV SOATLARI

Ushbu fan II semestr davomida o’qitiladi.”Umumiy Psixologiya” fanidan o’quv soatlari quyidagicha:
II. Talabalarining kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim natijalarini baholash va nazorat qilish
TARTIBI
Umumiy qoidalar

  1. “Talabalarining kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim natijalarini nazorat qilishning Tartibi” (keyingi o‘rinlarda - Tartib deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 824-sonli qarori hamda o‘quv jarayonida tadbiq qilingan Pedagogika ta’lim sohasining o‘quv-me’yoriy hujjatlari asosida ishlab chiqildi.

  2. Mazkur Tartib Urganch davlat pedagogika instituti o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek, ta’limning kunduzgi, sirtqi (5 yillik) hamda ikkkinchi oliy ta’lim shakllarida tahsil oluvchi talabalarning ta’lim natijalarini nazorat qilish turlari, usullari, baholash mezonlarini belgilab beradi.

  3. Talabalarning ta’lim natijalari 100 ballik tizimda baholanadi.

Baholash tartibi va mezonlari

  1. Talabalarning ta’lim natijalarini nazorat qilish quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

Oraliq nazorat (ON) - modul (fan) bo‘yicha muayyan bob, bo‘lim hamda mavzulardan ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tib bo‘linganidan so‘ng, ta’lim natajalariga erishilish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Modul (fan) bo‘yicha bir semestrdagi ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ajratilgan jami yuklama 1 kredit (30 soat)dan ortiq bo‘lgan taqdirda, 2 marta oraliq nazorat o‘tkazilishi mumkin, shuningdek, oraliq nazorat vaqtida talaba(lar)ning mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarishi bo‘yicha to‘plagan ballari inobatga olinadi;
Joriy nazorat (JN) - modul (fan) bo‘yicha seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim bo‘yicha ta’lim natijalarini muntazam baholab borish maqsadida o‘tkaziladi. Joriy nazorat ballarining seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim uchun taqsimlanishi ishchi dastur (Sillabus)da aniq belgilab qo‘yilishi lozim;
Yakuniy nazorat (YN)- modul (fan) bo‘yicha semestr yakunida talabalarning ta’lim natijalarini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
O‘quv rejada fan yuzasidan kurs ishi (kurs loyihasi) bajarish belgilangan bo‘lsa, kurs ishi (kurs loyihasi)ni muvafaqqiyatli himoyasidan so‘ng yakuniy nazoratga kiritiladi. Kurs ishini topshirmagan yoki himoyasi qoniqarsiz deb topilgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.


Ta’lim natijalarini baholash uchun ballar quyidagi tartibda belgilanadi:



Joriy nazorat bali

Oraliq nazorat bali

Yakuniy nazorat bali

Auditoriya mashg‘ulotida berilgan topshiriqlarni bajarilganligi uchun – joriy baholash(JB);
Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarganligi uchun – mustqil ishni baholash (MIB);

Oraliq nazorat vaqtida javob berganligi uchun – oraliq nazorat bali(ONB);
Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarganligi uchun– mustqil ishni baholash (MIB);

Yakuniy nazorat vaqtida javob berganligi uchun – yakuniy nazorat bali (YNB)

Joriy nazoratning maksimal bali 30 ball:


ΣJN = JB + MIB

Oraliq nazoratning maksimal bali 20 ball:


ΣON = ONB + MIB

Yakuniy nazoratning maksimal bali(YNB) 50 ball.



ΣJN + ΣON > 30 ball bo‘lgan talaba yakuniy nazorat topshirishga ruxsat beriladi.



Modul(fan)dan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi(O‘K):


ΣO‘K = ΣJN + ΣON + YNB


ΣO‘K ≥ 60 ball bo‘lganda modul(fan) o‘zlashtirilgan hisoblanadi.

  1. Ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi modul (fan)da ma’ruza mashg‘ulotlari belgilanmagan taqdirda ham oraliq nazorat o‘tkazilishi mumkin. Buning uchun modul(fan) sillabusida joriy nazorat hamda oraliq nazorat ballari taqsimoti aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

  2. Talabalarning ta’lim natijalarini nazorat qilishda quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: yozma, og‘zaki, amaliy, test, o‘quv loyihasi, assisment, portfolio va boshq.

Oraliq nazorat tarkibiga mustaqil ta’lim bo‘yicha ta’lim natijalarini baholash ham kiritilib, yozma, og‘zaki, amaliy va test usullaridan birini tanlagan holda o‘tkazilishi mumkin. Fan bo‘yicha oraliq nazorat turi ishchi dastur (Sillabus)da aniq ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Joriy nazorat talabalarning seminar (amaliy, laboratoriya) mashg‘ulotlari, munozaralardagi ishtiroki, amaliy va keys hamda mustaqil ish topshiriqlarini baholash tarzida amalga oshiriladi.
Joriy nazorat tarkibiga mustaqil ta’lim bo‘yicha ta’lim natijalarini baholash ham kiritilib, talabalarning loyihaviy faoliyatini tashkil etishni ko‘zda tutishi shart.
Mustaqil ta’limni tashkil etish va nazorat qilish institut Kengashining 2023-yil _______dagi ________sonli qarorida belgilangan Tartibi asosida amalga oshiriladi. O‘quv loyihalarini bajarish va o‘tkazish tartiblari fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi.
Yakuniy nazorat bo‘yicha talabalarning o‘quv yutuqlarini baholash usullari (yozma, og‘zaki, test, amaliy va boshq.) fanning xususiyatidan kelib chiqib, kafedralar tomonidan belgilanadi. Yakuniy nazorat tegishli semestrdagi o‘zlashtirishni talab etuvchi modul(fan)lardan o‘tkaziladi.

Yüklə 404,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə