В. To‘xliyev, Sh. Yusupova, T. Ziyodova, O. Oxunjonova, D. Jumashev ‘zbek tili ‘qitish metodikasi


Fan:  Ona tili. Mavzu: Gapning ikkinchi darajali bo'laklari. To'ldiruvch, uning  turlari, vositasiz to'ldiruvchi. Darsining maqsadi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/123
tarix10.06.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#116547
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123
to\'liyev b. o\'zbek tili o\'qitish metodikasi(2003) (1)

Fan: 
Ona tili.
Mavzu: Gapning ikkinchi darajali bo'laklari. To'ldiruvch, uning 
turlari, vositasiz to'ldiruvchi.
Darsining maqsadi: 
To'ldiruvch, uning turlari va vositasiz to'ldiruvchi 
haqida m a’lumot berish.
1. Tarbiyaviy maqsad: 
Talabalarni tilni sevishga, o'zbek tilining boy 
imkoniyatlarini o'rganishga, uni rivojlantirishga hissa qo'shishga o'rgatish;
2. Ta’limiy maqsad: 
Talabalaming mustaqil fikrlash, bayon etish 
qobiliyatini rivojlantirish, mavzu haqida ilmiy yo'nalish berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: 
Talabalaming tafakkur olamini boyitish, 
olgan bilimlarini amaliyotda qo'llashga o'rgatish.
4. Kasbiy tarbiya: 
Taiabalarni o'qituvchilik kasbiga qiziqtirish va 
muhabbat uyg'otish, bu kasbning sir-asrorlarini ochib berish.
Dars metodi: 
Qisman izlanuvchanlik.
Dars usuli: 
Suhbat, savol-javob darsi.
Dars turi: 
Aralash.
So‘z birikmalari
ko'm-ko'ksuvlar... 
bu sinf...
Gaplar
Suvlar ko'm -ko'k. 
Bu — sinf.
Shabada yoqimli. 
Maktab ikki qavatli.
yoqimli shabada... 
ikki qavatli maktab
45


Dars jihozi: 
Gapning ikkinchi darajali bo ‘laklari; to ‘ldiruvch, uning 
turlari bo'yicha chizmalar, kitoblar, TSO, texnik vositalar, slaydlar, 
tarqatma materiallar.
I.Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) uyga berilgan vazifani tekshirish.
Dars mustaqil ish bilan boshlanadi: Ushbu gaplarni yozing va har 
bir gapning grammatik asosini topib, tagiga chizing.
1. 
Ariq bo ‘yi ko‘m -ko‘k maysalar bilan qoplangan. 2. Konferensiya 
kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. 3. Har tomondan qushlarning 
yoqimli sayrashi eshitilib turadi.
Mustaqil ishni tekshirishda bir o ‘quvchi ega va uning ifodalanishini, 
ikkinchi o‘quvchi kesim va uning turlari haqida gapirib beradi.
Bu borada o'qituvchi gapning ikkinchi darajali bo ‘laklari haqida 
o ‘tilganlarni eslatadi. Bu darsda toidiruvchi o'tilishini m a’lum qiladi va 
«To‘ldiruvchi haqida m a’lumot» mavzusini yozuv taxtasiga yozib qo‘yadi. 
Bu mavzuni bayon qilishda o'qituvchi m uam m oli ta ’lim usulidan 
foydalanib, o ‘quvchilarni fikrlashga d a’vat etadigan quyidagi savollarni 
beradi:
1. Qaysi so'zlar toidiruv ch i b o iib kelgan?
2. T oidiruvchilar qaysi so'roqlarga javob boiyapti?
3. T oidiruvchilar qaysi so'z bilan ifodalangan?
4. T oidiruvchilar qaysi so‘zga qanday y o i bilan bogiangan?
Topshiriq slayd orqali darslikdagi misollar asosida bajariladi.
Sirtdan qaralganda, bu savollar juda murakkabga, bolalar uni bajara
olmaydiganga o ‘xshaydi. Lekin IV sinfda toidiruvchi haqida berilgan 
m aiu m o t o‘quvchilaming mazkur topshiriqni bajarishlari uchun yetarli 
zamin bo‘la oladi.
T oidiruvchi asosan ot va olmoshlar bilan ifodalanadi.
So‘z birikmasi haqida esa o‘quvchilar 7-sinfda m aium ot oladilar. Ana 
shularga suyangan holda yuqoridagi topshiriqni bajarish yuzasidan 
0
‘quvchilaming mustaqil izlanishlari uyushtiriladi. Mustaqil ish jarayonida 
o'quvchilar berilgan misollami yuqoridagi savollar asosida tahlil qiladilar. 
Tahlil, asosan, quyidagi mazm unda boiadi:
1-gapdagi 
terimchilarni
so‘zi toidiruvchi, kimlarni so'rog'iga javob 
b o iad i, ot bilan ifodalangan
tabrikladi
so‘ziga boshqaruv y o ii bilan 
bogiangan.
2-gapdagi 
g ‘o ‘zapoyadan
so‘zi toidiruvchi, nimadan? so‘rog‘igajavob
46


bo'ladi, ot bilan ifodalangan, 
tozalanmoqda
so'ziga boshqaruv yo‘li 
bilan bog'langan.
0 ‘quvchilarda savollarga yozgan javoblarini og'zaki so'zlab berish 
malakasi ortgan sari shu javoblami qisqartirib yozishni talab qilish 
ham mumkin. Yuqoridagi mashqda berilgan 3-gapning muammoli 
savollar asosida qisqartirib yozilgan tahlilini nam una tarzida keltiramiz:
M: 
Traktor bilan
(nima bilan?, boshqaruv, ot, ko'makchi) 
haydadi.
(Bunda matndan olingan so'zlar qavs tashqarisida, savollarga javoblar 
esa qavs ichida yoziladi.)
0 ‘quvchilar bunday tahlil yuzasidan quyidagicha xulosa chiqaradilar. 
(muammo qilib qo'yilgan savollar nechta bo'lsa, xulosa ham shuncha 
raqam tartibidan iborat bo ‘ladi.
1. 
Terimchilami, g ‘o ‘zapoyadan, traktor bilan
so‘zlari toidiruvchi.
2. Bu to'ldiruvchilar kimlarni? nimadan? nima bilan? so'roqlariga 
javob bo'ladi.
3. 1- va 2-gapdagi to ‘ldiruvchilar ot bilan, 3-gapdagi to'ldiruvchi esa 
ot va ko'makchi bilan ifodalangan.
4. To'ldiruvchilar fe’l-kesimga boshqaruv yo'li bilan bog'lanadi.
O'qituvchi o'quvchilar javobini yakunlaydi-da, darslikdagi mashqni
so'roqlar o'm iga to'ldimvchilar qo'shib o'qiydilar.
Vositasiz to'ldiruvchi haqidagi m a’lumotlar darslikdagi misollardan 
foydalanib tushuntiriladi. O'quvchilar oldindan ko'chma yozuv taxtasiga 
yozilgan gaplardan vositasiz to'ldiruvchilarni topib, tagiga chizib, ustiga 
so'rog'ini yozib, gapning qaysi bo'lagiga bog'lanishini belgilab boradi.
Mustahkamlash. Darslikda berilgan mashqlar og'zaki bajariladi: 
o 'q u v c h ila r berilgan gaplarni o 'q ib , vositasiz to 'ld iru v c h ila rn i 
ko'rsatadilar, ifodalanishini aytib beradilar. Keyingi mashq mustaqil 
bajariladi. Yozganlarini tekshirishda tushum kelishik qo'shim chasi 
qo'llangan va qo'llanmagan o'rinlarini ko'rsatib, uni tushuntirib berish 
talab qilinadi.
Differensial usul vositasida mustaqil ish. Differensial usul bilan 
mustaqil ish olib borilganda sinf o'quvchilarining bilimi, uquvi, amaliy 
malaka va ko'nikmalariga qaraladi. O'qituvchi o'quvchilami ma’lum tartibda 
kichik guruhlarga bo'lib olgach, har bir guruh o ‘quvchilarining bilimiga 
mos mustaqil ish topshiradi.
Vositasiz to'ldiruvchilarni o'rganishga bag'ishlangan darsda differensial 
usuldan tayanch so'zlarni qatnashtirib matn tuzish va darslikdagi mashqni 
bajarishda foydalaniladi. Bunda sinf o‘quvchilarining ko'pchiligini birgumh 
hisoblab, ularga 
ко ‘rak, gazeta, choy, norma, tashakkur
singari tayanch 
so'zlar vositasida «Mening ish kunim» mavzusida bogianishli matn tuzish
47


topshiriladi. 0 ‘zlashtirishi bo‘sh o ‘quvchilarga darslikdagi mashiqdan 4ta 
gapni ko‘chirib, vositasiz to'ldiruvchi laming tagiga chizib, m a’nosidagi 
farqni tushuntirib berishga hozirlanish topshiriladi. 0 ‘qituvchi o ‘quvchilar 
ishini kuzatib boradi. Lozim topilganda ayrim o‘quvchilarga zarur yo'l- 
yo‘riq va yordam ko‘rsatadi.
Mashg'ulot oxirida har ikki topshiriqning bajarilishi yuzasidan suhbat 
o ‘tkaziIadi va mustaqil ish yakunlanadi.
Nazorat uchun savollar:
1. To'Idiruvchining ta’rifini ayting, misol keltiring va tahlil qiling.
2. T o‘ldiruvchi necha xil bo‘ladi? Ularning farqini izohlab bering.
3. Vositasiz to‘ldiruvchi qaysi so'roqlarga javob bo'ladi? Misollar 
keltirib, ifodalanishini aytib bering.
4. Vositasiz to ‘ldiruvchi nimani bildiradi?
Uyga vazifa. Badiiy asardan 4 ta gap yozing va ularni sintaktik tahlil 
qiling.
Topshiriq: Yuqoridagi dars ishlanmadan foydalanib, «Ega va kesim 
orasida tirening ishlatilishi» mavzusiga dars ishlanma tayyorlang.

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə