В. To‘xliyev, Sh. Yusupova, T. Ziyodova, O. Oxunjonova, D. Jumashev ‘zbek tili ‘qitish metodikasi



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/123
tarix10.06.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#116547
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
to\'liyev b. o\'zbek tili o\'qitish metodikasi(2003) (1)

5-topshiriq.
O'zingiz mustaqil m atn tuzing va quyidagi topshiriqlar 
asosida tahlil qiling.
1. Ega va kesim nimani bildiradi? Ular qaysi so'roqlarga javob bo'ladi?
2. Gaplam i o'qib, ega va kesimini ko'rsating.
3. Qaysi gapning kesimi bir so'z bilan ifodalangan? Uning qanday 
ifodalanganligini ayting.
4. Qaysi gapning kesimi birdan ortiq so'z bilan ifodalangan?
42


Tahlil turlari
Fonetik tahlil.
So'zning nechta harf va nechta tovushdan iboratligi, 
tovushlarning unli-undosh ekanligi, har bir tovushning hosil bo‘lish 
o'rniga va h.k. tasnifi, nechta b o ‘g‘in, ochiq yoki yopiq, urg‘u qaysi 
bo‘g‘inga tushishi aytiladi.
Morfologik tahlil.
1. So‘z tarkibi yuzasidan tahlil (o ‘zak, negiz, 
qo‘shimchalar, so‘zning turi: sodda so‘z, qo'shm a so‘z, juft so‘z, tub 
so‘z, yasama so‘z va h.k.). 2. So‘z turkumlari yuzasidan tahlil.
Leksik tahlil.
So‘zning yoki gapning lug'aviy m a’nosi, so'zlarning 
o ‘z yoki ko'chm a m a’noda ishlatilishi, bir m a’noli yoki ko‘p m a’noli 
ekanligi.
Sintaktik tahlil.
So'z birikmasini sintaktik tahlil qilish tartibi:
1. So'z birikmasini ko'rsatish.
2. Oddiy birikma, murakkab birikma.
3. Bosh so'z, ergash so'z, ularning ifodalanishi.
4. Birikish usuli.
Nam una: T a’tilni quvnoq o'tkazdik. Bu gapda 2 ta so'z birikmasi 
bor: ta ’tilni o'tkazdik, quvnoq o'tkazdik.
T a’tilni o'tkazdik — so'z birikmasi, bosh so'z — o'tkazdik, ergash 
so'z — ta ’tilni, bosh so'z fe’l bilan, ergash so'z ot bilan ifodalangan, 
bosh so'z bilan ergash so'z tushum kelishigi qo'shimchasi vositasida 
boshqaruv yo'li bilan birikkan.
Ikki bosh bo'lakli gapni tahlil qilish tartibi:
- Gapning maqsadga ko'ra turi (darak gap, so'roq gap, buyruq gap).
- His-hayajon gap (his-hayajon gap tahlil qilingandagina aytiladi).
- Ikki bosh bo'lakli gap, bir bosh bo'lakli gap.
- Yoyiq sodda gap, yig'iq sodda gap.
- Gram m atik asosini topish.
Avval bosh bo'laklar, keyin ikkinchi darajali bo'laklarning har biri 
haqida quyidagilar ko'rsatiladi:
a) qaysi so'roqqa javob bo'ladi;
b) gapning qaysi bo'lagi;
v) nima bilan ifodalangan;
g) gapning qaysi bo'lagi bilan bog'langan.
Ega guruhi, kesim guruhi.
To'liq gap va to'liqsiz gap.
Bir bosh bo'lakli gapni sintaktik tahlil qilish tartibi:
1. Ikki bosh bo'lakli gap yoki bir bosh bo'lakli gap.
2. Bir bosh bo'lakli gapning turi.
43


3. Gapning maqsadga ko‘ra turi.
4. His-hayajon gap (his-hayajon gap tahlil qilingandagina aytiladi).
5. Yig‘iq sodda gap yoki yoyiq sodda gap.
6. Bosh bo'lagi: so‘rog‘i, ifodalanishi.
7. Ikkinchi darajali bo'laklar: so‘rog‘i, turi, ifodalanishi.
Namuna: Yig‘im-terimga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.
Bir bosh bo‘lakli gap, shaxsi topilmas gap, darak gap, yoyiq sodda 
gap, bosh bo ‘lagi — tayyorgarlik ko‘rildi, nima qilindi? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladi, fe’l bilan ifodalangan.
yig‘im-terimga — nimaga? so‘rog‘iga javob bo'ladi, to'ldiruvchi, bosh 
bo‘lak (tayyorgarlik ko'rildi) bilan bogiangan, ot bilan ifodalangan;
puxta — qanday? so‘rog‘iga javob bo'ladi, vaziyat holi, bosh bo'lak 
bilan bog'langan, holat ravishi bilan ifodalangan.
Grammatika 
— til haqidagi fanning bir qismi bo'lib, morfologiya va 
sintaksis bo'limlaridan tashkil topadi. Sintaksis ham grekcha so'z bo'lib, 
«tuzish« degan m a’noni bildiradi. Til fanining katta bir qismi bo'lgan 

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə