zarar kabi salbiy natijalarni hisobga olmaydi. Shunday
qilib, marketing tizimi va
uning faoliyati samarasini
ehtiyojlarning qondirilishi ko‘rsatkichlari asosida
baholash juda murakkab va deyarli mumkin emas.
Uchinchi guruh
iqtisodchilarning fikricha
, marketing
tizimining amaliy maqsadi
tovarlarning maksimal
mumkin bo‘lgan darajadagi xilma-xilligini ta’minlash va
iste’molchiga maksimal keng tanlovni yaratishdir. Bu
tizim iste’molchiga uning didiga ko‘proq javob beruvchi
tovarni topish imkonini berishi kerak,degan fikr yotadi.
Mijozlar o‘z ehtiyojlarini maksimal qondirish imkoniga
ega bo‘lishlari va natijada ko‘proq qoniqish olishlari
zarur. Shunday nuqtai nazar borki, unga muvofiq
marketing tizimining asosiy. maqsadi «hayot sifatini»
yaxshilash, deb hisoblaydilar.
Bu qarash tarafdorlari
marketing tizimini ular taklif etayotgan iste’mol
qoniqish
darajasi bilangina emas
, balki jismoniy va
madaniy muhit sifatida ko‘rsatiladigan ta’sir bilan ham
baholaydilar.
Marketing tizimi uchun ham sifatni o‘zgartirish oson
emas, bu ta’rif esa ba’zida bir-biriga zid keladi.
Yuqorida
keltirilgan
marketingning
maqsadini
quyidagicha guruhlashni tavsiya etamiz:
—barcha xaridorlarning har qanday tovar va
xizmatlarga
bo‘lgan
ehtiyojini
aniqlash;
—xaridorlarning barcha ehtiyojlarini,
zaruriyatlarini
qondirish
;
—tovar va xizmat ko‘rsatish
bozorida raqobat
ustunligiga
erishish;
—tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirish hamda
yangi bozorlarni aniqlab, tanishish va zabt etish;
—korxona foydasi va rentabelligining o‘sishiga
erishish.Marketingning o‘ziga xos tamoyillari bo‘lib, ular
quyidagilar
hisoblanishi
mumkin:
—korxona faoliyatining
yuqori
pirovard natijalariga
,
yuqori rentabelligiga erishish, ya’ni bozorda o‘z tovar va
xizmatlarini
samarali
sotish;
—maqsadli yo‘nalishga ega bo‘lgan marketing
strategiyasi asosida tovarlar va xizmatlarning uzoq
muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uning bajarilishini
ta’minlash hamda yuqori foyda olinishiga erishish;
—bozorga moslashish strategiyasi va taktikasini
birgalikda
qo‘llash;
—bunda tovar va xizmatlar
marketing strategiyasi
ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining bozor
talablariga
moslashishini
barcha yangiliklar
, ilg‘or fan va texnika
yutuqlarini
o‘zida
aks
ettirmog‘i
lozim;
—maqsadli-dasturiy usul — qo‘yilgan maqsadga,
vazifalarga erishishning
har tomonlama kompleks
yondashuvidir.
Marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, marketingning
alohida olingan elementlaridan amaliyotda foydalanish
etarli darajada samara bermaydi.
Shuni e’tiborga olib,
korxona faoliyatini uzoq muddatli natijalarga yo‘naltirish
mavjud ehtiyojlarni qondirishga diqqatni jalb qiladi va
marketingdan kompleks foydalanishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: