Xalqaro birliklar tizimi – si


Kelvin – termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə20/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Tuchl
Kelvin – termodinamik harorat birligi. U suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng.
Bundan kelib chiqadiki, suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16°K ga teng ekan.
2005 yilda O‘TXI quyidagini ma’qulladi: (Ya’ni, O‘TXQ suvning izotop tarkibiga nisbatan aniq talab qo‘ydi.)
Bu qoida suvning quyidagi izotopik kompozitsiyasidagi modda miqdorlari uchun tegishli: 0.00015576 mol 2H bir mol 1H ga teng;
Tuchl belgisi suvning uchlanma nuqtasi termodinamik
haroratini ifodalash
uchun ishlatiladi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
26
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
0.0003799 mol 17O bir mol 16O ga; 0.002005 18O esa, bir mol 16O ga teng bo‘ladi.
Harorat shkalalaridan kundalik odatiy foydalanishni soddalashtirish maqsadida, ma’lumotnoma qiymati T0=273.15 K, ya’ni, muzning erish haroratidan farqlash maqsadida, T belgisini faqat termodinamik haroratni ifodalash uchun qabul qilindi. Ular orasidagi farq Selsiy gradusiga teng. Selsiy gradusining belgisi t bo‘lib, u quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
t=T – T0
Selsiy harorat shkalasi birligi – Selsiy gradusi, belgisi - °C. Selsiy gradusi Kelvin gradusiga teng. Haroratlar farqi yoki harorat intervallari kelvin yoki Selsiyda ifodalanishi mumkin, (13-O‘TXK, 1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) bunda harorat qiymatlari orasidagi miqdoriy qiymat bir xil bo‘ladi. Selsiy gradusida ifodalangan harorat qiymati va Kelvin bilan ifodalangan termodinamik harorat qiymati orasidagi munosabat
t(°C)=T(K) – 273.15 ifoda orqali aniqlanadi.
Kelvin hamda Selsiy gradusi – O‘TXQ ning 1989 yildagi 5-tavsiyanomasi (CI-1989; PV, 57, 115 va Metrologia, 1990, 27, 13) orqali, 1990 yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90) ga binoan qabul qilingan.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə