Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə16/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
21
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
  • Elektr va magnetizm sohalariga taalluqli bo‘lgan ushbu g‘oyalar

1860-yillarda, Britaniya Ilm-Fan Taraqqiyoti
(BIFTA) rahnamologida, Maksvell va Tomsonlar
keyinchalik, Asotsiatsiyasi yetakchiligida
yanada rivojlantirildi. Ular, birliklar tizinimining
asosiy, hosilaviy va kogerent birliklari uchun qo‘yiladigan talablarni shakllantirdilar. 1847 yilda BIFTA, uch xil mexanik birliklar – santimetr, gramm va soniyaga asoslangan SGS tizimini va unda o‘nli karrali va ulushli birliklarni ifodalash uchun «mikro»dan
«mega»gacha bo‘lgan old qo‘shimchalarni joriy etdi. Fizikaning eksperimental fan sifatidagi keyingi rivojlanish bosqichlarida, ko‘p jihatdan aynan ushbu tizimga tayangan edi.
  • SGSning kogerent birliklarining o‘lchamlari elektr va magnetizm sohalari uchun noqulay bo‘lib chiqdi va 1880-chi yillarda BIFTA hamda, Xalqaro Elektrotexnika Hay’atining (XETH) o‘tmishdoshi bo‘lgan, Xalqaro Elektrotexnika Kongressi (XETK) o‘zaro muvofiqlashtirilgan o‘lchov birliklarining amaliy tizimini joriy etdilar. Ular orasida elektr qarshilik uchun om, elektr yurituchi kuch uchun volt hamda, tok kuchu uchun amper birliklari bor edi.
  • 1875 yilning 20 may kuni Metr Konvensiyasi qabul qilinib, unda O‘TXIning tashkil qilinishi va O‘TXK va O‘TXQning ta’sis etilishidan so‘ng, metr va kilogrammning yangi xalqaro etalonlarini tayyorlash borasida ishlar boshlab yuborildi. 1889 yildagi 1-O‘TXK da, metr va kilogrammning xalqaro etalonlari tasdiqlandi. Ular qatorida, vaqt birligi uchun – astronomik soniyani ham qo‘shib ifodalanishi bilan, ushbu birliklar tizimi, huddi SGSdagi singari uch xil mexanik birliklardan iborat bo‘lgan uch-o‘lovli tizim tarzida qabul qilingan, faqat bu tizimda SGSdan farqli ravishda, asos metr va kilogramm bo‘lganligi uchun, u MKS deb atalgan.
  • 1901 yilda Jorji, elektromagnetizmga taalluqli formulalarni takomillashtirgan tarzda qayta yozish orqali, kilogramm, metr va soniyadan iborat birliklar tizimiga, amper, yoki, om singari, elektr toki tabiatiga oid birlikni qo‘shib, mexanikaga oid birliklar va elektr birliklari amaliy tizimlarini o‘zaro birlashtirib, yagona umumiy tizim hosil qilish mumkinligini, ko‘rsatib berdi. Jorjining taklifi, ko‘plab yangi ishlanmalar uchun yo‘l ochib berdi.
  • 1927 yilda 6-O‘TXK tomonidan Metr Konvensiyasining qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan, fizikaning boshqa sohalariga nisbatan O‘TXI ning vakolatlari kengaytirilishidan; shuningdek keyingi, 1927 yildagi 7-O‘TXK tomonidan Elektr Konsultativ Qo‘mitasi (EKQ) ta’sis etilishidan so‘ng, Jorjining taklifi, XETH, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqi (XANFI) va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqildi. Unga ko‘ra, EKQ 1939 yilda, metr, kilogramm, soniya va amperga asoslangan, yangi, 4-o‘lchovli birliklar tizimini O‘TXKga taklfi etdi. Bu tizim 1946 yilda MKSA nomi bilan qabul qilindi.

www.Orbita.Uz kutubxonasi
22
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə