Xalqaro birliklar tizimi – si


Birliklar borasidagi qonunchilik



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə15/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

1.7 Birliklar borasidagi qonunchilik.
Deyarli barcha mamlakatlar, o‘z qonunchiliklari asosida, tijorat, sog‘liqni saqlash, havfszilik va ta’lim kabi sohalarda o‘lchov birliklarini tadbiq etish bo‘yicha milliy qonun-qoidalar majmuini ishlab chiqqanlar va rasman qabul qiliganlar. Aksariyat davlatlarda bu boradagi me’yoriy hujjatlar, SI Xalqaro Birliklar Tizimiga asoslangandir1.
1955 yilda tashkil qilingan Xalqaro Qonunchilik Metrologiyasi Tashkiloti2ga (XQMT) - mazkur me’yoriy hujjatlarni xalqaro miqyosda muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilgan.
1 O‘zbekiston Respublikasida ham, 1993 yil 28-dekabrda qabul qilingan, «Metrologiya to‘g‘risida»gi qonunning II-bo‘lim, 5-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida fizik kattaliklarning o‘lchov birliklari uchun qo‘llash maqsadida, o‘rnatilgan tartibda, Xalqaro Birliklar Tizimi SI qabul qilinishi haqida aniq ko‘rsatma berilgan.
2 Farangcha «The Organisation Internationale de Métrologie Légale» (OIML).
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
20
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
1.8 Tarixiy ma’lumotlar.
Ushbu bo‘limning dastlabki qismlarida birliklar tizimi va xususan Xalqaro Birliklar Tizimining paydo bo‘lishi va qabul qilinishi borasida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan edi.
Quyidagi qaydlar esa, Xalqaro Tizimning rivojlanish tarixi haqida qisqacha axborot beradi.
9-chi O‘TXK (1948, Resolyutsiya 6; CR, 64), O‘TXI ga quyidagi yo‘riqnomalarni berdi:
  • O‘lchov birliklari uchun to‘liq qoidalar majmuini ta’sis etish masalalarini o‘rganish;
  • Bu maqsadda, rasmiy tadqiqotlar orqali, barcha davlatlardagi ilmiy, texnikaviy va ta’lim sohalarining nufuzli doiralarining fikrlarini o‘rganish;
  • Metr Konvensiyasiga imzo chekkan barcha davlatlar uchun qabul qilinishga qulay bo‘lgan, o‘lchov birliklarining amaliy tizimini ishlab

  • chiqish va bu borada aniq takliflar kiritish.
    Aynan o‘sha O‘TXK, Rezolyutsiya 7 (CR, 7) orqali, birliklarning yozilish qoidalari borasidagi asosiy tamoyillarni joriy etdi, hamda, ayrim hosilavi birliklar uchun maxsus nomlar biriktirdi.
  • O‘TXK (1954, Rezolyutsiya 6; CR 80) va 14-O‘TXK (1971,

  • Rezolyutsiya 3; CR 78 va Metrologia, 1972, 8, 36) ushbu amaliy tizim uchun, quyidagi: uzunlik, massa, tok kuchi, termodinamik harorat, modda miqdori va yorug‘lik kuchidan iborat fizik kattaliklarning birliklarini, asosiy birliklar sifatida tasdiqladi.
  • O‘TXK (1960, Rezolyutsiya 12; CR 87) ushbu amaliy birliklar tizimi uchun, Xalqaro Birliklar Tizimi atamasi hamda, SI qisqartirmasini tasdiqladi, shuningdek, old qo‘shimchalar uchun qoidalar, hosilaviy birliklar, sobiq qo‘shimcha birliklar va boshqa masalalar borasida qarorlar qabul qildi; shu tarzda, o‘lchov birliklari uchun to‘liq me’yoriy xususiyatlar majmui o‘rnatildi. O‘TXK va O‘TXI ning keyingi anjumanlarida, ilm-fan taraqqiyoti taqozolari va iste’molchilarning talablaridan kelib chiqqan holda, SI ning tarkibiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

  • O‘TXK ning bunday muhim qarorlarni qabul qilish borasidagi tarixiy solnomasini quyidagicha tartibda bayon qilish mumkin:
  • 22 iyun 1799 yil, Farang Inqilobi vaqtida, Parij Respublikla Arxivida o‘nli metrik tizimning ishlab chiqilishi hamda, metr va kilogrammning platinadan yasalgan standartlarini tayyorlanishi hodisasini, hozirgi Xalqaro Birliklar Tizimining paydo bo‘lishi yo‘lidagi ilk qadam sifatida qaralishi mumkin.
  • 1832 yilda Gauss, mazkur sistemaga shuningdek, astronomik nuqtai nazardan ta’riflangan soniya birligini ham qo‘shgan tarzda, fizika uchun o‘lchov birliklari majmui sifatida qo‘llash haqidagi taklifni jiddiy ravishda ilgari surdi. Gauss, Yerning magnit maydoning xossalari borasida, o‘nli tizimga asoslanib, uch xil mexanik birliklar – millimetr, soniya va gramm birliklari bilan, shunga muvofiq tarzda, uzunlik, vaqt va massa fizik kattaliklariga asoslanib mutlaq o‘lchashalar olib borgan dastlabki olim bo‘lgan. Keyingi yillarda Gauss va Veber, boshqa elektr hodisalariga tadbiq etish maqsadida mazkur o‘lchovlar qatorini kengaytirdilar.

www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə